SHuni ham aytish kerakki, boshqa tildan so‘z olinganda, bu so‘z talaffuz
jihatidan oluvchi tilning tovush qonuniyatlariga muayyan bir darajada
moslashtirilmog‘i maqsadga muvofiq. Arab, fors, yapon, turk va ko‘plab boshqa
tillarda bu tamoyil an’anaga aylangan. Ana shunday yo‘l
tutilganda, o‘zga tilning
so‘zi bu tilga tamoman o‘z bo‘lishi va bu til rostmana boyishi mumkin. Aytaylik,
iqlim so‘zini bugun hech qaysi o‘zbek boshqa so‘z bilan almashtirish kerak
demaydi. Tilimizdagi benihoya ko‘p arabcha so‘zlar qatorida bu so‘z ham
o‘zlashib ketgan. Ammo bu so‘z aslida arablarning ham bevosita o‘z "mol"i emas.
Uni arablar yunon tilidan olganlar. YUnonlarda klimatos so‘zi bor, u "quyosh
nurining erga tushishidagi qiyalik darajasi" degan ma’noni ifodalaydi. Bu so‘zni
arablar talaffuzini ham arabchalashtirgan holda(iqlim) o‘zlashtirganlar. YOki
yapon
tilida
sisutemu
(sistema),
akusento
(aksent),
purusu
(puls;
yapon tashda l
tovushi yo‘q),
ideorogi
(ideologiya) kabi bir qancha talaffuzi ham moslashtirilgan
o‘zlashmalar mavjud. O‘zbek tilida ilgari rus tilidan o‘zlashtirilgan va aynan
talaffuz qilinadigan
komitet
(fransuzcha
comite
so‘zidan olingan) so‘zi bor edi.
Mustaqillikdan keyin ayni shu fransuzcha so‘zni o‘zbekcha
talaffuzga
moslashtirib,
ko‘mita
shaklida olindi va u adabiy leksik me’yorga aylandi.
Tilimizning lug‘at xazinasini boytish va tozaligini ta’minlash, leksik
me’yorlarining muntazamligiga erishishda eng ma’qul yo‘l o‘zbek tilining o‘z
ichki imkoniyatlariga tayanishdir. O‘zbek tilining o‘z qonuniyatlari asosida yangi
so‘zlar yasash, u yoki bu sababga ko‘ra iste’moldan chiqqan qadimgi va eski
turkiy so‘zlarni tiklash, tilimizning teran tomirlari bo‘lmish shevalardan so‘z olish
maqsadga
muvofiq.
Masalan,
raport
so‘zining
o‘zbekcha
muqobili
sifatidabil
dirgi
so‘zi yasaldi va adabiy tildan joy oldi,
rayon
so‘zi avval
nohiya
so‘zi
bilan almashtirildi, ammo leksik me’yor maqomini olmadi. Keyinroq eski o‘zbek
tilidagi
tu
man so‘zi iste’molga
kiritildi, u faol lug‘atimizda o‘z o‘rnini topdi.
Adabiy tilda hozircha mavjud bo‘lmagan, turli sohalarga oid so‘zlarni izlab
topishda shevalar tengsiz manbadir. O‘zbekistonning bir hududida dehqonchilik,
boshqasida chorvachilik, yana boshqasida
baliqchilik rivojlangan, demakki, bu
sohalarga oid xilma-xil so‘zlar o‘sha erlarda bor. Taomshunos olim Karim
Mahmudov xotiralaridan birida shunday voqeani hikoya qilgan edi: Olim bir
taomning
tayyorlanish tartibini yozib, zukko so‘z sinchisi Abdulla Qahhorga
ko‘rsatadi. Undagi
ikra
so‘zini ko‘rgan yozuvchi: "Buning o‘zbekchasi yo‘qmi?"
deb so‘raydi. Olim: "Baliqning urug‘i" desa bo‘ladi", deydi. So‘zning ichu tashini
naqd ko‘ra biladigan adib: "Nima, sizga baliq o‘simlikmi? " deydi achchiqlanib.
"Bo‘lmasa, "baliqning tuxumi" bo‘lsin", deb javob beradi olim izlangan bo‘lib,
YOzuvchi: "Baliq tovuq emas", deydi va xalkda uni ifodalaydigan alohida so‘z
bo‘lishi kerakligini aytadi... Olim safarlaridan birida Xorazmda Qahhor qasd etgan
so‘zni eshitadi, u erda
uvulduruq
deyilarkan. SHu tarzda bu so‘z adabiy tildan joy
oladi.
Leksik me’yorlarga huda-behuda aralashaverish, har bir chet so‘zga g‘ashlik
bilan qarayverish, o‘rinli-o‘rinsiz chet so‘zni almashtirish payidan bo‘laverish til
leksik me’yorlarining barqarorligini buzadi. Bu, albatga, nutqiy muloqot jarayoni
uchun ham, nutq madaniyati uchun foydali emas. Ingliz
dinshunosi va tarixchisi
Jeyms Jorj Frezer bir kitobida shunday bir antiqa odatni tasvirlaydi. Avstraliyadagi
hindu qabilalaridan biridagi urfga ko‘ra, biror kishi vafot etsa, uning ismini tilga
olish taqiqlanar ekan. Ma’lumki, har qanday kishi ismi ayni zamonda turdosh ot
hamdir, ya’ni u muayyan ma’noga ega bo‘lib, hayotdagi biron- bir narsa yoki
tushunchani ifoda etadi.Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: