Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
101
bo‘lmoq, ilm-bilimni chuqur egallamoq, olamni balo-fitna, g‘iybatlardan saqlamoq, kishilar mushkulini 
oson qilmoq lozim” – deganlar. 
Ilm ikkiga bo‘linadi badan va qalb salomatligi. Imom al-G‘azzoliy qalb salomatligini quyidagicha 
izohlaydi: “Qalb deganda bizga ko‘rinadigan bir parcha go‘shtni nazarda tutayotganim yo‘q. Balki u hissiy 
a’zolar bilan idrok qilib bo‘lmaydigan ilohiy sirlardan bir sirning, yashirin ne’matlardan bir ne’matning 
nomidir. Gohida u “ruh”, gohida esa “nafsi mutmainna” (xotirjam nafs), deyiladi. Shariat uni “qalb” deb 
nomlaydi, chunki u o‘sha ilohiy sirning ulovidir. Uning vositasi ila butun badan o‘sha latofatga bir bosqich 
vazifani o‘taydi. Bu sirning vazifasi faqatgina mukoshafa ilmi bilan ochiladi. “Qalb qimmatbaho javhar, 
butun ko‘z oldimizda namoyon narsalar orasida eng aziz va sharafli durdir. Va u ilohiy ishdir. Ruhning 
nisbati inson jasadidagi boshqa a’zolardan ko‘ra sharafliroq. Allohning omonati yuklangan qimmatbaho 
javhar mana shu ruhdir”.
Buyuk alloma Abu Nasr Farobiy (873-950) aql va tafakkur yordami bilan bilim olishning o‘ziga xos 
xususiyatlarini aniqlashga harakat qilgan. “Forobiy ta’limotida o‘z zamonasidagi fozil, ideal jamoa, axloq, 
ma’rifat, aql-idrok, ishonch, hamma uchun baxt-saodat tantana qilgan sog‘lom jamiyat haqidagi orzu-istak va 
intilishlarning nazariy ifodasi edi”. “Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang‘ich asos insoniylikdir. 
U o‘z ruhining g‘ururi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan yuqori 
va oliyjanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin. Forobiy fozil shaharda baxt-saodatga erishishni istagan har bir 
inson fozillikka intilib yashashi darkor”, deb hisoblagan. “Inson birdamlik, yakdillik, adolat va haqiqatgo‘ylik 
xushmuomalalik, ezgu niyatlar orqaligina baxt-u saodatga erishadi”.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) dunyoda insonning tutgan o‘rni, istiqboli masalasiga katta e’tibor 
bilan qarab, ongli hayotiy faoliyat odamni hayvonning ongsiz hayotiy faoliyatidan farqlantiradigan muhim 
jihatlaridan biri ekanligini uqtiradi. Uning “Mineralogiya” asarida: “Odamda tafakkur qudrati bo‘lmaganda edi, 
uning ahvoli hayvonlar holatidan ham tubanroq bo‘lgan bo‘lardi, chunki odam kuch jihatidan hayvonlardan 
zaif, kuchli tabiiy himoya vositalaridan mahrumdir”, – deb yozadi. 
Beruniy ta’limotiga ko‘ra, tabiatni bilish jarayoni sezgilardan boshlanib tafakkurga ko‘tariladi, ma’lum 
narsalardan noma’lum narsalarga va hodisalarni bilishga tomon rivojlanib boradi. Bilish jarayonida hissiy 
bilish sezgi, idrok, xotira kabilarga Beruniy katta e’tibor beradi va ularsiz tabiat hodisalari haqida tasavvur 
hosil qilish mumkin emasligini ta’kidlaydi. Binobarin, “Jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish darajasi kishilar 
ongining o‘sishi, uning tafakkur madaniyati yetukligi bilan uzviy bog‘liqdir. Beruniy ijtimoiy adolat va 
yaxshi fazilatlar haqida gapirib, rostguylik, ya’ni haqiqatgo‘ylikning adolat bilan uyg‘unligi, bilim va ma’rifat 
egasi bo‘lish, ijodiy mehnat va yaxshilik insonlarni kamolotga, birdamlik va adolatli bo‘lishga yetaklaydi”, 
deb ta’kidlagan.
Umar Xayyom o‘z ijtimoiy va axloqiy qarashlarida shaxsiy baxtni jamoa baxti bilan bog‘lab, uning 
asosini adolat, insonparvarlik, hurfikrlilik, insoniy burch tashkil egishini, shundagina hayotning baxtli 
damlariga erishish mumkinligini yozgandi. 
Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino (980-1037) o‘zining axloq haqidagi risolasida yozishicha, ijtimoiy 
adolat inson xatti-harakatlarining eng muhim bezagidir. Adolat – ruhiy lazzatning bosh o‘lchovi. Adolat 
odamga xos sabr, jasurlik, donolik kabi xislatlar orqali namoyon bo‘ladi. Bu fazilatlarga ega inson, vijdon 
amri bilan o‘zini yomon xulq-odob, munosabatlardan saqlaydi. Ezgulik, ruhiy poklik, yaxshilikni o‘zida 
mujassam etishga harakat qiladi. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari, ruhiy poklanish, adolat haqidagi g‘oyalari 
uning ijtimoiy va ma’naviy-tarbiyaviy qarashlaridan kelib chiqadi.
Amir Temur (1336-1405) “Har kimdan kengash oldim. Har kimdan fikr o‘rgandim, qaysi biri foydaliroq 
bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab, ishlata bildim”, – deya ta’kidlagan. Amir Temurning ushbu fikrlaridan 
ma’lum bo‘ladiki, har bir jamiyat a’zosi fikr-mulohaza yuritib, o‘zaro fikr almashib, jamiyatni takomillashtirishi 
mumkinligini tushunish mumkin. “Barcha ishlarimni to‘qqiz ulushin kengash, tadbir va mashvarat, qolgan 
bir ulushin esa qilich bilan bajo keltirdim”, – deydi va “Men hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod 
qo‘ydim va hamishalig‘ ularga amal qildim. Ular ushbulardir: Alloh – ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan 
sig‘insang istagan murod-u maqsudingga yetkazadi. Tafakkur – fikrlash va mushohada qobiliyati, quvvayi 
hafizasi kuchli inson har qanday mushkulu mushkulodni oson qilish yo‘lini topa oladi. Qilich – ul yigitning 
yo‘ldoshi, el-yurt osoyishtaligining posboni, har qanday dushmanni mavh etish quroli, aning qudrati ila 



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish