Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

“maxsus moslashuv jarayoni”
kerak. Bunda o‘zgaruvchan 
davrda tezda moslashib olganlar ularning asabiga tega boshlaydi. Bundaylarga 
biroz sabrli bo‘lishni maslahat beramiz. A.Navoiyning “Mahbubul qulub” asarida
 
“O‘ziga bino qo‘ygan odam – aqlsizdir, o‘ziga zeb bergan – beor , satangdir
...” 
1
deydi. 
Zamonaviy kiyinish bilan bizning g‘ashimizga tekkan odam o‘rnakka 
arziydagan oila a’zosi va yaxshi odam bo‘lib chiqishi mumkin. Biz ham vaqti 
kelib, shunday kiyinishimiz mumkin. 
Bashang zamonaviy qiyofa ko‘r-ko‘rona, modaning qulini qabul qilmaydi. 
Har qanday fasondagi ko‘ylak ham odamga yarashavermasligi mumkin. Ammo 
1
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами –Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 
2011. – 428 б. 


41 
zamonaviylikning doirasi kengdir. Yoshi kattalar, yoshlar, to‘la odamlar, ozg‘in, 
bo‘yi pastlar va balandlar uchun fasonlar mavjud. Bashang va zamonaviy kiyinish 
san’ati zamonaviylikning asosiy talablarini o‘ziga qo‘llay olish va ko‘proq mos 
keladiganlarini tanlab olishdan iboratdir. 
Ammo bir narsani inobatga olish zarur. Bu – moliyaviy imkoniyatni 
hisobga olish. To‘g‘ri hozirda hatto do‘konlarda ham sotuvchilar kiyimimizga 
qarab xizmat ko‘rsatadi. Ammo kiyimni to‘g‘ri tanlash va kiyish bu muammoni hal 
qiladi. Estetik did bilan tanlangan u yoki bu libos nafaqat rusmga mos bo‘lishi, 
balki yangi rusmni vujudga keltirishi ham mumkin. Sizni yuqori darajadagi 
didingiz odamlarga yoqqani sababli, ularni siz kabi kiyinishga undashi mumkin. 
Kiyimingiz zamonaviymi yo‘qmi, bu faqat sizning didingiz darajasini ko‘rsatishini 
unutmaslik lozim. Buyuk olmon faylasufi Imannuel Kant qiynalgan vaqtlarida: 
“Men buyumlarni o‘zimga bo‘ysundirdim, o‘zimni ularga emas” deb e’tirof etadi
1

Deyarli hamma erga ustki kiyim lozim. O‘zga tabiiy matodan qilingan 
kostyum yaxshi. O‘z yaqinlaringiz qabulida bo‘lganingizda ustki kiyimingizni 
yechishni so‘rab, olib qo‘yishingiz mumkin, boshqa paytlarda uy egasining 
taklifini kutmoq afzal. 
Kostyumga bo‘yinbog‘ zarur. U faqat rangli va sport ko‘ylaklariga 
nisbatan zaruriyat tug‘dirmaydi. 
Rasmiy holatlarda ustki kiyimning tugmalari qadalgan bo‘ladi.
Bunday 
holatlarda siz tanishlaringiz xonadoniga, restoranlarga (ayniqsa, ayollar oldida), 
majlislar xonasiga, teatrga kirishinigiz mumkin. Bundan tashqari, tugmalarni 
prezidium stolida o‘tirganigizda va doklad bilan chiqish qilganingizda qadalgan 
bo’lishi lozim. Raqsga tushganingizda ham xuddi shunday holatda ushlab turish 
maqsadga muvofiq. 
Qadalmagan tugmalar bilan siz o‘rindiqda teatr tomosha qilayotgan yoki 
kechki ovqat dasturxoni oldida o‘tirishingiz mumkin.
Ustki kiyimning eng quyi 
qismidagi tugma hech qachon qadalmaydi. Dissertatsiya himoyasi uchun nomzod 
to‘q kostyum kiyishi lozim. Uyda xalat va pijama faqatgina ertalab yoki kechqurun 
vannaga kirish uchun kiyiladi. Boshqa paytlarda to‘liq, batartib va qulay kiyinish 
lozim.
Uyda
odatga ko‘ra erkaklar trikotaj matodan bo‘lgan sport kiyimlari yoki 
jinsi kiyadilar. Agar uyda bo‘ylab yurgan erkakning kiyimi biroz
eskiroq, 
shimidagi naqshlar rangdor va ajoyib bo‘lsa, buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Hatto 
yaxshi ko‘rinadi. Asosiysi, eskirgan bo‘lsa, ham, ularni vaqtida yuvishga tashlab, 
tugmalarini mustahkam va dazmollangan holda tutish lozim. 
Agar mehmon sizni pijamada ko‘rsa, ustingizga xalat tashlab olgan 
ma’qul. Xuddi shu narsaga o‘zgalarning uyi yoki dam olish maskanida 
yashaganingizda qiling. Erkaklar kabi ayollarning ham shippaklari toza va 
pachoqlanmagan bo‘lishi lozim. 
Taklif qilingan mehmonlar hech qachon shippakda kutib olinmaydi, garchi 
uy egasi har safar yangi libosda chiqishi shart bo‘lmasa ham. Ayniqsa, mehmon 
oddiy ko‘ylakda kelgan bo‘lsa. 
1
Гулыга А. Кант. Молод г-я.-М; 1981. Стр.68. 


42 
Erkaklar uchun ko‘ngilochar kechalar uchun mo‘ljallangan ayollardagi 
kabi bunday darajada ta’sirchan kostyumni hali moda o‘ylab topmagan. Ammo 
nima qilsa ham mayda katakli ko‘ylak yoki to‘qilgan sviter bilan birga jinsi shim 
to‘g‘ri kelmaydi. Bunday kiyim faqat kundalik kiyinishga mos. Mehmonlar qabuli 
uchun och tusdagi shim va ko‘ylak kiyib olgan ma’qul. U haddan tashqari ola-bula 
yoki odmi bo‘lgani ma’qul. To‘q rangdagi ko‘ylak haddan tashqari oddiy 
ko‘rinadi. Och rangdagi ko‘ylak ozodalik va yangilik kabi yoqimli hislarni 
uyg‘otadi.
Kiyim tanlash etiketi talablarida dam olish maskanlari va dala hovlililarda 
o‘tkaziladigan mehnat ta’tili, qishki yoki yozgi ta’tilda kiyiladigan kiyimlarni 
kiyishda katta erkinlik beriladi. Bunda uydagi iliqlik hamda shinamlik hissini 
uyg‘otadigan to‘qilgan, yumshoq, issiq va momiq kiyimlar kiyish mumkin. 
So‘nggi yilning so‘nggi kunidagi yuqori kayfiyat sizning kiyimingizda aks 
etadi. Yangi yilni siz yaqin do‘stlaringiz bilan nishonlaysizmi, yoki ularning 
uylarida, restoranda yo kafeda – yangi yil ziynatlari kundalik pardozlardan o‘zini 
yorqinligi bilan ajralib turishi lozim. Yangi yil kechasining o‘zgacha tarovatini 
faqatgina shu kun uchun mo‘ljallangan libosingizga yana yorqinlik ato eta oladigan 
ajabtovur ziynatlar va detallar bilan bezatish evaziga yanada kuchaytirishingiz 
mumkin. 
Kiyimning o‘zi shunchaki chiroyli bo‘la olmaydi. Uning nafosati qayerga 
– ishxonagami, uyga, bayramga, shahardan tashqariga sayr uchun mo‘ljallanganiga 
bog‘liq. Bashang kiyim faqat qaddi-qomati kelishgan, yaxshi fazilatlarga va 
chiroyli nutqqa ega odam bilan 
“chiqishadi”. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish