O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

Marifat va diniy 
bagrikenglik
‖rezalusiysi nomi bilan kirdi.Ozbekistonning bu taklifini BMT 
tashkilotiga a‘zo bolgan 193 ta davlat keng qollab quvvatladi. Bu esa
Ozbekistonning ca‘yi –harakatlariga berilgan yuksak e‘tirofdir. Ozbekistonning BMT 
doirasidagi faoliyati davom etmoqda 
Mustaqil O‗zbekiston 2001 yilning iyun oyida «Shanxay beshligi» deb yuritilgan 
xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan sammitida bu 
tashkilotning to‗la huquqli a‘zosi bo‗ldi. 1998 yili tashkil etilgan «Shanxay 
beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog‗iston, Qirg‗izston va Tojikiston Respublikalari 
a‘zodir. Shundan keyin «Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomi bilan yuritilib bosh 
maqsad har tomonlama hamkorlik o‗rnatishdan iborat bo‗lib, ayni bir vaqtda xalqaro 
terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda tashkilotning faoliyat markazida 


328 
turadigan bo‗ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) Bishkekdan 
Toshkentga ko‗chirildi. Tashkilotning aniq vazifalari tashqi ishlar, mudofaa 
vazirliklarining kengashlarida hal qilinadi.
2005-yilning 2-iyul kuni Qozog‗istonning Astana shahrida «Shanxay 
hamkorligi» tashkilotining o‗ninchi marta uchrashuvi o‗tdi. Sammitda doimiy a‘zo 
davlat rahbarlaridan tashqari Mo‗g‗uliston Respublikasining vakili kuzatuvchi 
sifatida qatnashdi. Kengash Hindiston, Pokiston va Eron davlatlarini tashkilotga 
kuzatuvchi sifatida qabul qildi va ularning vakillari sammitda ishtirok etdi. Astana 
uchrashuvi qatnashchilari «Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash konsepsiyasi»ni 
yakdillik bilan qabul qildi. O‗zaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish to‗g‗risida 
hujjatlarni imzoladi.
Mustaqil O‗zbekiston Respublikasi dunyo mamlakatlari bilan ko‗p tomonlama 
aloqalar o‗rnatish bilan bir vaqtda taraqqiy etgan davlatlar va qo‗shni mamlakatlar 
bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirdi
.
Bugungi kunda Shanxay xamkorlik 
tashkiloti bir qator obroli va nufuzli xalqaro tashkilotlar orasida uzining munosib 
orniga ega. 
2018 yil iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida ShHTning 18 sammiti bo‗lib 
o‗tdi. Sindaodagi sammitda davlatlar rahbarlari Xitoyning ShHTga raislik qilgan yil 
yakunlarini, kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar. Shuningdek, 
tashkilotning rivojlanish yo‗nalishlarini belgilab oldilar. Ushbu sammit ShHT 
faoliyatida yangi davrni boshlab berdi. Sindaodagi uchrashuv tashkilotga yangi 
a‘zolar-Hindiston va Pokiston qo‗shilganidan keyingi ilk Sammit. 
ShHT dunyodagi eng katta hududni va sayyora aholisining deyarli yarmisini
qamrab olgan, jahon YAIMning uchdan birini ishlab chiqaradigan eng yirik xalqaro 
tashkilotdir. 
ShHTga a‘zo mamlakatlarning umumiy aholisi-3,2 mliard kishi, ShXTga kirgan 
davlatlarning umumiy maydoni 34 million km
2
dan ziyod. Jahon yalpi ichki 
mahsulotining ¼ qismi ShHT hissasiga to‗g‗ri keladi. Sindaodagi Sammitda 12 
mamlakatdan davlat va hukumat boshiqlari , shuningdek 8 ta xalqaro tashkilot va 
muassasalar rahbarlari yig‗ildi. Sammitda ko‗p tomonlama aloqalarning barcha 
sohasini qamrab olgan 23 ta hujjat qabul qilindi. Sammitda ShXTga a‘zo davlatlar 
o‗rtasida uzoq muddatli yaxshi qo‗shnichilik, do‗stlik va hamkorlik to‗g‗risidagi 
shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‗yicha 2018-2022 yillarga mo‗ljallangan 
Harakatlar rejasi qabul qilindi. Qabul qilingan hujjatlar ichida terrorizm, separatizm 
va ekstremizmga qarshi kurashish bo‗yicha 2019-2021 yillarga mo‗ljallangan 
Hamkorlik dasturi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi, 
ShHTga a‘zo mamlakatlarning kelgusi besh yilga mo‗ljallangan narqotiklarga qarshi 
strategiyasi Narkotik vositalar va psixotron moddalarni suiste‘mol qilishning oldini 
olish bo‗yicha ShHT Konsepsiyasi o‗rin olgan. Shuningdek, ShHTga a‘zo davlat 
etakchilarining Yoshlarga qo‗shma murojaati hamda Davlat rahbarlarining savdo 
tartib –tamoyillarini soddalashtirish to‗g‗risidagi bayonoti qabul qilindi. Ana shu 
Sammitda Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 
direktorii Vladimr Norovni ShHT Bosh Kotibi lavozimiga tasdiqladilar
 
Keyingi yillarda Yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari uchun 
dini, urf-odatlari va an‘analari yaqin bo‗lgan Sharq mamlakatlari bilan o‗zaro 


329 
aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar o‗rtasidagi munosabatlarni 
kengaytirdi. Bu o‗rinda birinchi navbatda Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni aytib 
o‗tish o‗rinlidir. Shuningdek, O‗zbekiston 1992-yil 6 fevralda Turkiya, Pokiston, 
Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a‘zo bo‗lib kirdi va 1992 
yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog‗iston davlat va hukumat rahbarlari 
bilan imzolangan ―Trans-Osiyo‖ temir yo‗l aloqasini tiklash maqsadida Tajan-
Seraxs-Mashhad yo‗li qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok etdi. Bu O‗zbekiston 
uchun dengiz yo‗llariga, xalqaro transport tarmog‗iga, tovar va kapital xalqaro 
bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar 
madaniy va diniy tomondan ham uzviy bog‗liq bo‗ldi. Bu yo‗ldagi harakatlar 
natijasida savdo sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni o‗qitish imkoniyatlariga 
yo‗l ochdi.
O‗zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi bilan aloqalari kengayib, bu ikki 
davlat o‗rtasidagi o‗zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik 
tamoyiliga asoslandi. Xitoy Xalq Respublikasi O‗zbekiston mustaqilligini 
birinchilardan bo‗lib, 1991-yil 27-dekabrda tan oldi va 1992-yili 2-yanvarda 
diplomatik aloqalar o‗rnatdi. 1992-yilda ikki mamlakat o‗rtasida hamkorlik aloqalari 
o‗rnatilgandan keyin iqtisodiyot, savdo, fan va texnika, madaniyat va san‘at sohasida 
o‗zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanishi uchun ko‗pdan ko‗p imkoniyatlar 
vujudga keldi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining XXR ga qilgan bir necha bor 
davlat tashriflari xususan, 1992-yilning may oyida, 1994-yilning oktabrdagi, 1999-
yilning noyabr oyidagi maxsus tashriflari, XXR Davlat Kengashi rayisi Li Peninng 
1994-yil apreldagi, XXR hukumati raisining muovini Xu Szin Taoning 1995-il 
oktabrdagi XXR raisi Szyan Sze Minning 1996-yil iyunidagi Toshkentga qilgan 
maxsus tashriflari natijasida ikki mamlakat o‗rtasida siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy 
sohadagi hamkorliklar Kengashdan Xitoy investitsiyasi bilan ishlayotgan korxonalar, 
shu jumladan qo‗shimcha korxonalar ko‗payib bormoqda. Ikki davlat o‗rtasida 
tashrif, oliy ta‘lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Xususan, 1977-yili 
O‗zbekiston Jahon tillari Universitetida 1977 yili Xitoy tili bo‗limi ochilgan edi. 
2004-yili ikki davlat Toshkentda institut ochishga kelishgan edi. Bu 2005-yili 
Konfutsiy nomida Xitoy Instituti ochildi.Yurtimiz birinchi raxbari 
I.A.Karimov 
XXRga 2005-yilning iyun oyidagi tashrifi ikki davlat o‗rtasida munosabatlarning 
yangi, yuqori bosqichini ochdi. I.Karimov va XXR raisi Xu Szin Tao o‗rtasida 
O‗zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasida strategik sherikchilik to‗g‗risida bitim 
imzolandi. O‗zbekistonda energetika-yoqilg‗i sanoatini rivojlantirish, xalqaro 
terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash to‗g‗risida tuzilgan bitimlar alohida 
ahamiyat kasb etadi. I.A.Karimov aytib o‗tganidek, ―O‗zbekistonning milliy 
manfaatlariga mos keladigan ko‗p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish-
davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish 
va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‗oyat muhim vositasidir‖. 
O‗zbekiston rahbariyatining 1995-yil AQSh vitse-prezidenti Albert Gor bilan 
uchrashuvi davomida O‗zbekiston va AQSh o‗rtasida teng huquqli va o‗zaro 
manfaatli aloqalar rivojiga hamda MDHdagi xavfsizlikka daxldor masalalar hal etildi. 
Ayni paytda AQSh O‗zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni 
ta‘minlashdagi etakchilik rolini tan olib, respublikamiz bilan terrorizm, 


330 
narkobiznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik va I.Karimovning AQShga 
tashrifi chog‗ida muhokama etilgan boshqa masalalar sohasida teng huquqli 
hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini ma‘lum qildi. 
O‗zbekiston rahbarining 1996-iyun oyida yil AQShga qilgan etti kunlik tashrifi 
O‗zbekiston tashqi siyosatida o‗ziga xos o‗rin tutadi. Mazkur tashrif davomida 
O‗zbekiston va AQSh o‗rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy 
asoslarini kengaytirish, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlik masalalarida fikr 
yuritildi.
O‗zbekistonning AQSh bilan munosabatlari yildan yilga mustahkamlanmoqda. 
Mustaqillik yillarida yurtimizga Vashingtondan bir qancha davlat va jamoat 
rahbarlari, harbiy mutaxassislar, chunonchi 16 nafar senator va 8 nafar kongressmen 
kelib ketdi. 
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2002-yil 11-14 mart 
kunlari rasmiy tashrif bilan Amerika Qo‗shma Shtatlarida bo‗ldi. Tashrif kunlari 
Yurtboshimiz AQSh Prezidenti Jorj Bush va bir qancha davlat rahbarlari bilan 
uchrashdi.
Jorj Bush O‗zbekiston qat‘iyat bilan aksilterror koalisiyasini qo‗llab-
quvvatlaganini AQSh hukumati va xalqi unutmasligini, bu minnatdorlik va ehtirom 
kelgusida juda ko‗p bor namoyon bo‗lishini ta‘kidladi. U Islom Karimovni, bundan 
buyon AQSh strategik sherik sifatida doim O‗zbekiston bilan birdam bo‗lishiga 
ishontirdi. 
Vashingtonda AQSh hukumati 2002-yilga O‗zbekistonga yordam tariqasida 160 
mln. dollar ajratishini ma‘lum qildi. O‗zbekiston qurolli kuchlari islohotga 
ko‗maklashish uchun 43 mln. dollar ajratilish ma‘lum qilindi.
O‘zbekiston va AQShdagi Prezident saylovlaridan keyin mamlakatlarimiz 
munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. 2018 yilda O‘zbekiston va Amerika 
Qo‘shma Shtatlari strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi nomli Qo‗shma 
bayonot qabul qilindi. Bu oliymaqom hujjat ikki davlat raxbari yakdil va qat‘iy 
irodasining ifodasi bo‗ldi. Bugun xalqaro munosabatlarning mutlaqo yangi tengilk 
o‗zaro hurmatga asoslangan formati amalda.Prezidentimiz Shavkat Mirzieyovning 
Amerika Qo‗shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 
15- 17 may kunlari rasmiy tashrif bilan AQSh davlatida bo‗lishi buning yaqqol 
misolidir. Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun 
voqeligi isbotlab turibdi. O‗zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur 
yondashishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy 
sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni 
jalb etishda O‗zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
-Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; 
-O‗zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni 
ta‘minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va 
muassasalar tuzish; 
-Ilg‗or texnologiyaning kirib kelishiga, xo‗jalik tarkibini zamonaviylashiga 
ko‗maklashadigan, xorijiy sarmoyalarga nisbatan ―ochiq eshiklar‖ siyosatini 
o‗tkazish;


331 
-Respublika mustaqilligini ta‘minlaydigan o‗ta muhim sohalarni ishlab chiqarish 
vositalar bilan ta‘minlash hamda raqobat - bardosh mahsulot ishlab chiqarishga 
qaratish; 
O‗zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni 
erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta‘minlovchi qonunlarning ahamiyati katta bo‗ldi. 


Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish