O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

nomuvofiq (noqulay)
tanlov 
muammosidir (adverse selection). Bu shu bilan xarak-terlanadiki, unga ko‘ra 
riskning u yoki bu shaklidan sug‘urtani sotib oluvchi odamlar, odatda, ushbu riskga 
butun boshli aholiga qaraganda ancha kuchliroq duchor bo‘ladilar.
Bu vaziyatni 
umrbod renta
(life annuities) misolida ko‘rib chiqamiz. Umrbod 
renta sug‘urtalangan odamga uning pensiyaga chiqishidan boshlab umrining 
oxirigacha qayd qilingan summani oyma-oy to‘lashni ko‘zda tutgan shartnomani 
ifodalaydi. Bunday rentalarni sotuvchi firma, ularni sotib oluvchi odamlar butun 
aholiday kutilayotgan uzoq umr ko‘rishlari taxmi-nidan kelib chiqa olmaydi. 
Masalan, tasavvur qilaylik, qandaydir bir firma pensiyaga chiqayotgan (ya’ni, 
masalan, 55-60 yoshdagi) odamlarga umrbod rentalarni sotmoqda. Odatda, butun 
aholi o‘rtasida bunday odamlarni uchta guruhga bo‘lishadi (yana har bir 
guruhdagilarning soni taxminan bir xil): “A” guruh umrining davomiyligi 10 yilni, 
“B” guruhniki 15 yil, “V” guruhniki esa 20 yilni tashkil etadi. 60 yoshga to‘lgan 
odamlar o‘rtacha 15 yil yashaydilar. Biroq, agar firma, ushbu umr davomiyligining 
prognoz (bashorat) ko‘rsatkichlariga muvofiq polis narxini o‘zgartirsa, u rentani 
sotib olayotgan odamlar ko‘proq “A” yoki “V” shakliga tegishli ekanligiga ishonch 
hosil qiladi. Birinchi guruhga kiruvchi pensionerlar uchun bu kabi bitim foydasizdir 
va ular bunday polisni sotib olmaydilar. 
Agar umrbod rentani sotuvchi firma u yoki bu mijoz qaysi guruhga (“A”, “B”, 
yoki “V”) tegishli ekanligini bilganda va har bir odam umrining kutilayotgan 
davomiyligidan kelib chiqib narxni o‘zgartira olganda edi, unda hech qanday 
nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosi mavjud bo‘lmagan bo‘lar edi. Biroq, bu 
firmalar, o‘z mijozlari umrining kutilayotgan davo-miyligi to‘g‘risida axborotlar 
sonini oxirgilari egalik qilganidek yig‘a olmaydilar. 
Modomiki, sug‘urtachi har bir mijoz umrining kutilayotgan davo-miyligini aniq 
aks ettiruvchi narxni belgilashga qodir emas ekan, unda ko‘p sonli rentalar 
nomutanosib ravishda hali ancha uzoq yashashni reja-lashtirayotgan sog‘lom 
odamlar tomonidan sotib olinadi. Bizning misolda, o‘rtacha bashorat
qilinayotgan 
umrning davomiyligi 17,5 yilni tashkil etadi. Bu mazkur ko‘rsatkichning butun aholi 
uchun belgilanganidan 2,5 yilga ko‘proqdir. 
Shunday qilib, agar renta sotuvchi firma, narxni butun aholi uchun umrning 
kutilayotgan davomiyligi ko‘rsatkichlari asosida belgilagan bo‘lsa va nomuvofiq 
(noqulay) tanlov muammolarini tartibga solish maqsadida narxni oshirmagan bo‘lsa, 
ziyonga uchraydi. Shu sababli firmalar umrbod rentalarga umrning kutilayotgan 
o‘rtacha davomiyligi bo‘lgan odamlarni o‘ziga jalb qilmaydigan narxlarni 
belgilaydilar. Bu shunga olib keladiki, ushbu moliyaviy mahsulot sotiladigan bozor, 


358 
agar nomuvofiq (noqulay) tanlov muammosi mavjud bo‘lmaganda, mumkin 
bo‘ladigan holatdan ancha kamroq bo‘ladi
102
.
Stimul bilan bog‘liq bo‘lgan muammoning yana bir turi ko‘proq riskka 
asoslangan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha vakolatning boshqa shaxslarga 
berilishida yuzaga keladi. Masalan, korporatsiya aksiyadorlari firmaning ishini 
yuritish uchun menejerlarga vakolatni beradilar. O‘zaro jamg‘armalar investorlari 
esa, mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish tuzilmasini ishlab chiqish 
bo‘yicha vakolatni jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlar portfellarini boshqarish 
bo‘yicha menejerlariga taqdim etadilar. Bu qaror qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
risk uchun javobgarlik olib boradigan odam yoki tashkilot, ushbu qarorlarni qabul 
qilish bo‘yicha o‘z vakolatini boshqa bir tashkilot yoki shaxsga berishini bildiradi. 
Shunday risk uchun javobgarlikni topshiradigan shaxslar (yoki tashkilotlar) 
komitentlar
deb ataladi. Ushbu vakolatni qabul qiluvchilar esa 
komissionerlar
deb 
ataladi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish