UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MUAMMOSI VA UNING
TARKIBI
Raxmonkulov F., Valiqulov B.
A.Qodiriy nomli JDPI
Jamiyatda paydo bо‘lgan har qanday yangilik singari dasturlashtirilgan
ta’limning ijobiy tomonlari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud. Shunga
qaramasdan, dasturlashtirilgan ta’lim о‘quv-tarbiya ishlarida chuqur ijobiy
о‘zgarishlarga sabab bо‘lmoqda. Mutaxassis va о‘qituvchilar о‘quv materialini
tahlil qilishning yangi uslubiyatini о‘zlashtirib oldilar, о‘quv materiali bо‘yicha
axborotlarni qabul qilish, ularni atroflicha mustahkamlash, sinash yagona tizimga
aylandi. Ta’limda amal qiladigan teskari aloqa yangicha ahamiyat kasb etdi.
Mavzularni tо‘liq о‘zlashtirish uchun psixologik, pedagogik, didaktik, uslubiy
zamin yaratildi
Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosi bо‘yicha
qayd qilingan bilimlar va о‘tkazildigan tadqiqot, unda erishiladigan bilimlar
о‘rtasidagi vorislikka rioya qilib, mohiyatdan voqelikka, voqelikdan mohiyatga
о‘tishida nazariy bilimlar rivojlanib kompyuterli ta’limning yangi modelini
asoslashga olib keladi. Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi singari insonning bilishi
ham uzluksiz davom etadi. Shu yо‘l bilan о‘rganilayotgan obyekt tо‘g‘risidagi
bilimlar kategoriyalarda mujassamlashib, nazariyaga aylanadi.
Umumiy о‘rta ta’limda fanni о‘qitishda axborot texnologiyalaridan
foydalanish tо‘g‘risidagi tasavvurlarni umumlashtirish va ular asosida tadqiqotni
davom ettirish ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosining
tarkibi, uning fanda qо‘yilishi, pedagogik amaliyotdagi о‘rni, uni hal etish
konsepsiyasi kabi qator savollarga javobni taqozo qiladi.
Didaktik va uslubiy tadqiqotlarda, dastlab, о‘tkaziladigan tadqiqot, uning
natijasida erishiladigan bilimlar, ayni holatda umumiy о‘rta ta’limda fanlarni
о‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosining о‘zini, uning
tarkibini о‘rganishda qator afzalliklar mavjud. Bunday tahlil tadqiqotchining
muammo tо‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlashtirish, mavzu dolzarbligini
atroflicha anglashini ta’minlaydi. Muammoning hali yetarli tadqiq qilinmagan
355
jihatlarini qayd qilib, tadqiqot yо‘nalishini belgilash va kelajakda erishiladigan
natijalarni ma’lum darajada aniq kо‘ra olish hamda tadqiqot obyektini
takomillashtirish yо‘llarini aniqlashga imkon beradi.
Fanda qо‘yilgan muammoni о‘rganishga kirishar ekanmiz uning tarkibi,
inson faoliyatidagi ahamiyati, ilmiy tadqiqotdagi о‘rni, qanday masalalarga
daxldorligi, muammoni о‘rganish yо‘llari, vositalari, asoslanadigan prinsiplari,
qisqa qilib aytganda, muammo mohiyatini yetarlicha bilmaymiz. Muammo
obrazini ongda shakllantirish zaruratidan uning о‘zini alohida о‘rganishga,
mohiyati va tarkibini tahlil qilishga ehtiyoj tug‘iladi.
Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish muammosi tashkiliy
tizim bо‘lib, о‘ziga xos qator sifatlarga ega: eng avvalo, ta’limda axborot
texnologiyalaridan foydalanish didaktika va xususiy uslubiyat fanlari sohasida
о‘tkaziladigan tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liq. Kompyuterli ta’lim tashkiliy tizim
sifatida tadqiqotchining irodasi, mahorati, axborot texnologiyalaridan foydalanish
bо‘yicha egallagan bilimlari, orttirgan tajribasiga bog‘liq. Masalan, informatika
faning о‘quv predmetida axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun uning
logikasi — о‘quv materiallarini о‘rganish tizimi, har bir mavzuga oid о‘quv
elementlari ajratiladi, о‘quvchilarning real bilish imkoniyatlari о‘rganiladi. Shu
asosda pedagogik dasturiy vositalarni yaratish xususiyatlari aniqlanib, ularni
yaratishda о‘quvchilar faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish
prinsiplari, usullari, vositalari, meyorlari ishlab chiqiladi.
Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish tо‘g‘risida fikr
yuritilganda uning ikki xil ma’nosini farqlash kerak:
1. Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish faoliyati. Ta’limda
axborot texnologiyalaridan foydalanish faoliyati pedagogik dasturiy vositalarni
loyihalash, yaratish, kompyuterning о‘zini ta’limni amalga oshirishga tayyorlash
kabi elementlardan iborat bо‘lib, ularning har biri о‘ziga xos vazifa va vositalarga
ega.
2. Ta’limni axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayoni. Bu ma’noda
ta’limni axborot texnologiyalaridan foydalanishni mehnatga qiyoslasa bо‘ladi.
Mehnat jarayonlariga о‘xshab ta’limni axborot texnologiyalaridan foydalanish
maqsadga muvofiq mehnat, mehnat vositasi, mehnat predmetidan iborat.
Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish «inson-kompyuter»
tizimini jamiyat hayotining barcha sohalariga jadal olib kirish shakllaridan biri
hisoblanadi. Bunday tizimlar nazariyasiga kо‘ra inson faoliyati yetakchi
komponent hisoblanib, kompyuter uni samarali amalga oshirish vositasi sifatida
namoyon bо‘ladi. Inson faoliyatining kо‘pgina kо‘rinish va shakllari mavjud
bо‘lib, ularning genetik jihatdan boshlang‘ich asosini mehnat faoliyati tashkil
etadi. Uning tarixiy rivojlanishi natijasida boshqa faoliyat turlari, masalan, о‘yin,
о‘quv, ilmiy izlanish kabilar kelib chiqqan. О‘quvchilarning о‘quv faoliyatini
kompyuter yordamida tashkil qilish bu faoliyatning samarali natija berishiga
imkon yaratadi. Shuningdek, ta’limda axborot texnologiyalarida foydalanish
356
uzluksiz ta’lim tizimini, qolaversa, jamiyatni axborotlashtirishning negizini
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |