Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

* * *
Xakimova Anora Karimovna,
O‘zMU magistranti
YOSHLARNING AXLOQIY VA IjTIMOIY MADANIYATINI 
 SHAKLLANTIRISHDA OILANING ROLI
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada oiladagi ma’naviy muhit, uning farzand tarbiyasiga ta’siri, Sharq va 
G‘arb mamlakatlari oilalarining bir-biridan farqi, mahallaning farzand tarbiyasiga ta’siri maslalalari tahlil 
qilingan.
Kalit so‘zlar: 
Oila, tarbiya, ma’naviy muhit, mentalitet, axloq, Sharq va G‘arb oilasi.
Аннотация: 
В данной статье анализируется духовная среда в семье, ее влияние на воспитание 
детей, разница между семьями Восточных и Западных стран, влияния махалли на воспитание детей.
Ключевые слова: 
семья, воспитание, духовная среда, менталитет, нравственность, семья 
Востока и Запада.
Annotation

This article analyzes the spiritual environment in the family, its influence on the upbringing 
of children, the difference between families of Eastern and Western countries, the influence of the makhalla 
on the upbringing of children.
Keywords:
family, upbringing, spiritual environment, mentality, morality, family of the East and West
Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi.
Sh.Mirziyoyev
Bugungi kunda sotsiologik yo‘nalishlardan biri bo‘lgan oila sotsiologiyasi o‘z mazmuniga ko‘ra juda 
keng ko‘lamga ega bo‘lib, hozirgi zamon oila-nikoh munosabatlarining barcha jihatlarini o‘ziga qamrab 
oladi. Yangi ijtimoiy-iqtsodiy munosabatlarning tarkib topa borishi oila-nikoh munosabatlarida ham jiddiy 


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
79
o‘zgarishlarni, oilaviy munosabatlarda vujudga kelayotgan yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. 
Ayniqsa, ularning ichida oila-nikoh munosabatlarining axloqiy, estetik, oila va islom dini, oila va aholi 
salomatligini himoya qilish muammosi, oila soni, tarkibi, tuzilishi, oiladagi moddiy mojarolar va ajralishlar, 
ularni keltirib chiqaradigan sabablar, yosh oilalar va ularning ahvoli kabi yo‘nalishlar sotsiologik tadqiqot 
obyekti bo‘lib qolmoqda.
Oila yoshlarga ta’sir etuvchi asosiy subyektlardandir. Oila jamiyat va davlatning muhim bo‘g‘ini, shaxs 
ma’naviyatini shakllantiruvchi dastlabki va eng asosiy maskan hisoblanadi. Chunki oilada jamiyat a’zolari 
– fuqarolar kamol topadi. Oilada singdirilgan tarbiya: yuksak insoniy fazilatlar, milliy-ma’naviy qadriyatlar, 
axloqiy mezonlar mas’uliyat va burchdorlik tuyg‘usi inson qalbida abadiy muhrlanib qoladi.
Oila – umuminsoniy qadriyat. Oila va nikoh munosabatlari, er-xotin, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi 
burch va mas’uliyat turli xalq va millatlarda ularning turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari 
milliy mentalitetidan kelib chiqib turlicha namoyon bo‘ladi. G‘arb oilasida ota-ona va farzandlar o‘rtasida 
munosabat o‘ta erkinlik asosida qaror topgani holda, Sharqda voyaga yetgan farzandlar ham ota-onalari 
bilan munosabatda sharqona odob-axloq qoidalariga rioya etadilar. Bu ertalab ishga ketayotib ota-ona 
duosini olish, kechqurun ishdan kelgach hol-ahvol so‘rash, ota-onadan oldin dasturxonga qo‘l uzatmaslik, 
ota-onaning ko‘ziga tik qaramaslik, gap qaytarmaslik, ularning gapini bo‘lmaslik, ularning oldida ovozini 
baland chiqarib gapirmaslik kabilarda namoyon bo‘ladi.
Oilada farzandlarning ham o‘z ota-onalari oldida burchlari bor. Sharqda ota- onalarni e’zozlashning 
quyidagi talablari avloddan-avlodga meros bo‘lib kelmoqda. Bular ota-onaning hurmatini doim joyiga 
qo‘yish, ular uchun shirin taomlar pishirib berish, salomatliklari haqida qayg‘urish, ularni norozi qiladigan 
harakatlarni sodir etmaslik, ota-onalarning nasihatlariga amal qilish, ularning holidan doimo xabardor bo‘lish, 
ularning roziligi bilan turmush qurish va boshqalar.
Oilaga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining diqqat markazida turadi. Davlat va oila hamkorligining asosida 
ham farzandlar tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor yotadi. Shaxs ijtimoiylashuvining agenti sifatida oila globallashuv 
jarayonida har qanday holatda ham farzandlar tarbiyasi, ularni to‘g‘ri yo‘ldan borishi, vatanparvar, halol, 
insofli, hayoli, mehrli, diyonatli, e’tiqodli, sodiq bo‘lishi kabi fazilatlarni ularning ongiga singdirish va shu 
ezgu maqsad yo‘lida doimo harakatda bo‘lish lozim. Demak, oila birlamchi agent sifatida o‘z faoliyati bilan 
farzandlarimizning axloqiy tafakkurini shakllantiruvchi poydevor hisoblanadi.
G‘arb uchun voyaga yetgan farzandlarning ota-onalardan alohida mustaqil yashashi xos bo‘lsa, Sharqda 
bir xonadonda 2-3 oila (farzandlarning oilasi ham) birgalikda istiqomat qiladi. Sharqda G‘arb mentalitetiga 
xos bo‘lmagan ijtimoiy institut – mahallaning ham shaxs ma’naviyatini rivojlantirishda o‘rni beqiyos. “Bir 
bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, deb bejizga aytilmagan. Mahalla – tarbiya o‘chog‘i. Insondagi bag‘rikenglik, 
mehr-oqibat, yurtparvarlik, oriyat, sharm-u hayo, andisha, kamsuqumlik kabi ma’naviy fazilatlar aynan 
mahalla ta’sirida shakllanadi.
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov yozganidek, “Bolaning ongi, asosan, 5-7 yoshda 
shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida 
ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi”
37
.
Inson oladigan barcha informatsiyalarning 70%ini 5 yoshgacha oladi, deyiladi. Bu degani esa, 5 
yoshgacha bola ijtimoiylashuv davrini bosib o‘tib bo‘ldi, deganidir. Ijtimoiylashuvning ilk qadami oiladan 
ro‘y beradi. Bola o‘z xatti-harakatini ota-onasining munosabatiga asoslanib shakllantirib boradi. Undagi 
ijobiy va salbiy xususiyatlarning paydo bo‘lishiga oiladagi yashash tarzi turtki bo‘ladi. Bolaning qiziqishi 
va savollari ota-onaning e’tiboridan chetda qolmasligi lozim. Maqsadlar birligi yakdillikda tashkil qilinishi 
lozim. Farzandning ongi, tafakkur dunyosi boyib borishi, insoniylikka xos fazilatlar o‘zida namoyon qilish 
qobiliyati va komillikka erishish shu insonlarning qo‘lida. Zeroki, oila tarbiyaning ilk maskanidir.
Oilada ikki narsaga e’tibor berish lozim. Bular: insonning boshqalar bilan muloqotda o‘zligini namoyon 
qilish holatlari; insoniy munosabatlarning odob-axloqda aks etish imkoniyat va xususiyatlari. Barkamol 
avlodni tarbiyalashda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Oilada yoshlikdan shaxs shakllana boradi. Oiladagi 
muhit, tarbiya, e’tibor o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy kamolotini belgilaydi. Shu bois barkamol 
avlod tarbiyasi o‘ta nozik va ayni vaqtda mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Bunda farzand tarbiyasi millat 
va xalqning kelajagiga ta’sir etishini yoddan chiqarmaslik kerak.
37
Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. – Б. 53.



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish