Pdf-xchange 0 Examples


INFORMATIKANI OʻQITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT



Download 6,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/253
Sana26.03.2022
Hajmi6,97 Mb.
#510918
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   253
Bog'liq
konf02

INFORMATIKANI OʻQITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
Tangirov X.E., Jabborov A.Oʻ. 
Jizzax davlat pedagogika instituti 
Yurtimiz oʻz istiqlolini qoʻlga kiritgandan soʻng, sezilarli darajada katta 
oʻzgarishlar, jumladan hayotimizning barcha jabhalarida boʻlganidеk, ta'lim 
tizimida ham yangi islohotlar amalga oshirildi, shuningdek ta’lim-tarbiya 
jarayoniga zamonaviy axborot tеxnologiyalarini olib kirildi va ta'lim jarayonini 
kompyutеrlashtirish, hamda ulardan keng foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Bu albatta 
ta’lim jarayonidagi muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Keyingi yillarda ta’lim jarayonining samarasini oshirish va rivojlantirish 
maqsadida multimediali elektron darslik va qoʻllanmalar yaratishga katta e’tibor 
berilmoqda va bularga oid juda ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday 
elektron darsliklarni yaratishda bir qancha dasturiy ta’minotlar mavjud boʻlib, 
ulardan biri AutoPlay dasturi hisoblanadi.
Koʻplab imkoniyatlarni oʻzida jamlagan va multimedia texnologiyalariga 
asoslangan elektron amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay Media Studio 
dasturidan foydalanish barcha foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay 
interfeysni taqdim etadi. Autoplay Media Studio dasturida amaliy dastur yaratish 
unchalik ham koʻp qiyinchilik tugʻdirmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli 
dasturiy muhitni tanlash uchun bir nechta tayyor shakllardagi loyiha 
shablonlaridan foydalanishi mumkin. Bunda amaliy dastur muhitini dizaynga boy 
holatga tashkil etish uchun Autoplay dasturiy vositasi tarkibida tayyor obyektlar 
mavjud boʻlib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush kuchaytirgichi, fayllarni 
printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytllarni ochuvchi va ularga 
murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obyektlarni kiritish mumkin. 
Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtomatik ishga tushirish 
uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni oʻzi yaratadi va turiga 
qarab papkalarga ajratadi. Foydalanuvchilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va 
kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. 
Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, 
ma’lumotlar bazasini va shunga oʻxshash obyektlarni nafaqat tez yaratish, balki 
ularni boshqarish imkoniyati ham mavjud. Qolaversa, ma’lumotlarni CD yoki 
DVDga yoza olishi Autoplay Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga 
ega ekanligini koʻrsatadi.
Endi informatikani oʻqitishda AutoPlay dasturida bir qancha rasmlardan 
foydalanib slaydshou yaratish uchun qanday qilib ssenariy yozishni koʻrib 
oʻtamiz. Informatika fani uchun slaydshouni yaratish bilan bogʻliq amaliy ish 
jarayoniga oʻtadigan boʻlsak, ishni dastlab kerakli rasmlarni tanlash va boshqaruv 
obyektlarini loyihalashtirishdan boshlashimiz zarur. Bunda quyidagi amallarni 
bajaramiz:


328 
1. AutoPlay dasturini ishga tushirganimizdan soʻng keltirib oʻtilgan loyiha 
shablonlari orasidan “Blank Project” shablonini tanlaymiz.
2. “Project” menyusiga kirib, “Settings” bandini tanlaymiz va yuzaga 
kelgan “Project Settings” sarlavhali muloqot oynasining “General” sahifasidagi 
“Windows title:” maydoniga “Slaydshow” nomini kiritamiz, “Appearance” 
sahifasidagi “Dimensions” boʻlimidagi “Page Size” maydonidagi roʻyxatdan 
“Custom” satrini tanlaymiz.
3. “Options” boʻlimidagi “Custom icon” maydoniga bayroqcha oʻrnatamiz. 
Faol holatga kelgan “Browser” buyruq tugmasini bosib, oldindan tayyorlab 
qoʻyilgan “monitor.ico” faylini tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz.
4. Ishchi sohaga 
“New Slideshow Object” obyektini tanlaymiz va oʻng 
tomonga joylashtiramiz. “Properties” muloqot oynasidagi “Options” sahifasidan 
“BackColor” bandiga rang kodini kiritamiz, “ImageFiles” bandidan esa “Image 
Files” sahifasidagi “Add” tugmachasi orqali kerakli rasmlarni tanlab olamiz. 
5. Ishchi sohaga 2 ta 
“New xButton Object” obyektini tanlaymiz. 
Tugmachalarning biriga “Play”, ikkinchisiga “Pause” nomini beramiz. Endi 
“Play” tugmasi bosilganda slaydshou ishga tushishi uchun shu tugmachani ikki 
marta tez bosamiz va ochilgan oynadagi Script menyusini tanlaymiz. OnClick 
xususiyatiga “SlideShow.Play("SlideShow1");” ssenariyni yozamiz. “Pause” 
tugmachasi uchun “SlideShow.Pause("SlideShow1");” ssenariysini yozamiz. 
Agar xohlasak slaydshoumizdagi rasmlar almashinuvini oʻzgartirishimiz, 
aylanishlar soni, rasmlarni chiqish holati va boshqa koʻplab oʻzgarishlar kiritish 
mumkin. Buning uchun “Properties” muloqot oynasidan foydalanamiz. 
6. Tayyor boʻlgan ishimizni tekshirish uchun ishga tushirib, tekshirib 
koʻramiz. Buning uchun uskunalar panelidagi 
“Preiew” tugmachasini 
bosamiz. Endi tayyor boʻlgan loyihani saqlash mumkin. Buning uchun quyidagi 
ketma-ketlikni bajarish kerak: 
7. Uskunalar qatoridagi “
Build
” 
- tugmasidan foydalanamiz: a) 
birinchi oynadagi “Continue” buyrugʻini tasdiqlaymiz; b) ikkinchi oynada 
bizning proyektimiz kompyuter xotirasiga saqlanishini tanlaymiz; c) uchinchi 
oynada saqlanuvchi papka manzilini kiritamiz va fayl nomini beramiz; d) bu 
bosqichda proyektimiz yuklanishni tugatgandan soʻng “Close” tugmasini 
bosamiz. 
Natijada alohida papkada yaratilgan dasturiy vositamizning maxsus fayllari 
hosil boʻladi. Hosil boʻlgan papkadan “autorun.exe” fayli orqali ishga 
tushirishimiz mumkin. Undagi “play” tugmasini bosish orqali slaydshou 
namoyish etiladi, “pauza” tugmasini bosish orqali esa, slaydshouni toʻxtatib turish 
mumkin. Bu orqali informatika oid yoki fanning biron mavzusiga oid rasmlardan 
slaydshou yaratish, uni ta’lim jarayonida foydalanish mumkin. 
Shuningdek, AutoPlay dasturi yordamida rasm, video, flash element, pdf 
fayllardan va web obyektlardan ham keng foydalanish mumkin. Bulardan tashqari 
yana koʻplab obyektlar ham mavjud boʻlib, ular yordamida qiziqarli elektron 


329 
axborot ta’lim resusrlarini, elektron darslik, elektron qoʻllanmalar, test 
dasturlarini yaratish imkoniyatlari ham mavjud. 
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanib, darsning koʻrgazmaligini ta’minlash mumkin. 
Xususan, pedagogik dasturiy vositalar yordamida informatika darslarida maqsadli 
foydalanish mumkin. Buning uchun yuqoridagidek, AutoPlay dasturi yordamida 
pedagogik dasturiy vositalarni yaratish zarur. 

Download 6,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish