УЎК: 330.3
Bunyod KARIMOV,
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
katta ilmiy xodimi,
E-mail:
b.karimov@ifmr.uz
165
№ 2 (13)
Апрель-июнь, 2021 йил
1-rasm. Respublikamizda 2015-2020 yillar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
YaIMda ulushi %da.
Manba:
muallif tomonidan Davlat statistika qo’mitasi hisoboti asosida tuzilgan.
Shuningdek 2020 yilda 96,7 mingtadan ortiq
kichik korxona va mikro firmalar (fermer va dehqon
xo’jaligidan tashqari) tashkil qilindi, bu 2015 yil
ko’rsatkichiga nisbatan 3,5 barobar ko’p demakdir.
2015-2020 yillarni taqqoslaganda yangi tashkil etilgan
kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat
turlari bo’yicha ulushi sanoatda +13 753ta, qurilishda
+5 741ta, savdoda +30 088ta, yashash va ovqatlanish
bo’yicha xizmatlarda +4 976ta, sog’liqni saqlash va
ijtimoiy xizmatlarda +975ta, qishloq, o’rmon va baliq
xo’jaligida +5 234ta, axborot va xizmatlarda esa +
692taga ko’payganini ko’rishimiz mumkin (2-rasm)
[4]. Keltirilgan ma’lumotlar bir tomondan barcha
sohalarda raqobat muhitini rivojlanayatganligidan
darak bersada (zero raqobat bor joyda o’sish bo’ladi
talab va taklif oshadi) ikkinchi tomondan bunday
islohotlarni hukumat rahbari oldindan ko’rib, uzoqni
ko’zlab, maqsadlarga erishishda tizimli yondashuv va
aniq-ravshan siyosat olib borilishining natijasidir.
O'zbekistonda kichik biznes sohasidagi asosiy
o'zgarishlar qatorida 2017 yil may oyida Prezidentning
farmoni bilan “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari
va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha
vakil” ta'sis etilganligini ta'kidlash lozim. Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning
faoliyatiga davlat organlarining asossiz aralashuvining
oldini olish, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy
mexanizmlarini yanada mustahkamlab berildi [5].
Buning isboti, qisqa muddat ichida Tadbirkorlik
sub'ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Vakilning (Biznes ombudsman)
faoliyati davomida 3 718 dan ortiq murojaat kelib
tushgan bo'lib, shundan bugungi kungacha 96 foizdan
ortig'i ko'rib chiqilib, ijobiy hal etilganligidir [6].
Shu bilan birga, Kichik biznesni rivojlantirishdagi
yana bir muhim o’zgarishlardan - bu O'zbekiston
Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag’illikni
qisqartirish
vazirligi
huzurida Tadbirkorlikni
rivojlantirish agentligining tashkil etilishidir [7].
Agentlik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash, aholining keng tabaqalarini tadbirkorlik
bilan shug‘ullanishga jalb etish, boshlang‘ich kapital
manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash
tizimini kengaytirish va uning samaradorligini oshirish
sohasida hamda aholining tadbirkorlik faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash borasida keltirilgan mexanizmlar,
xususan, ularni o‘qitish, mikrokredit ajratish bo‘yicha
ishlarni muvofiqlashtirish borasida vakolatli davlat
organi sifatida belgilab berildi [8].
Shuningdek,
O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi "Biznesning
qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya
166
Iqtisodiyot:
tahlillar va prognozlar
Do'stlaringiz bilan baham: |