Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

 
Sayohat vaqtida 

Poyezd vagoni, samolyot saloni, uzoq yo‘lga chiqqan avtobus yoki 
okean laynerida sayohat qilishimizdan qat’i nazar, har qanday joyda 
bo‘lganidek, o‘zimizni atrofdagilarga nisbatan bosiqlik va xayrixohlik 
ruhida tutishimiz kerak. 

Kupe yoki paroxod kayutasiga kirar ekanmiz, avvalo, bizdan avval 
joylashib bo‘lgan yo‘ldosh bilan ko‘rishib olish ilk tasavvurni yaxshilaydi. 
Agar siz o‘z narsalaringizni allaqachon band etilgan javonga 
joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, avval shu javon egasidan ruxsat so‘rash 
lozim. Va, albatta, ruxsat olgandan so‘ng, minnatdorchilik bildirish joiz. 

Agar qorningiz och bo‘lsa va baxtingizga o‘zingiz bilan yegulik olgan 
bo‘lsangiz tamaddi qilishdan istihola qilmang. Biroq buni saranjomlik 
bilan bajarish kerak. Tamaddi qilib bo‘lgach, stolni tartibga keltirib 
qo‘yish asosiy talablardan biridir. 

Tabiiyki, bir necha soat davomida yonma-yon siz uchun notanish 
bo‘lgan odamlar bilan birga bo‘lish oson emas, ba’zida bitta kupeda 
ketayotgan yo‘lovchilarning fe’l-atvorlari o‘ta turli tabiatga ega, 
deyarli biri-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo har qanday holatda, 
hamxonaning nimasidir yoqmagan taqdirda ham, unga buni 
bildirmagan ma’qul. U bilan bo‘lgan munosabatda vazmin, sabr-
toqatli va xayrihoh bo‘lish sayohatning yaxshi o‘tishini ta’minlaydi. 

Sherigingiz ovqatlanayotgan paytda o‘zingizga yotish uchun o‘rin 
solmang. 

Kiyim almashtirish uchun, sheriklardan odob bilan chiqib turishni 
iltimos qilish mumkin.

Haddan tashqari ochiqchasiga suhbatlashishga yoki kuchli bahsga 
o‘tib ketishga shoshilmagan ma’qul. Begonalar oldida yuragingizni 
to‘kib-sochish sizni yoki ularni noqulay axvolga solib qo‘yishi 
mumkin. 

Yo‘ldoshlarga ortiqcha savollar, ayniqsa. nozik aloqalarga bog‘liq 
savollar berishga harakat qilmaslik kerak. 

Ularning xatti-harakatlaridagi yoqimsiz holatlarga norozilik bildirish 
vaziyatni chigallashtiradi. 

Ota-onalari oldida bolalarga tanbeh berib, aql o‘rgatilmaydi. 

Mast qiluvchi ichimliklar Poyezd va samolyotlarda ichilmaydi. 
Kupedagi mast yo‘lovchi – o‘ta tubanlikdir. Ayniqsa, oyog‘ida tura 
olmasa. Sigaret hidi ba’zi yo‘lovchilarda allergiya, hatto astmani 
qo‘zg‘atishi mumkin. 

Har qanday suhbatni bahsga aylantirishga intilib, shovqin qilmaslik 
joiz. Suhbatda odobsiz va qo‘pol so‘zlarni ishlatish yaramaydi. 
Bunday holdagi iboralar atrofdagilarda jirkanishni paydo qiladi.


100 

Yo‘lda ekansiz, hamon jamoatda odamlar bilan birga ekanligingizni 
yodda tuting. Va qay darajada ular har xil bo‘lmasin, agar haqiqatan 
ham tarbiyali odam bo‘lsangiz, ularga nisbatan ochiq hurmat bilan 
munosabatda bo‘lishga harakat qilishga intilish lozim.
 
Ko‘chada 
Ko‘chada o‘zini tutishning eng asosiy qoidasi – bu atrofdagilarning o‘zini 
noqulay va noxush sezishiga sabab bo‘lmaslikdir. Bizning mamlakatda 
yo‘lovchilar harakati o‘ng tomonlamadir, demak, o‘ng tarafda yurishga harakat 
qilish 
kerak. 
Trotuar 
bo‘yicha 
harakatlanishga 
qarama-qarshi 
holda 
harakatlanmagan ma’qul. Narsalarni ro‘parada kelayotgan odamga nisbatan halaqit 
bermaslik uchun o‘ng qo‘lga olib, o‘ng tarafdan yurish joiz (garchi ayol kishi bilan 
ketilayotgan bo‘lsa ham).
Yurayotganda odamlarni turtmaslikka harakat qilish lozim. Agar 
shoshayotgan bo‘lsangiz va oldingizda ketayotgan odamning yonidan o‘tib 
ketmoqchi bo‘lsangiz, uni chap tomonidan o‘tishga harakat qilish lozim (bu paytda 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish