“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
80
Zero, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha
ishlarimiz farzandlarimizning baxt-u saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin,
baxt-u saodat faqat boylik, mol-u mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-
e’tiqodli farzand, n afaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir.
Oila a’zolari, ya’ni yoshi ulug‘ insonlar, ota-ona farzandda hayot, jamiyat haqidagi birlamchi eng umumiy
qarashlarni shakllantiradilar. Zero, xalqimizda bir naql bor: “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”. Demak,
oiladagi mavjud ijtimoiy muhit bolaning jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, ma’lum bir qiziqishlar asosida
kasb-hunarni egallab, kelajakka ishonch bilan harakat qilishda insonlararo muloqotga kirishganda axloqiy
nuqtayi nazardan yondashishida muhim rol o‘ynaydi. Har bir oilaning o‘ziga xos an’ana va qadriyatlarga
munosabati turlicha bo‘ladi.
Insonning dunyoga kelishi, yangi avlod paydo bo‘lishi – avlodlar almashuvi, asosan, oilada sodir bo‘ladi.
“Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola
zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy muhit maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi,
his qiladi”
38
. Farzand tug‘ilib, kamolga yetib, shaxs sifatida shakllangunga qadar lozim bo‘lgan barcha
ta’lim, tarbiya oila muhitida beriladi.
Insonning ota-ona, qarindosh-urug‘iga, qariyalarga, atrof-muhitga va tabiatga bo‘lgan munosabatlari
dastlab oilada shakllanadi. Shu bilan birga oila urf-odatlarini, qadriyatlarni avloddan-avlodga yetkazuvchi
sotsial institut hisoblanadi. Oila jamiyat bag‘rida tashkil topib, taraqqiy etib borar ekan, o‘zi ham ana shu
jamiyatning kichik bir bo‘lagi sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar oila
taraqqiyotiga ta’sir etadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda o‘z aksini topadi.
Shuning uchun ham oila va jamiyat o‘zaro bog‘liq holda taraqqiy etib, rivojlanadi. Oilaning ijtimoiy
taraqqiyoti esa, oila a’zolarining ma’lumotlilik darajasi, ijtimoiy mavqeyi salomatligi borasida o‘zgarishi
hamda ularning ta’lim-tarbiya, urf-odat, fan va madaniyat tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini
takomillashib borishidir.
Chinakam zamonaviy oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlar saqlanib, har bir oila a’zosining kitob mutolaa
qilishiga, ilm o‘rganishiga, ijodkorlik qilishi uchun muhit yaratib beriladi. Har kimning qiziqishlaridan kelib
chiqqan holda munosabat bildiriladi. Oilaning mustahkam bo‘lishi, oila a’zolarining axloqiy darajasi undagi
muhitga bog‘liq. Qaysi oilada sog‘lom muhit, hukm sursa, uning ravnaqi ta’minlangan bo‘ladi. Sog‘lom
muhit deganda faqat oilada insonparvarlik, vatanparvarlik, ziyolilik, halollik, rostgo‘ylik kabi tamoyillar va
me’yorlarga amal qilinishigina emas, balki uning eskicha an’anaviylik yoki yangicha zamonaviyligini ham
tushunish lozim. Zero, aynan ana shu ikki xil turmush tarzi oila kelajagi bilan bog‘liq
39
.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oila necha ming yil, zamonlar osha jamiyatning eng muhim
sotsial institutlaridan biri sifatida jamiyat istiqbolini belgilashda, uning rivojlanish bosqichlarini tezlashtirishda
va fuqarolar o‘rtasidagi birlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Jamiyatda oilaning mustahkam bo‘lishi iqtisodiy, siyosiy va axloqiy-ma’naviy hayot sohalariga o‘zining
ijobiy ta’sirini o‘tkazadi hamda mamlakat barqororligini ta’minlaydi. Mamlakat barqaror bo‘lsa, o‘z navbatida,
har bir oilada turmush farovonligi ta’minlanadi, natijada fuqarolarning tinchlik, erkinlik haqida orzu-umidlari
ro‘yobga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |