“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
157
–
guruhlarning jamoaviy aqliy qobiliyatidan zarur hollarda foydalanish;
–
yangilik kiritish va ish sifatini oshirish maqsadida madaniyatlar orasidagi tafovutni bartaraf etish
va turlicha nuqtayi nazarlardan foydalanish;
–
tolerantlik.
Ushbu muhim kompetensiyalar qatoridan
nizolarni samarali hal qilish, nizoni boshqarish kabilar ham
o‘rin olgan
78
.
XXI asrda uzluksiz shaxsiy va kasbiy kamolot hamda o‘zgarib, rivojlanib borayotgan dunyoning
talablariga moslashishning samarali shakllaridan biri bu shaxslararo nizolarni samarali boshqarish
ko‘nikmalaridir. Xristof Besemer
79
, Vendi Suzuki (Wendy Suzuki)
80
,
Liza Parkinson
81
, Rojer Fisher (Roger
Fisher), Uilyam Yuri (William Ury)
82
, Anita fon Xertel
83
, Garold Abramson
84
tadqiqotlarida shaxs uyg‘un
rivojlanishining omillari, inqirozlarni samarali bartaraf etish orqali shaxsiy rivojlanish muammolari tadqiq
qilingan.
Nizo (ixtilof, nifoq, mojaro, ziddiyat, qarama-qarshilik, kolliziya, konflikt) zamonaviy dunyoning
ajralmas elementi hisoblanadi. Nizolar ijtimoiy hayotning etnik, irqiy, milliy, oilaviy, mehnat, tijorat, biznes,
g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarga oid masalalarida yuzaga kelishi mumkin.
Zamonaviy ta’lim paradigmasi kontekstida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida
ham xodimlarning kasbiy
kompetentligini rivojlantirish, faoliyatga ilg‘or g‘oya va innovatsiyalarni implementatsiya qilish yo‘lida
muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mutaxassislar xalqaro hamda hududiy miqyosda konferensiya,
intensiv kurslar, timbilding, treninglarda ishtirok etib, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirmoqda.
Buning mahsuli
o‘laroq mutaxassislarda zamonaviy korporativ muhit va unga qo‘yilayotgan talablar haqida yaxlit kartina
shakllanmoqda. Xususan, mahalla va oila instituti sohasida zarur ko‘nikmalardan biri jamiyatda va oiladagi
shaxslararo munosabatlarda kelib chiqadigan nizolarni bartaraf etishga qaratilgan konflikt-menejment hamda
mediativ texnikalarni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni
sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash
tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-sonli farmonida mahalla va
oila tizimi oldida turgan eng
muhim vazifalar qatorida
oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni
sog‘lomlashtirish, oila institutini mustahkamlash, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni
tashkil etish, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir
ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish
kabilar belgilangan. Farmon bilan tasdiqlangan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni
samarali joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 21-bandida “
Do'stlaringiz bilan baham: