52
So‘rov natijasi
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, yangi pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash orqali o‘quvchilarda informatika faniga oid bilim, ko‘nikma va
malakalarni oshirish davr talabi hisoblanadi. Shu maqsadda “Excel dasturining
standart funksiyalari” mavzusini yoritishda “Blis-so‘rov” usulidan foydalanish
maqsadga erishishga yo‘l ochib beradi.
Adabiyotlar:
1.
J.G‘.Yo‘ldoshev. “Zamonaviy dars”. T.: “O‘qituvchi”, 2007 y.
2.
B.Boltayev, A.Azamatov, A.Asqarov, M.Sodiqov, G.Azamatova.
“Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining 8-sinfi uchun darslik. Toshkent 2011 y.
IMS TEXNOLOGIYASINING ASOSLARI
Халилов М.
ТАТУ Фарғона филиали, musohon86@mail.ru
IMS asosidagi yangi boshqaruv konsepsiyasi bir necha prinsiplarga
asoslanadi.
1.
Abonent tushunchasi o’rniga IMS tizimida abonent tarmog’i tushunchasi
kiritiladi. Bunda tarmoqda abonent
qurilmalari sonini oshirish, shuningdek,
NGN kirish tarmoqlarida konvergensiya xususiyatlari hisobga olinmoqda.
2.
Boshqaruv tizimiga abonentlarning uy serveri NSS (Home Subscriber
Server) abonent joylashuvini nazorat qilish, rouming
va billing jarayonlarida
foydalaniladigan HLR (Home Location Register) – abonentlar joylashuvini
hisobga olish tizimining ekvivalenti sifatida qo’shiladi.
3.
IMS ni boshqarish asosiga turli qurilmalar o’rtasida boshqaruv
jarayonlarnini ajratish bilan Softswitch konsepsiyasi qo’yilgan.
4.
IMS tizimining talab qilinadigan funksionalligini ta’minlash uchun
boshqaruv yadrosining arxitekturasini sezilarli
darajada murakkablashtirish
53
kerak, bu esa MGC ni Softswitch dan bir necha elementlarga dekompozitsiya
qilinishiga olib keldi.
Keltirilgan to’rtta parametrlar IMS ning texnik echimlarini aniqladi. IMS
ning keltirilgan yangiliklari haqida biroz to’xtalib o’tamiz. IMS konsepsiyasining
Softswitch dan birinchi farqi – bu abonent tarmog’i tushunchasidir. Gap
shundaki, Softswitch konsepsiyasi kompyuter telefoniyasidan kelib chiqqan
bo’lib, shu sababli uning bir necha kamchiliklari mavjud, chunki u avvalo faqat
telefonli abonentlarga mo’ljallangan edi. NGN spetsifikasi o’zining o’zgartirishlarini
kiritdi va zamonaviy Softswitch talqinida abonent
sifatida kompyuter va SIP-
terminal va boshqalar bo’lishi mumkin. IMS konsepsiyasi abonent tushunchasini
abonent tarmog’i tushunchasiga o’zgartirdi, shu sababli IMS tizimida oxirgi
qurilmalarga NGN tarmog’iga birlashtirilgan turli tizimlar oilasi ham kiradi. Bu
tushunchani talqin qilishda ma’lum erkinliklar mavjud, chunki IMS abonent
tarmog’I hajmini aniqlamaydi. Eng soda holatda bu
konvergent abonent ulanishi
bo’lishi mumkin, masalan, Wi-Fi tarmog’i bilan ADSL va unda bir necha
qurilmalarning ulanishi. Ammo IMS nuqtai nazaridan an’anaviy TDM
tarmog’ining segmenti yoki NGN segment ham abonent tarmog’i sifatida qabul
qilinishi mumkin. Abonent
tarmog’ini bunday talqin qilishda IMS
konsepsiyasining demokratikligi va yangiligi ko’zga ko’rinadi. Ushbu
yangilik
shunchalik murakkabki, unda zamonaviy texnologiyaning
barcha
xarakteristikalari ko’rsatilmagan, ammo aynan u IMS ni HLR o’rnatilgan
Softswitch sifatida ko’rish imkonini beradi.
IMS tizimida abonent joylashuvini hisobga olish tizimining mavjudligi
– IMS abonentlari mobilligining aniq yutug’idir. Bu erda ushbu masalani
muhokama qilishning zaruriyati yo’q. Faqat shuni ta’kidlash kerakki, HSS
funksiyalari sotali aloqa tizimlaridagi HLR funksiyalariga nisbatan kengroqdir.
Birinchidan, sotali tarmoqda telefon abonentlarining
joylashuvi haqidagi
ma’lumotlar bazasi o’rniga IMS da yangi sifatli vazifani taqdim qiluvchi
abonent tarmoqlari joylashuvini nazorat qilish funksiyalari realizatsiya qilinishi
kerak. Ikkinchidan, IMS xizmatlarini personallashtirish har bir abonentni
hisobga olishni talab qiladi. Agar HLR da barcha
abonentlar bir xil statusga
ega bo’lsa, HSS da ular kategoriyalarga ajratilishi kerak va personal xizmatlar
konsepsiyasi rivojlangani sari HSS da kategoriyalar ko’payib boradi. Shu
tarzda, HSS strukturasi HLR strukturasidan sezilarli darajada murakkabroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: