168
Iqtisodiyot:
tahlillar va prognozlar
va yirik korxonalar ularni toʼlamaydilar va kichik
firmalarga aylanmadan soliq va QQS dan birini tanlash
imkoniyati yarartildi);
- koʼplab soliq imtiyozlari berildi, barcha xoʼjalik
yurituvchi sube’ktlar uchun soliq shartlarini tenglashtirildi
va bu borada ishlarni yanada takomillashtirish bo’yicha
qo’shimcha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, litsenziyalash
va ruxsatnoma berish
tartib-taomillarini kamaytirish orqali ishbilarmonlik
muhitini yanada yaxshilash boʼyicha keng koʼlamli
ishlar olib borildi. Natijada 37ta litsenziya va 10ta
ruxsatnoma bekor qilindi, jumladan, 16 ta litsenziya
va 11 ta ruxsatnoma birlashtirilish yo'li
bilan bekor
qilindi, 10 ta litsenziya va 14 ta ruxsatnomalar
xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo'li bilan bekor
qilindi. Bundan tashqari, 14 turdagi litsenziya
va ruxsatnomalarni
rasmiylashtirish muddatlari
qariyb 2 baravarga qisqartiriladi; 115 ta litsenziya
va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish
tartib-taomillari yanada soddalashtirish uchun ishlar
olib borilmoqda. Ushbu
sohada amalga oshirilgan
muhim islohotlardan biri bu "Litsenziya" elektron
litsenziyalash portalining yaratilgani va muvofaqiyatli
ishga tushirilishi hisoblanadi, bu bugungi kunda
litsenziyalar va ruxsatnomalarni elektron shaklda
ro'yxatdan o'tkazishni avtomatlashtirish uchun yagona
kirish nuqtasi bo'lib, unda to'liq ma'lumot taqdim etish
imkoniyatini beradi [16].
Shuningdek,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son
farmoni asosida Ilm-fan
va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yilida mamlakatning xalqaro reytinglar
va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha
ishlar davom ettirildi, bu esa o'z navbatida biznes
uchun qulay muhitni ta'minlash bilan bog'liq. Xususan,
Хalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash boʼyicha
respublika Kengashi tashkil etildi, bu xalqaro reytinglar
va indekslarda Oʼzbekistonning o’z o’rnini yaxshilash
uchun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-
huquqiy sohalarini rivojlanish darajasini tizimli tahlil
qilish, davlat va jamiyat
hayotining turli sohalarini
tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni toʼliq baholaydi [17].
Buning misolda Jahon banki va Xalqaro Moliya
korporatsiyasining «Biznes yuritish» (Doing
Business 2020) yillik reytingida Oʼzbekiston 2019
yil yakunlari boʼyicha 100 baldan 69,9 ball toʼplab,
190 mamlakat orasida 69-oʼrinni egalladi va o’tgan
davrning (2018 yil) ko’rsatkichiga nisbatan 7
pogʼona yuqoriga koʼtarilib, ishbilarmonlik muhitini
yaxshilashda eng yuqori koʼrsatkichga erishgan
20 mamlakat qatoriga kirdi buni yaqqol dalili
hisoblanadi (3-rasm) [18].
Do'stlaringiz bilan baham: