Etika va estetika


Elektron manbalar va Internet ma’lumotlari



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Elektron manbalar va Internet ma’lumotlari: 
1.
Etiket ot A do YA. www. etiksite. ru. 11. KB. 
2.
Pravila etiketa. www. etiksite. org. 3 KB. 
 
TURMUSH ETIKETI 
Oila 
Oila — tarixan tarkib topgan o‘ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo‘lib, 
uning a’zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o‘zaro 
huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog‘langandir. Oila nikoh 
zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning 
jamiyat tomonidan tan olingan, ma’qullangan ifodasi hisoblanadi. 
“Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy 
mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga 
oladi”.
1
Oila
 
– muqaddas urf odatlarimizni saqlaydigan tarbiya o‘chog‘idir. 
Yoshlarning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti–harakatlari, xulq–atvorlari, dastlab, 
oilaviy munosabat madaniyatida ifodalanadi. Oilaviy munosabat madaniyati 
nima? Bu – oilada insonga xos va mos sharoitlarni yaratish, oilaning vazifalarini 
to‘la bajarish, oilaviy turmush tarzini to‘g‘ri shakllantirish, oila a’zolarining xulq – 
odobi, dunyoqarashi, mafkurasini, oilaviy hayotning davomiyligini ta’minlashdir.
Mustahkam oila mustahkam jamiyatning asosidir. Shunday ekan jamiyat oilalarni
mustahkamlash, oilaviy munosabatlar madaniyatini takomillashtirishga alohida 
e’tibor berib kelmoqda. 
Oila jamiyat va davlat bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va ular bilan bir vaqtda 
rivojlanib boradi. Oila nafaqat axloqi, balki demografik, iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy va boshqa muhim funksiyalarni bajaradi. Shuning uchun jamiyat va 
davlat oilaning farovon bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi.
Oila a’zolari bir-birlari bilan umumiy turmush, o‘zaro iqtisodiy mulkiy, 
huquqiy, axloqiy, ruhiy a’loqalar bilan bog‘lanadi. Oilaning birinchi vazifasi o‘z 
nasl – nasabini davom ettirishdan, tarbiyali farzandlarni o‘stirishdan, oila 
a’zolarining tirikchiligini, bo‘sh vaqtini ko‘ngilli o‘tkazishni ta’minlashdan 
iboratdir. 
1
Абдулла Шер. Ахлоқшунослик.– Тошкет.: Ўзбекистон миллий файласуфлари жамияти. 2010. 293-б. 


105 
Nikoh – erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo‘lib, u 
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladi va oila tuzish 
maqsadiga xizmat qiladi.
Oila 
nikohdan 
boshlanadi. 
Nikoh 
rasmiy, 
qonunlar 
asosida 
o‘tkazilgandagina haqiqiy hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
birinchi moddasida nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida 
tuzilishi lozimligi ko‘rsatilgan. 
Nikohdan o‘tivchilar FHDYOga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, 
shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. 
Uzrli sabablarga ko‘ra, FHDYO bir oy sinov muddati o‘tgunga qadar 
nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. 
Balog‘atga yetmaganlarning nikohga kirishining oldini olish, ularning 
sog‘ligini himoya qilish maqsadida hamda oilani qurish uchun ma’lum hayotiy 
tajriba, jismoniy va ma’naviy yetuklik talab qilinishini e’tiborga olgan holda, 
qonunda nikoh yoshi erkaklar uchun o‘n sakkiz yosh, ayollar uchun o‘n etti yosh 
etib belgilangan. 
Uzrli sabablar bo‘lgan, alohida hollarda nikoh yoshi erkak va ayollarga bir 
yoshga kamaytilishi mumkin. Bu sabablarga, masalan: nikohga kiruvchi ayol 
homilador bo‘lib qolishi, bir taraf og‘ir kasal bo‘lgan yoki harakatdagi armiyaga 
ketayotgani va boshqa shunga o‘xshash holatlar kiradi. Bunda nikoh davlat 
ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan 
bir yilga kamaytirishi mumkin. 
Nikoh nikohga kiruvchilarning ixtiyoriyligi, erkin roziligi asosida tuziladi. 
Nikohni tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga 
ega bo‘lishi kerak. Agar shaxs o‘z xatti-harakatlari oqibatini tushunmaydigan 
holda (qattiq mastlik, ruhiy holatining vaqtincha buzilishi) yoki aldov oqibatda 
nikohdan o‘tgan bo‘lsa, bunday nikoh qonunda belgilangan tartibda haqiqiy emas 
deb topiladi. 
Nikoh tuzishga majbur qilish qonun bilan taqiqlanadi. Ayolni o‘z erkiga 
xilof ravishda erga tegishga majbur qilish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat 
Kodeksining 136-moddasiga ko‘ra jazolanadi. 
Nikoh tuzish haqidagi arizani berishda shaxsni aniqlovchi hujjatlar: 
pasport, 
harbiy 
bilet, 
ofitser, 
praporshikning 
shaxsiy 
guvohnomasi, 
nikohlanuvchilarning biri ilgari nikohda bo‘lgan bo‘lsa, nikohdan ajralganlikni 
tasdiqlovchi hujjat (guvohnoma yoki sud qarori), nikohni haqiqiy emas deb 
topilganligi to‘g‘risidagi sud qarori, er-xotindan birining o‘limi to‘g‘risidagi 
guvohnoma ko‘rsatilishi kerak. 
Nikoh nikohlanuvchilarning xohishiga ko‘ra tantanali ravishda qayd 
etilishi mumkin. 
Bu – oila tuzilishi va yaratilishining huquqiy jihatlari. Axloq nazariyasi 
nuqtai nazaridan oilaning asosi bo‘lmish nikoh – ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, 
zimmasiga zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, sevishning 
ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Sevgi-muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo‘lishi 
hisobga olinadigan bo‘lsa, nikohni ma’lum ma’noda, an’analar, urf-odatlar va 


106 
e’tiqodlarga moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin.
1
O‘zbek 
oilasining dunyodagi boshqa oilalarga o‘xshash tomoni ko‘p, shu bilan birga, 
o‘ziga xos jihatlari bor. Xalqimizning: "Nikoh, eng avvalo Arshi a’loda o‘qiladi, 
keyin esa yerda" degan naqli behuda aytilmagan. Ota-bobolarimizning azaliy 
tushunchalari bo‘yicha nikoh ilohiy ahd, oila muqaddasdir. “Xotinlaringiz 
ziroatgohingizdir”, deyiladi Qur’oni Karimning Baqara surasi 223-oyatida. Oila 
qurishdan asosiy maqsad farzand ko‘rishdir. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish