O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

kidariy
lar
(qabila boshlig‗i 
Kidar nomidan olingan) kushonlarning qoldig‗i bo‗lib, Kidar IV asrda hukmronlik 
qilgan. Ba‘zi olimlarning fikricha kidariylar V asrda shimolda yashagan massaget 
qabilalar ittifoqidan ajralib chiqib, bir necha marta Sosoniylar davlatiga hujum 
qilganlar. 456 yilda Kidar Sosoniylardan mag‗lubiyatga uchrab halok bo‗lgach,
uning o‗g‗li Kungas boshchiligida kidariylar Qandahor (Peshavor) ga va undan 
Shimoliy Hindistonga o‗tib, Gupta podsholigini tobe etganlar va u erda 75 yil 
hukmronlik qilganlar. 
V - VI asr tarixchi olimlaridan Ieshu Stilit, Prakopiy Kesariyskiy, Sebeos, Egishe 
Vardapetlar xioniylar, kidariylar va eftaliylar bir- birlariga yaqin bo‗lgan qabilalar 
ittifoqidan iborat degan fikrni bildiradilar. Bu ular o‗rtasidagi farq faqat sulolaviy 
xarakterga ega degan fikrga olib keladi.
Eftaliylar
to‗g‗risidagi dastlabki ma‘lumotlar yunon, xitoy, arab va boshqa 
xalqlar manbalarida uchraydi. Ularda eftaliylar turli nomlar bilan atalgan. Jumladan, 
xitoy manbalarida E-da yoki I-da, suriya va lotin «Eftalit», arman yozuvlarida 
«Tetal» yoki «Xettal», arab va fors manbalarida «Haytal» yoki «Haftal», yunonlarda 
«Abdel», hindlarda «Xuna» va b. Ba‘zi tarichilar «Eftal» atamasini eftaliylar 
hukmdori Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog‗lashadi.
Xitoy manbalarida eftaliylar turklar (tukyue)ga yaqin deyil-sa, vizantiyalik 
tarixchi Prokopiy Kesariyskiy ularning kelib chiqishini 
«
xunnlar
» 
bilan bog‗laydi. 
Aksariyat olimlar esa eftaliylarni mil. avv. I- milodiy IV asrda Ettisuvva Ili vohasidan
Orol dengizi bo‗ylariga kelgan 
«
xunnlar
» 
bilan aralashib ketgan sak-massaget 
qabilalarining avlodlaridir, degan fikrni bildiradilar. 
Orol dengizining janubi-sharqiy qismida yashagan sak-massaget qabilalarining 
avlodlari bo‗lgan eftaliylarning janub sari siljishlari Eron bilan munosabatlarni 
keskinlashtirdi. Taxminan 457 yilda eftaliylar Vahshunvor Eftalon boshchiligida - 
Chag‗oniyon (Termizning shimolidagi erlar), Tohariston va Badaxshonni o‗ziga 
bo‗ysundirib O‗rta Osiyoda kuchli davlatga asos soldilar. Ko‗pchilik olimlar 
Eftaliylar davlatining markazi Poykand (Boykent) yoki Balx bo‗lgan degan fikrga 
kelishgan. Poykent tarixchi Narshaxiyning yozishicha «Buxoro shahridan 
qadimiyroqdir». 
Eftaliylar davlatining kuchayishidan tahlikaga tushgan Eron shohi Peroz (Feruz) 
eftaliylarga qarshi uch marta yurish qilib, undan engilgan. Siyosiy va iqtisodiy 
jihatdan ancha qudrati oshgan eftaliylarga Eron sosoniylari uzoq vaqt xiroj to‗lab 
turgan. Keyinchalik eftaliylar Marv, Qobul va Panjob vodiysi, Qashg‗ar va Xo‗tanni 
ham egallab, Kushon podsholigi xududlari, ya‘ni O‗rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, 
Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eronni birlashtirgan ulkan davlatga asos soldilar.


74 
Eftaliylar ulkan hududlarni qo‗lga kiritgach obod dehqonchilik vohalariga, 
rivojlangan shaharlarga, savdo yo‗llariga ega bo‗ldilar. Vaqt o‗tishi bilan esa 
mahalliy aholi bilan aralashib ketdilar. Natijada ularning bevosita vorisiga aylandilar. 
Shu bois, 568-569 yillarda Vizantiya imperatori Yustin II huzurida bo‗lgan turk 
elchisi imperatorning «eftaliylar shaharlarda yashaydilarmi yoki qishloqlardami?» 
degan savolga «ular shaharlik sulolalar, oliy hazratlari» deb javob bergan. Prokopiy 
Kesariyskiyning yozishicha: «Eftaliylar (saltanati) bir hukmdor orqali idora etilib, o‗z 
qonuniy (adolatli) davlatchiligiga egadir. O‗zaro va qo‗shnilar bilan (munosabatlarda) 
adolat me‘yorini saqlashda vizantiyalik va forslardan hech bir qolishmaydilar». 
Jamiyatda er egaligi munosabatlari shakllana boshlagan bo‗lsa-da qul 
mehnatidan foydalanish davom etgan. Zodagonlar jamiyatda cheklanmagan 
huquqlarga ega bo‗lgan. Zodagon vafot etsa maxsus tayyorlangan tosh dahma 
(maqbara)ga xotini, qullari va ulfatlari bilan birgalikda ko‗milgan. Bu jamiyatda 
sinfiy tabaqalanish kuchayganidan dalolat beradi. Buni 1985 yilda Pop tumani 
hududida V asrga oid 30 dan oshiq qabrlardan topib o‗rganilgan ashyoviy dalillar 
ham tasdiqlaydi.
Eftaliylar davrida o‗troq aholi o‗rtasida dehqonchilik va hunarmandchilik
ko‗chmanchi aholi o‗rtasida chorvachilik rivojlangan. Xitoy manbalarida qayd 
etilishicha, V - VI asrlarda Sharqiy Turkiston va O‗rta Osiyoda ko‗plab g‗o‗za 
ekilgan. O‗rta Osiyo paxtasi Xitoyda ham mashhur bo‗lgan. Tohariston va So‗g‗dda 
g‗allachilik va bog‗dorchilik rivojlangan. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida 
g‗alladan tashqari sholi ham etishtirilgan. Tog‗ va tog‗ oldi erlaridagi aholi yilqichilik 
bilan shug‗ullangan. Farg‗ona vodiysida zotdor arg‗umoqlar ko‗paytirilgan.
V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida eftaliylarning o‗troqlashuvi kuchaydi, 
buning oqibatida sug‗orma erlarga bo‗lgan ehtiyoj ortdi. Kichik-kichik sug‗orish
kanallari qazib chiqarilib, minglab, gektar yangi er maydonlari o‗zlashtirildi. 
Sug‗orish uslubi takomillashdi, shohariqlar chuqurlashib, sersuv sug‗orish 
tarmoqlariga aylandi. Hozirgi vaqtda ham mavjud bo‗lgan Zahariq, Bo‗zsuv, 
Darg‗om kanallari o‗sha davrda barpo etilgan yirik sug‗orish tarmoqlari bo‗lgan. 
SHuningdek, tog‗ oldilariga suv chiqarish uchun suv chiqarish asboblaridan keng 
foydalanilgan. Sug‗orma erlarning bir qismi ibodatxonalar mulki hisoblangan va ular 
«vag‗nze» deb yuritilgan. Yaylovlarning asosiy qismi oqsoqol zodagonlar qo‗lida 
bo‗lgan.
Yerga egalik munosabatlarining tarkib topishi bilan sug‗oriladigan er 
maydonlarining katta qismi mulkdor zodagon tabaqa vakillari - «
dehqonlar
» qo‗lida 
to‗plana boshlagan. Buning natijasida qishloq jamoasining erkin a‘zolar zodagonlar 
asoratiga tushib, ularga tobe bo‗lgan. Xo‗jalik yuritishda renta - soliq tizimi keng 
qo‗llanilgan. Eftaliylar davrida dexqonlarga yollanib ishlashga majbur bo‗lgan 
kishilar «
kadivarlar
», o‗z eriga ega bo‗lgan erkin kishilar «
kashovarzlar
»deb atalgan.
Eftaliylar davrida ko‗plab shahar-qal‘alar qurilgan. Qalin mudofaa devorlari 
bilan o‗ralgan qo‗rg‗onlar - Naxshab vohasidagi Zahoki-Moron va Buxorodagi 
Varaxsha, Xorazmdagi Fir qal‘alari, Samarqand vohasidagi 12 ta darvozaga ega 
bo‗lgan Devori-qiyomat, Buxoro vohasidagi Kampir-Devor eftaliylarning o‗ziga xos 
me‘morchilik namunalaridir. Eftaliylar davrida qasrlar ikki qavatli, shifti tekis, 
gumbazsimon va ravoqsimon yopilgan xonalardan iborat bo‗lib, ular paxsa, xom va 


75 
pishiq g‗ishtlardan qurilgan. Saroy va ibodatxonalar devorlari odatda rangli tasvirlar 
bilan bezatilgan. Buxorxudotlarning qarorgohi - Varaxsha saroyi, Toshkent 
vohasidagi Oqtepa, Xorazm vohasidagi Firqal‘alar eftaliylar me‘morchiligining 
ajoyib namunasidir. 
Eftaliylar davrida Buyuk Ipak yo‗li orqali Eron, Vizantiya, Xitoy, Hindiston va 
boshqa davlatlar bilan savdo aloqalari rivojlanib, unda sug‗diylar etakchi o‗rinni 
egallagan. Muomalada sosoniy tangalari bilan birga Sug‗d, Xorazm tangalari ham 
qo‗llanilgan. Savdo orqali sug‗d tili va yozuvi Sharqiy Turkistonga qadar borgan. 
Sug‗d yozuvidan tashqari xorazmiy va eftaliy yozuvlari ham mavjud bo‗lgan. Bunday 
yozuvlar Zangtepa, Qoratepa, Afrosiyob xarobalaridan, Kofirqal‘adan topilgan. 
Ko‗chmanchi aholining ko‗pchiligi turkiyda so‗zlashgani tufayli turkiy til tobora 
ko‗proq yoyilgan. 
Eftaliylar davlatida Sug‗dda zardushtiylikka, Tohariston va Sharqiy Turkistonda 
buddaviylikka e‘tiqod qiluvchilar ko‗pchilikni tashkil qilgan. Saharlarda nasroniylar 
va yahudiy jamoalari ham mavjud bo‘lgan. Moniylik dini va Mazdak ta‘limoti
yoyilgan.
Mazdak Hamadon (470-529) ta‘limotining yoyilishiga yerlarning jamoa 
ixtiyoridan tortib olinib, mulkdorlar qo‗lida to‗planishi sabab bo‗lgan. Mazdak 
zardushtiylik diniga asoslanib, barcha kishilar bu dunyo ne‘matlaridan barobar 
foydalanishlari lozim degan g‗oyani ilgari surgan. Shu bois mazdakchilar «
Z
» harfi 
bilan boshlanuvchi to‗rt narsa: 1. Zamin 
(er),
2. Zar 
(oltin),
3. Zo‗rlik 
(hokimiyat,
kuch), 4 Zan (
xotin)
- jamiyat a‘zolari o‗rtasida teng taqsimlanishi talabini 
qo‗yganlar. 
Mazdakiylik harakati kuchayib ketgach, Eron shohi Kubodshoh 429 yili eftaliylar 
yordamida bu harakatni bostirdi. Kubodshoh 429 yilda Mazdakni qatl ettirdi, uning 
tarafdorlariga qarshi ayovsiz kurash olib bordi. Xisrav 1 Anusharvon davrida 
mazdakiylar harakatiga butunlay chek qo‘yildi. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish