40
Yilning issiq kunlari uchun mo‘ljallangan yengil chitdan yoki sun’iy ipdan
tikilgan kostyumlar erkaklarning kiyimlar javonida doimiy avtributga aylandi.
Bunday turdagi kostyumlar matosining rangi bir xil yoki turli tusdagi rasmlari
bilan och va to‘q tuslarda bo‘lishi mumkin – bu sizda mavjud bo‘lgan ko‘ylaklarga
va unga mos tarzda uyg‘unlikni vujudga keltiradigan oyoq kiyimlarga bog‘liq.
Shim xarid qilayotgan vaqtda uning sizning kostyumingiz, ustki kiyimlaringiz va
ko‘ylaklaringizga qanchalik mos kelishini nazardan chetda qoldirmaslik joiz.
Vilvet shimga qalin yoki sherst ko‘ylaklar mos keladi (agar uning egasi to‘laroq
bo‘lmasa).
Ammo orastalik birinchi o‘rinda – har qanday zo‘r bashang ko‘rinishni
cho‘ntakdan chiqqan kir ro‘molcha bir pul qiladi. Sochlar doimo toza bo‘lishi va
tiniq ko‘rinish lozim. Erkaklar kunda soqolini olib turishi, kerak bo‘lsa, kechqurun
mehmonga borish uchun to‘q kostyum kiygan bo‘lsa ham, ikki martadan soqol
olishga to‘g‘ri keladi. Eng ahamiyatlisi, kiyim nafaqat ozoda bo‘lishi, balki tikilgan
dazmollangan bo‘lishi ham shart. Oyoq kiyimlarni hatto yomg‘ir kunlari ham
tozalab chiqish kerak, zero ular gohida egasining holatini oshkor etib turadi.
Zamonaviylik unga asosiy xususiyatlarda individual tarzda moslashuvni
taqozo etadi. Aslida, hech qanday moda xunuk yoki chiroyli bo‘lmaydi, u doimiy
mezonga ega emas. Kecha qabul qilinmagan narsa, bugun tabiiy ko‘rinishi
mumkin. Tabiatning shu xususiyati tufayli biz ba’zida ko‘rinishimizni yangilab
turish imkoniyatiga egamiz. Yangi chiqqan zamonaviy liboslarga moslashish
odatda sal qiyinroq kechadi. Deyarli hamma vaqt ko‘pchilikni hayratga soladi.
Tajribadan shuni bilamizki, bir yildan so‘ng yangi chiqqan rusm bizga o‘z hukmini
o‘tkazadi, keyin esa xuddi shu uslubga moslashib olgandan so‘ng, undan voz
kechishdan bosh tortamiz. Zamonaviy narsalar, odatda, ayollar uchun uch yil,
erkaklar uchun besh yil xizmat qiladi. Eski modani “ushlab” turishga intilib,
yangisi bilan kurashishni to‘xtatgan ma’qul.
Zamonaviy narsani sotib olib, uni “ayash uchun” kamdan-kam ishlatib,
shkafga qo‘yib qo‘ygan odam qattiq adashadi. Ba’zida bunday narsalarni eski
sarqit sifatida olib tashlashga to‘g‘ri kelib qoladi.
Rusm (moda) me’yor hisini, davr talabi, did va yoshga e’tiborni talab
qiladi. Shunday odamlar borki, ular tezda zamonaviylikning ba’zi unsurlarini ilib
oladi, boshqalarga esa
Do'stlaringiz bilan baham: