O‘zbekiston respublikasining davlat chegarasi to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/146
Sana26.03.2022
Hajmi1,09 Mb.
#511846
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146
Bog'liq
820-I 20.08.1999

16-modda. Bosh muharrir 
Bosh muharrir muassis tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod 
qilinadi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Bosh muharrir tahririyatga rahbarlik qiladi, ommaviy axborot vositasining 
chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va uning faoliyati uchun qonunchilikka 
muvofiq javobgar bo‘ladi. 
Qonunchilik va ta’sis hujjatlariga muvofiq bosh muharrir ommaviy axborot 
vositasining muassisi, tarqatuvchisi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda 
boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda, shuningdek sudda tahririyat 
nomidan ish yuritadi. 
(16-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 
2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari 
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
17-modda. Tahririyat xodimi 
Tahririyat shtatida turgan, materiallarni to‘plash, tahlil, tahrir qilish hamda 
tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs tahririyat xodimidir. 
18-modda. Ommaviy axborot vositasining chiqarilishiga doir ma’lumotlar 
Har bir davriy nashrning chiqarilishida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi 
shart: 
davriy nashrning nomi; 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi va raqami; 
muassisning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 
bosh muharrirning familiyasi, ismi, otasining ismi; 
har bir davriy nashr chiqarilishi uchun mas’ul bo‘lgan tahririyat xodimining 
familiyasi, ismi, otasining ismi; 
tartib raqami va chiqarilgan sanasi, davriy bosma nashrlar uchun esa bosishga 
ruxsat berilib, imzo qo‘yilgan vaqt (jadvalda belgilangani va amaldagisi); 
davriy bosma nashrlar uchun — indeksi, adadi, bahosi yoki “Kelishilgan 
narxda”, “Bepul” degan yozuvlar; 
tahririyat va bosmaxonaning joylashgan yeri (pochta manzili). 
Oldingi tahrirga qarang. 


Davriy bosma nashrning elektron shaklida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi 
kerak: 
davriy nashrning nomi; 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning sanasi va 
raqami; 
muassisning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 
bosh muharrirning familiyasi, ismi, otasining ismi; 
indeks, tahririyatning joylashgan yeri (pochta va elektron manzili). 
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-
sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlarga va ommaviy axborotni davriy 
tarqatishning boshqa elektron shakllariga doir ma’lumotlar qonunchilik bilan 
belgilanadi. 
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish