O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-jadval  Salco Furniture Co.Inc.tugagan 2014 yil 30 iyun uchun naqt pul



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

26-jadval 
Salco Furniture Co.Inc.tugagan 2014 yil 30 iyun uchun naqt pul 
budjeti 
 
Bosqich 1. yechim strategiyasini tuzish 
Firmaning keyingi olti oydagi naqd pul kirimi va chiqimi oqimini hisoblang 
uning budjetini hisoblab chiqing. Bu oylik daromad va xarajatlarni baholash 
tayyorligini talab qiladi, biroq bu jarayonning tugagani emas. Tahlil daromadning 
haqiqiy qabul qilinganligini baholashi kerak (naqd pul savdolari qabul qilingan 
hisoblar yigʻindisi) xuddi xarajatlar kabiUshbu baholashlar tayyor boʻlishi bilan, 


467 
naqd pul budjetini tashkil qilishimiz va har bir firmadagi oylik oʻzgarishlarni 
baholab chiqamiz.
Bosqich 2: raqamlarni solishtirish 
26-jadval barcha oylik budjet va talab qilngan baholash koʻmaklarini oʻz 
ichiga oladi.
 
Bosqich: 3 natijalaringizni tahlil qiling 
Salconing naqd pul budjetiga kerakli boʻlgan moliyaviy yoʻnalish firmaning 
asta-sekin ortadigan qisqa muddatli qarzalrini May oyigacha 97.599$ boʻlishini 
aniqlaydi. Biroq bu Iyundagi subsidiya uchun boshlangʻich oʻsuvchi zarurat 
sanaladi va uning qarzlarini 79.875 $ ga kamaytirishga qodir. Yodda tuting, naqd 
pul budjeti nafaqt biror davr davomidagi moliyaviy zarurat miqdorini koʻrsatadi, 
balki kerakli jamgʻarmalarni ham koʻrsatib oʻtadi. 
28-MAVZU: ZAMONAVIY (AMALIY) MOLIYA VA RISKLAR 
REJA: 
1.
 
Risklarning mazmun-mohiyati. 
2.
 
Moliyaviy risklarning tasniflanishi. 
3.
 
Iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida risklar. 
1.
 
Risklarning mazmun-mohiyati 
Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini 
ishlab chiqish orqali erishish mumkin. 
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan 
xom-cho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik 
yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini 
o‘z ichiga oladi. 
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida 
yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, uning subyekti sifatida riskga o‘z ta’sirini 
o‘tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi. 
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank 
faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning 
samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va 
boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning 
xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining 
xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim. 
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, korxonalarni 
rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib 
banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. 


468 
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini 
yaratishni ko‘zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining 
muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat 
ahamiyatiga egadir. 
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo‘jalik subyektlari qat’iy 
yo‘riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo‘yicha faoliyat olib borganligi 
uchun risk va uning darajasini o‘ylashga to‘g‘ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda 
olish yoki zarar ko‘rish mumkinligi aniq bo‘lar edi. Ko‘rilgan zarar odatda, 
korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba’zi xollarda turli xil 
yo‘qotishlar bilan birga budjet mablag‘lari hisobidan qoplanardi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish korxonalardan faoliyatning 
yuqorida keltirilgan tamoyillarini o‘zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-
bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Moliya sohasini risksiz 
operatsiyasi yo‘q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog‘liq bo‘lib, ularning 
darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida 
riskni umuman yo‘q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‘ra bilish, uni 
kamaytirish choralarini ko‘rish lozim. 
Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va 
KurselSeneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili 
hisoblanadi
120
. 19-asrlarda odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining 
shakllanishi va o‘zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi kunda 
shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi. 
 
“Risk” atamasi yevropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda 
“ridsikon” so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya, cho‘qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar 
tilida “risiko” so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, “risicare” so‘zi qoyadan mohirona 
o‘tish ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi tahdid, qoyani aylanib 
o‘tmoq ma’nosini beradi. Iqtisodiy lug‘atlarda risk – xavf-xatar, zarar va 
yo‘qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish 
ma’nosida kelishi ko‘rsatilgan. 
 
“Risk” so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib, “suv ostidagi 
qoya” degan ma’noni bildiradi. Taniqli lug‘atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli 
lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma’no 
anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug‘atida riskka “xavf, zarar va talafot 
ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining 
situativ holati” degan ta’rifni bergan bo‘lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk - bu 
120
Найт Ф.Х. Риск,неопределённость и прибыль. Пер.с англ. - М.: Дело, 2003. – С. 35. 


469 
zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar 
o‘lchamidir”
121
, degan ta’rifni keltiradi.
 
Risk nazariyasini o‘rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa 
qo‘shishgan. A.Smit risk va foyda o‘rtasidagi o‘zaro proportsionallik tushunchasini 
oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta’kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo‘lgan 
maydonda qonun bo‘yicha daromad kichik bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida kutilayotgan 
daromad darajasini ko‘paytirish uchun usullar salmog‘i yanada ortib boradi”. 
 
Taniqli lug‘atshunos S.Ojegovning rus tili lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga 
intilish, baxtli hodisadan umid” ma’nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera 
lug‘atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli”
122
, deb ifodalangan. 
 
Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o‘z navbatida 
oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”, 
deya izohlaydi. ye.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan 
daromad ola bilmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir”. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish