Bog'liq 4-qism. Ilzm-zakovat Iqtisodiy fanlar yo\'nalishi
“Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” mavzusidagi Respublika onlayn ilmiy-amaliy anjumani materillari 82
rivojlantirish dasturiga ega bo‘lgan tadbirkorlar orasidan tanlab olinadi. Ularga tijorat
banklari tomonidan kreditlar kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirishga ko‘maklashish uchun “og‘ir” mahallalarga biriktirilgan “yetakchi”
tadbirkorlik sub’ektlariga 3 yil muddatgacha yillik 10 foiz stavkada bitta mahalla uchun 2
mlrd. so‘mgacha miqdorda ajratiladi. Yetakchi” tadbirkorlarga kooperatsiya asosida
ishlayotgan fuqaro tomonidan ishlab chiqarilayotgan (etishtirilayotgan) mahsulotlarni sotib
olish yoki shartnomaga asosan fuqaroga oylik ish haqi to‘lash sharti o‘rnatiladi.
Sh. Abdisamatov – “Iqtisodiyot va servis” kafedrasi katta o‘qituvchi TIJORAT BANKLARINING KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI KREDITLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash
amaliyotini takomillashtirish bo’yicha bir qancha amaliy choralar ko’rib kelinmoqda.
Tijorat banklari tomonidan xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun ajratilgan kreditlar miqdori
oshishi, iqtisodiyotda bu sohani rivojlanishiga xizmat qiladi.
Bunga yaqqol misol sifatida hozirgi kunda banklarimizning tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish maqsadida berilayotgan maksimal darajadagi kam foizli kreditlarini olishimiz
mumkin. Shunday ekan bu imkoniyatlaridan foydalangan holda mamlakatimiz
iqtisodiyotiga hissa qo‘shish yoshlarning umuman olganda barcha fuqarolarning eng oliy
burchlaridan biri sifatida qarasak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zero, xalq boy bo‘lsa, mamlakatda tadbirkor ko‘p bulsa davlat boy bo‘lishi
barchamizga sir emas. Shuni ta’kidlashimiz joizki Prezidentimiz Sh. Mirziyoev
iqtisodiyotni rivojlantirishdagi muhim vazifamiz sifatida “...bizning yana bir muhim
vazifamiz-kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish,
mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni
mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib
berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqini ham,
davlatini ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hes qachon charchamayman, ya’ni
“xalq boy bo‘sa, davlat ham boy va qudratili bo‘ladi” deb takidlaganlar.
Bu respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik sub’ektlarining foyda
ko‘rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi va
xizmatlar ko‘rsatishini talab etadi. Mamlkatimizning oldida turgan eng muhim vazifalaridan
biri sifatida mamlakatda tadbirkorlik sub’ektlarini ko‘paytirish hamda faoliyat yuritayotgan
tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirib, jahon talablariga mos keladigan tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda.
Islohotlarning bugungi kundagi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hisobiga uzluksiz iqtisodiy barqarorlikka erishishdek
ulkan dolzarb vazifa qo‘yilgan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar shaklidan qatiy
nazar ularning raqobatbardosh bo‘lishi, korxonaning ichki imkoniyatlarini hamda foyda