Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
100
muhim vazifalardandir. Mazkur masala, yoshlarning sanogen tafakkuri genezisi, mohiyati va mazmuniga 
mavjud ilmiy nazariyalarga suyangan holda ta’rif berish, tasniflash, tahsil oluvchilarning sog‘lom tafakkurini 
rivojlantirishga bag‘ishlangan ijtimoiy-psixologik, pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish muammosi 
alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmagan. Hozirgi vaqtda patogen g‘oyalar va destabillashtiruvchi 
guruhlarning paydo bo‘lish sabablari, faoliyat doirasi kengayishining oldini olish maqsadida yoshlarning 
sanogen tafakkurini o‘stirish muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etib, bu sohada ijtimoiy-psixologik 
tadqiqotlarni olib borish dolzarb vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Insonning sog‘lom fikrlashga undovchi manbalardan biri “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas 
kitobi bo‘lib, ajdodlarimiz yaratgan eng qadimiy, noyob bilimlarning xazinasidir. Jumladan “Avesto”da yaxshi 
fikr, tarbiyasi haqida quyidagi mulohazalar uchraydi: “Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi tayanchi bo‘lib 
hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avval yaxshi o‘qishni, so‘ngra yozishni 
o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin”. “Yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat 
baxsh etaman”.
Avestoda Odamning tanasi ham, so‘zi ham ishi-yu tafakkuri ham pok bo‘lmog‘i lozim, deyiladi.., 
Ahuramazda dedi: “O‘zgalarga ro‘shnolik istagan odamning yo‘li, albatta, hamisha nurafshon bo‘lgay!” 
Odamning tanasi ham, so‘zi ham ishi-yu tafakkuri ham pok bo‘lmog‘i lozim, deyiladi fargardlardan birida. 
Demak, “Avesto” manaviyatimizning ilk sarchashmalaridan biridir. Unda iymon, e’tiqodda sobitlik, ilm-fan, 
kasb-kor egallash, xalqni adolat, marifat, insondo‘stlik, vatanparvarlik, ona sayyorani e’zozlashga, hidoyat 
etishga da’vat bosh masala hisoblanadi.
Alloh taolo Qur’oni Karimda tafakkur va mushohadaga buyurib, tafakkur kishilarini maqtab, shunday 
deydi: “Ular turib ham, o‘tirib ham, yotib ham Allohni zikr etadilar va osmonlar-u Yerning yaratilishi haqida 
fikr yuritadilar (va duo qiladilar...)” (191-oyat). “Alloh bir kishining ichida ikki qalb yaratgan emas”( Ahzob 
surasi, 4-oyat) ya’ni “Fikrlar turli tomonga sochilgani sayin, narsaning haqiqatini bilish qiyinlashaveradi. 
Shuning uchun hukamolar: “Sen o‘zingni ilmga to‘la bag‘ishlamaguningcha ilm senga biror narsasini 
bermaydi...”, – deyishgan. Har tarafga sochilgan fikr, xayol ko‘plab ariqlarga tarqalib ketgan suvga o‘xshaydi. 
Uning bir qismini yer shimadi, qolgani havoda bug‘lanadi, ekinga hech narsa yetib bormaydi”, – deb, fikrning 
teranligi, sog‘lom tafakkurga ega bo‘lish uchun inson ilm talabida bo‘lib, ma’rifatga intilib, o‘qib o‘rganib 
muayyan sohani egallashi zarurligiga ishora qilishgan.
Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Bir soatlik tafakkur bir yil ibodat qilgandan xayrliroq”, deb marhamat 
qilganlar. Sir emaski, fikr nurlar kaliti va bilish uchun harakat asosidir. Shuningdek, fikr ilmlarni o‘zida tutib 
qoladigan to‘r, maqsad va tushuncha tuzog‘idir. Ko‘pchilik ilmning fazl va martabasini bilsa ham, uning 
haqiqati, samarasi, masdari, makoni, paydo bo‘lish joyi, yo‘li va kayfiyatidan xabardor emas. Shu bilan 
birga, inson qanday tafakkur qilish, nima to‘g‘risida va nima uchun tafakkur qilishni, talab etilgan narsa 
ayni maqsad yoki maqsad emasligini ham to‘g‘ri hal qilib ololmagan.
Ibn Abbos: “Yaxshiliklarni fikrlab ko‘rish yaxshilik qilishga undaydi, yomonliklardan afsuslanish undan 
voz kechishga boshlaydi”, degan. Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo kitoblaridan birida aytadiki: “Har bir 
hikmat sohibining so‘zini qabul qilavermayman, uning o‘y-fikr va ishtiyoqiga qarayman. Agar uning o‘y-fikr 
va ishtiyoqi men uchun bo‘lsa, sukutini tafakkur, so‘zini hamdga aylantirib qo‘yaman”.
Shofe’iy rahimahulloh aytadilar: “Sukut saqlash bilan gapirishga, fikrlash bilan xulosa chiqarishga 
yordam beringlar”. Tag‘in u zot: “Masalaga to‘g‘ri nazar g‘ururdan saqlaydi, bir fikrga qaror qilish xato va 
nadomatdan xalos etadi: ko‘rish va fikrlash jazm va fatonat(farosat)ni kashf etadi. Hikmat ahli bilan maslahatda 
bo‘lish nafsga sabot va aqlga quvvat beradi. Bir qarorga kelishdan oldin fikrlab ko‘r, hujumga o‘tishdan 
oldin tadbir qil, oldinga yurishdan ilgari maslahatlash”. “Tafakkur”ning foydasi esa ilmni ko‘paytirish va 
hosil bo‘lmagan ilmni jalb qilishdan iborat.
Tasavvuf allomalaridan biri Azizuddin Nasafiy “Komil inson” nomli kitobida yozadi: “Bilgilki, komil 
inson quyidagi to‘rt narsaga mukammal shaklda ega bo‘lgan insondir. Ularning 
birinchisi
, yaxshi so‘z, 
ikkinchisi, 
ezgu faoliyat, 
uchinchisi, 
go‘zal axloq, 
to‘rtinchisi,
ilm. Bu to‘rt narsaga erishgan kishi komil 
bo‘lishi mumkin”, o‘z fikrini davom ettirib: “Komil inson bo‘lish uchun mukammallikka intilmok lozim. 
Ya’ni, yaxshi aql, yaxshi so‘z, yaxshi fikr, yaxshi axlok, yaxshi bilim va yaxshi amallarni ado etmoq, 
kishilarni izzat-hurmat qilmoq, yaxshi axloq bilan o‘rnak bo‘lmoq, adolatli, qanoatli, oriyatli, ma’rifatli 



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish