52
qilib keltirish mumkin. Bu holat va tasdiq XXI-asrning dastlabki choragi uchun ham albatta
o‘rinlidir. Chunki, neft va umuman uglevodorod zaxiralari hamon eng muhim geosiyosiy ta’sir
vositasi bo‘lib qolmoqda va boylik hamda, hashamatning asosiy manbaiga aylangan.
Olimlar neft zaxiralari million yillar mobaynida suv ostida chirigan o‘simlik
qoldiqlaridan hosil bo‘lgan degan fikrda to‘xtamga kelganlar. Neft ham ko‘mir singari
yaxshigina yonadi va uning suyuq modda ekanligi, neftni yoqishni osonlashtiradi. Neft
tarkibida uglevodorodlarning bir necha xili mujassamlashgan bo‘ladi va ularni fraksion
haydash orqali o‘zaro ajratib, kerakli birikmalarga taqsimlash mumkin.
Nisbatan kichikroq molekulali uglevodorodlar pastroq haroratlarda qaynaydi;
molekulasi kattaroq bo‘lgan uglevodorodlar qaynashi uchun esa balandroq harorat kerak
bo‘ladi. O‘rtacharoq o‘lchamli molekulalardan avtomobillar uchun asosiy yoqilg‘i bo‘lgan
benzin
olinadi. Maydaroq molekulalardan esa pertrole-efir olinadi. U kimyoviy tozalashda
qo‘llaniladi. Molekulasi yirikroq bo‘lgan uglevodorodlardan
kerosin, mazut, motor moylari,
vazelin
va ho kazolar olinadi.
Uglevodorodlar ichida eng sodda tuzilishga ega modda bu – biz yuqorida ham qayd
etgan metandir. Metan neft tarkibida, botqoqliklar ustidagi havoda va ko‘mir shaxtalarida
mavjud bo‘ladi. Maishiy xo‘jalik uchun quvurlarda uzatiladigan tabiiy gazning 90% qismini
aynan metan tashkil qiladi.
Barcha uglevodorodlar, hamda, tarkibida uglerod va vodoroddan tashqari kislorod va
azot ham tutadigan ayrim birikmalar
organik birikmalar
deyiladi. Bunday nomlanishiga sabab,
bunday molekulalar tirik organizmlar tarkibida shakllangan bo‘ladi. Biroq, 1928-yilda, tarixda
ilk bora organik molekulani laboratoriya sharoitida turli mineral moddalardan sun’iy sintez
qilishga muvaffaq bo‘lindi. O‘shanadan buyon, kimyogarlar organik molekulalarning minglab
turlarini sun’iy sintez qilishga va sanoat miqyosida olinishini yo‘lga qo‘yishga ham erishdilar.
Organik birikmalardan, ya’ni, tarkibida uglerod tutadigan moddalardan ayrimlarini
sanab o‘tamiz: shakar, kraxmal, yog‘och, zaytun moyi, ipak, paxta, neylon, selluloid, sellofan,
qog‘oz, rezina, penitsillin, hamda shu kabi million-million organik birikmalar hamda, ularning
uyg‘unliklarini esga olish mumkin. Barcha tirik organizmlar organik birikmalardan tashkil
topgan bo‘ladi. Ularning esa sanog‘ining adog‘i yo‘q.
Organik birikmalarning asosiy manbai – neft sanaladi. Yana bir muhim organik –
tarkibida 88% gacha uglerod tutadigan toshko‘mirdir.
Agar toshko‘mirni havosiz muhitda qidirilsa, uning tarkibidagi barcha ortiqcha atomlar
va ayrim uglerod atomlari ham gaz ko‘rinishida uchib chiqib ketadi. Agar shu tarzda bir tonna
toshko‘mir qizdirilsa, taxminan 3000 m
3
Do'stlaringiz bilan baham: