12-BOB
K A L S IY VA FOSFATLAR ALMASHINUVINING
BOSHQARILISHI
Organizmda kalsiy quyidagi vazifalam i bajaradi:
1 .K alsiy tuzlari suyaklam ing minerai qismini tashkil etadi.
2.
K alsiy ionlari fermentlaming kofaktorlaridir.
3.
K alsiy ionlari kalmodulin bilan birikib, sAMF singari ta’sir
etadi.
K alsiy almashinuvi fosfat almashinuvi bilan chambarchas
bog‘ liqdir.
Katta yoshli odam organizmida 2 xil teng bo‘ lmagan fondni
hosil
qiluvchi 1,2 kg kalsiy bo‘ ladi. Birinchisi suyaklar kalsiysi. Suyaklar
tarkibiga barcha kalsiyning 99
%i,
fosfoming 87 %i, magniyning
60 %i va natriyning 25 %i to‘g ‘ri keladi.
K alsiy suyaklar tarkibida
gidroksiapatit C a10(PO.)6(OH)2 ko‘rinishida bo‘ ladi. Suyaklam ing
minerai tarkibiy qism i uning yarim massasini tashkil etadi. Qolgan
organik tarkibiy qismining 90 %i kollagendan iborat. Minerai
tarkibiy qismi katta zichlikka ega bo‘ lib,
suyak umumiy hajmining
chorak qismini tashkil etadi.
K alsiyning yana bir boshqa fondi — to‘qima va suyuqliklarda
oqsillar bilan bog‘ langan yoki erigan holdagi Ca2+ ionlaridir.
Hujayraichi kalsiysi ikkilamchi messendjer bo‘ lib, hujayrada bir
qancha jarayonlar aktivligini boshqaradi. R eg‘ lyatsiya organik tabiatli
reg‘ lyator m olekulalar va kalsiy. konsentratsiyasining o‘zgarishi
bilan sodir boMadi. Ca2+ konsentratsiyasi
hujayradan hujayralararo
bo‘shliqqa chiqishi yoki aksincha kirishi va endoplazmatik to‘rdan
sitozolga chiqishi yoki kirishi bilan o ‘zgaradi.
Ca2+ ioni konsentratsiyasi qonda va hujayralararo bo‘ shliqda
10 mg/dl, hujayraichi suyuqligida esa 1000 barobar kichik.
Konsentratsiya farqi endoplazmatik to‘ r membranasi va plazmatik
membranada mavjud Ca-ATFaza tomonidan ta’minlanadi. Bundan
328
tashqari, Na+,Ca2+- 359 almashuvchilari, H~,Ca2*-almashuvchiIari,
Ca~’ o‘tkazuvchi boshqa kanallar ham re g iy atsiya d a ishtirok etadi.
Hujayra ichi Ca2* konsentratsiyasini ta’minlash
uchun qonda
va hujayralararo suyuqlikda uning konsentratsiyasi yuqori va
stabil bo‘ lishi kerak. Bu esa endokrin gormonlar — paratgormon,
kalsitonin va kalsitriol tomonidan boshqariladi.
Paratgorm on.
Paratgormon
qalqonsimon
bezning
orqa
yuzasi- da joylashgan paratireoid bezlarda hosil bo'luvchi peptidli
(84 aminokislota qoldig‘ i) gormondir.
K alsiy konsentratsiyasi
pasayganda uning sintezi tezlashadi, ortganda esa sekinlashadi.
Paratgormonning yarim yashash davri 10 daqiqa. Nishon hujayralar
suyak va buyraklardir (16.1 -jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: