22
Bu jarayonda, tabiiyki, o‘lchami kichikroq va massasi yengilroq molekulalar boshqa,
og‘ir va kattaroq molekulalardan ko‘ra tezroq va osonroq uchadi. Vodorod molekulasi esa,
barcha molekulalar ichida eng yengili bo‘lgani uchun, u hammadan tezroq uchadi. Xususan,
me’yoriy sharoitda, vodorod molekulasi o‘rtacha 11 km/daqiqa tezlik bilan uchadi (bu –
o‘rtacha tezlik, ayrim molekulalar bundan tez yoi sekin uchishi mumkin).
Bunday katta tezlik
bilan harakatlanadigan obyekt, albatta Yerni tark etishi ham
mumkin...
Maktab fizika kursidan sizga yaxshi ma’lumki, agar toshni yuqoriga otsangiz, u
muayyan masofaga uchib borgach, Yerning tortish kuchi ta’sirida yana qaytib tushadi. Agar,
toshni kattaroq kuch bilan otilsa, u balandroqqa uchadi, lekin baribir qaytib tushadi. Agar, to‘p
bilan otilsa, snaryad bir necha kilometr yuqoriga chiqib, baribir qaytib tushadi. Lekin, baribir,
biror narsaga yetarlicha tezlik bera olsangiz, uni Yerga qaytib tushmaydigan qilib uchirib
yuborish mumkin. Bunday holatda jism erishadigan tezlik
qochish tezligi
, yoki
qutilish tezligi
deyiladi. Chunki, muayyan
tezlikka erisha olgan jism, Yerning tortish kuchini yengib o‘tib,
undan qochib-qutilib ketadi.
Vodorod molekulalarning havodagi harakat tezligi ushbu tezlikka yaqin bo‘lib, shu
sababli ham, havoda vodorod molekulasi mavjud bo‘lsa, u katta ehtimol bilan, ochiq koinotga
chiqib ketishi mumkin. Yer endi-endi shakllangan zamonlarda, juda qaynoq bo‘lgan. Shu
sababli ham undagi vodorod molekulalari juda katta tezliklarda harakatlangan va Yerni tark
etib, fazoga chiqib ketgan.
Shu sababli ham, hozirda Yer atmosferasida vodorod deyarli qolmagan. Yerda qolgan
kam miqdordagi vodorod ham,
uning atomlari boshqa, nisbatan og‘ir atomlar bilan birikib
qolgani sababligina uchib ketolmay, shu yerda qolib ketgan.
Kislorod molekulasi vodorod molekulasidan ko‘ra 16 marta og‘irroq bo‘lib, juda sekin
harakatlanadi va kislorod molekulasining harakat tezligi hech qachon qochib-qolish tezligiga
yaqinlashmaydi ham. Shu sababli ham kislorod koinotga qochib ketolmaydi va u atmosferada
yuraveradi.
Quyosh tizimidagi ba’zi sayyoralar Yerga taqqoslagan juda ulkan bo‘lib, tabiiyki,
shunga yarasha ulkan tortishish kuchiga egadir. Bunday ulkan sayyoralardagi molekulalar
uchun, sayyorani tark etishga yetarli tezlikka erishishning deyarli imkoni bo‘lmaydi. Chunki,
sayyoraning tortish kuchini yengib chiqib ketishga
yaqin tezlikka erishish uchun, shunga
yarasha tezkor harakat qilish lozim bo‘ladi. Boz ustiga, ulkan sayyoralarda atmosfera harorati
ham juda sovuq bo‘lgani bois, molekulalarining harakati ham juda sekin bo‘ladi. Masalan,
Yupiterdagi tortish kuchi Yernikidan 2,5 barobar katta bo‘lib, sayyora atmosferasi ham juda
sovuq.
Shu sababli, uning atmosferasida juda katta miqdorda vodorod mavjud bo‘lib, lekin
undagi vodorod koinotga tarqab keta olmaydi. Boshqa gaz gigantlari, ya'ni, Saturn, Uran va
Neptunda ham ahvol shunga yaqin.
Yerdan kichikroq o‘lchamli sayyoralardagi ahvol esa bundan ham chatoq. Masalan,
Marsning gravitatsiyasi, Yernikiga taqqoslaganda 2/5 marta kichik. Shu sababli, Mars hatto
23
atmosferani ham tortib tura olmaydi. Uning atmosferasidagi gazlarning aksariyati allaqachon
sayyorani tark etgan bo‘lib, qolgan atmosfera ham juda siyrak va yupqadir. Oy esa,
gravitatsiyasi juda-juda kichik bo‘lganida, o‘zida atmosferani umuman tutib tura olmaydi va
shu sababli, bizning tabiiy yo‘ldoshimizda atmosfera umuman yo‘q.
Koinotdan yana ona Yerimizga qaytamiz. Yer qobig‘ida juda oz bo‘lsa-da harholda
vodorod mavjudligini yuqorida aytib o‘tdik. Okean va dengizlar suvlarida esa vodorod juda
ko‘p. Axir, yaxshi bilasizki, suv molekulasi – H
2
Oning uchdan ikki qismini aynan vodorod
tashkil qiladi. Vodorod shuningdek tirik organizmlar hayoti uchun ham juda muhim
elementdir. Xususan, odam tanasining 3/5 qismini ham vodorod tashkil qiladi.
Oddiy sharoitda vodorod gaz holatida bo‘ladi. Kislorod suyuqlanadigan haroratda ham
vodorod gazligicha qolaveradi. Vodorod ham baribir oxir-oqibat
suyuqlikka yoki qattiq
moddaga aylanadi. Lekin buning uchun juda-juda past haroratlar talab etiladi.
Barcha gazlar ichida tabiiyki, eng yengili vodoroddir. Odatda, o‘rtacha kattalikdagi
(3,5×4,5×2,5) odatiy sharoitdagi xona havosi taxminan 68 kg atrofida vaznga ega bo‘ladi.
Agar, shunday o‘lchamli xonani faqat vodorod bilan to‘ldirilsa, undagi havo atiga ≈4,5 kg
vaznga ega bo‘lgan bo‘lur edi.
Lo‘ndasini aytganda, vodorod o‘zining barcha agregat holatlarida, ya'ni, suyuq holatida
ham, gaz holatida ham va qattiq holida ham, baribir shu agregat holatdagi moddalar ichida eng
yengil modda bo‘lib qolaveradi. Masalan, bir litr suv taxminan 900 gramm vaznga ega bo‘ladi.
Bir litr suyuq vodorod esa, atiga 58 gramm tosh bosadi.
Vodorod o‘ta yengilligi – uning eng muhim va eng ajoyib xossasidir. Yog‘och nima
uchun suvda cho‘kmay, sirtda suzib yuradi? Chunki, yog‘och suvdan yengil bo‘ladi. Xuddi
shunday, vodorod ham havoda suzib yuradi.
Agar sharni vodorod bilan to‘ldirsangiz va uni qo‘yib yuborsangiz, u osmonu-falakka
uchib ketadi. Agar, sharga biror yuk boylab qo‘yilsa, shar uni ham o‘zi bilan ko‘tarib ketadi.
Sharning hajmi qanchalik katta bo‘lsa, u shunga mos ravishda, yanada og‘irroq yuklarni ham
ko‘taraveradi. Agar sharni yetarlicha katta hajmda vodorod bilan to‘ldirilsa, u hatto odamni
ham ko‘tarib uchib ketishi mumkin.
Vodorodli shar uchishi mobaynida, u ko‘tarilib borayotgan
havo zichligi kamayib
boradi. Shu sababli, sharning tezligi ham pasayib boradi. Oxir-oqibat shar muayyan bir
nuqtagacha chiqib, to‘xtaydi. Agar, unga ilingan yukni olib tashlansa, shar yana biroz
ko‘tariladi va yana to‘xtaydi. Agar, shardan vodorodning bir qismini chiqarib tashlansa, shar
o‘zining og‘irligi hisobiga biroz pastlaydi. Siz,
Do'stlaringiz bilan baham: