Etika va estetika


Jamoat joylarida o‘zini tutish me’yorlari



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Jamoat joylarida o‘zini tutish me’yorlari. 
Jamoat joylarida o‘zini tuta 
bilish etiketi har bir kishi uchun ham, jamoat uchun ham muhimdir. Inson jamiyat 


50 
oldidagi axloqiy burchini bir lahza ham unutmasligi va shunga munosib xatti-
harakat qilishga intilishi kerak. Har bir inson jamoat joylarida bo‘lganida, avvalo, 
o‘zini inson ekanligini, atrofida o‘ziga o‘xshaganlar borligini unutmasligi zarur. 
“Assolomu 
aleykum”, 
“Kechirasiz”, 
“Uzr”, 
“Mumkinmi?”, 
“Aytib 
yuborolmaysizmi?”, “Holajon”, “Amakijon”, “Opoqijon”, “Otaxon”, “Onajon”, 
“Akajon”, “Singlim”, “Do‘stim”, “Og‘ayni”, “Birodar” 
kabi so‘zlarni ishlatishga 
o‘rganish kerak. Hayotimizning ko‘p qismini bizga notanish bo‘lgan odamlar bilan 
birga o‘tkazamiz: ko‘cha-kuy, transport, turli xil jamoat joylarida o‘tkazamiz. 
Nafaqat o‘zimizning kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham 
jamoatda o‘zimizni qanday tutishimizga bog‘liqdir. 
Shunga
ko‘ra
jamoat joylarida 
o‘zini tutishning me’yorlari mavjud.
Uydan ko‘chaga chiqayotganda kerakli bo‘lgan narsalarni: hujjatlar, 
dastro‘molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur bo‘lgan mayda-chuyda 
narsalarni o‘zingiz bilan olganingizga ishonch hosil qilib olish lozim. Kiyim bosh, 
oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq o‘zingizga razm solib, so‘ng 
tashqariga chiqqan ma’qul.
Hech qachon muzqaymoq bilan jamoat transportlarida: avtobus, trolleybus 
yoki metroga kirib bo‘lmaydi. Musiqani baland qilib quloqqa taqib eshitib 
ketayapman deb o‘ylash ham befarosatlik yoinki atayinlab qilingan hurmatsizlikka 
kiradi. Undan ko‘ra baland hammaga eshittirib qo‘ygan ma’qul, chunki quloqqa 
biriktirilgan moslamadan chiqayotgan tovush asabni «arralaydi». Juda zarurat 
tug‘ilsa bunday moslamaning “vakuumligi” yoki sifatlirog‘ini xarid qilish lozim. 
Jamoat transportida haddan ziyod o‘zini nozikta’bligi bilan yo‘lovchilarning 
asabiga tegadigan kishilar “Bo‘lmasa, taksida yuring!” degan xitobga uchrab 
qolishlari mumkin. 
Ko‘chada kimga uchrashuv tayinlashingizdan va yoshidan qat’i nazar (xoh 
u ayol yoki erkak kishi bo‘lsin) kechikmaslik lozim. Aks holda sizni kutayotgan 
odam ko‘chada qolgandan o‘tib ketayotgan odamlardan o‘zini noqulay his qilishi 
mumkin. Shuning uchun ham, uchrashuv joyi odmi, yo‘lovchilarga halaqit 
qilmaydigan va diqqat jalb etmaydigan bo‘lishi lozim.
Batartiblik jamoatda o‘zini tutish etiketining asosiy qoidasidir: konfet 
qog‘ozlari, sigaret qoldiqlar va boshqa narsalarni yo‘lma-yo‘lakay tashlab yurish 
tabiatingizni “sotib” qo‘yishi mumkin. Haddan ziyod baland ovoz bilan odamlar 
diqqatini jalb etish, yo‘lovchilarning tashqi ko‘rinishi borasida tanbehlar berishdan 
tiyilgan ma’qul. Ayniqsa, bolalar oldida o‘zini madaniyatliroq tutish lozim – har 
qanday katta yoshdagi odam o‘zi istar-istamas yonida turgan bolalarga ta’sir qila 
olish xususiyatiga ega. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish