8
Iqtisodiyot:
tahlillar va prognozlar
ularning birgalikdagi faoliyatini yagona klaster
shaklida
tashkil etish;
- ishlab chiqarish rivojlangan hududlarda oliy o'quv
yurtlarining ishchi aloqalarini yo'lga qo'yish;
- ta'lim yo'nalishiga muvofiq ishlab chiqarish
korxonalari va o'quv mashg'ulotlari bilan o'rindoshlik
asosida tashkil etilgan tashkilotlarda talabalarning
mehnat faoliyati va boshqalar.
Shuningdek, mazkur Konsepsiyaning 3-bob,
5-bandining oxirida ish beruvchilar o'rtasida har yili
milliy so'rovnomani respublika miqyosida o'tkazish
zarurligi, bitiruvchilarning real ishlab chiqarish
talablariga muvofiqligini aniqlashtirish, kadrlar
tayyorlashda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aniqlash
va bartaraf etish, natijalari
Forsayt-texnologiyalar,
hisoblash matematikasining statistik yoki empirik
usullaridan foydalangan holda o'rganish va tahlil qilish
taklif etiladi. Global jarayonlarga har tomonlama
integratsiya qilish maqsadida axborot texnologiyalari
va raqamli tijoratni rivojlantirish, tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarishning jahon kooperatsiyasi, moliyaviy
bitimlarni jadallashtirish va arzonlashtirish, logistika
xarajatlarini kamaytirish zarur.
Bularning barchasi
O'zbekiston Respublikasini jahon bozorining to'laqonli
ishtirokchisi bo'lishiga imkon beradi.
O’zbekiston Respublikasining raqobatbardoshli-
gining
pastligini
sabablaridan
biri
kasbiy
mahoratning past darajasidir. 2019 yil 8 oktyabr
kungi «O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida»gi PF-5847-sonli Prezident farmoniga
asosan mamlakatimizda 2020 yilga qadar oliy ta’lim
bilan qamrab olish darajasini 25%gacha yetkazilishi
rejalashtirilgan bo’lsa ham, biz shu darajaga bugungi
kunga qadar yetkazganimiz yoq. B. Sianesia va J.
Reynen, R. Lukas va boshqa olimlar asarlarida esa inson
kapitali va iqtisodiy o'sish o'rtasida bevosita bog'liqlik
borligi ko'rsatiladi. O'rta maktabda o’quvchilar
sonining ko'payishi rivojlanayotgan mamlakatlar
iqtisodiyotining 2,5–3% ga [2] oshishiga olib keladi.
Oliy ta'lim sohasidagi ijobiy dinamika 1% iqtisodiy
o'sishni ta'minlaydi, biznes va investitsiya faoliyati
darajasini oshirishga olib boradi.
Tadbirkorlik faoliyati uchun kam rag'bat va
to'plangan bilimlarni qo'llash
imkoniyatlarining
yo'qligi sharoitida ushbu faoliyatni amalga oshirishning
iqtisodiy samarasi minimal yoki hatto salbiy bo'ladi.
Oliy ta'limning sifati va jozibadorligini oshirishning
asosiy jihati bu kompetentsiyalarga
asoslangan
yondashuvni amalga oshirishdir. Kompenetsiyalarga
asoslangan
yondashuvda "kompetentsiya"
va "kompetentlik" kabi toifalar mavjud. Shuningdek,
"kompetentsiya" bu muayyan fan va jarayonlarga
nisbatan foydalanadigan shaxsning bilimi, ko'nikma
va ko'nikmalari to'plami bo'lsa, muayyan faoliyatda
o'zini namoyon qiladigan "kompetenlik", shaxsning
faoliyat jarayoniga bo'lgan munosabatni o'z ichiga
olgan tegishli "kompetentsiya"ga ega bo'lishini
nazarda tutadi. Kompetentsiyalarga asoslangan
yondashuv natijaga yo'naltirilgan, ya'ni bitiruvchining
turli vaziyatlarda mustaqil fikrlash va harakat qilish
qobiliyatiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Respublikada axborot-kommunikatsiya texno-
logiyalarini joriy etish va oliy ta'lim tizimini
raqamlashtirishni yanada tezlashtirish Covid-19
pandemiyasi davrida va xavfli viruslarning tarqalishini
minimallashtirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-
tadbirlar davrida o'ta muhim vazifaga aylandi. Bu yerda
MOODLE platformasida talabalar va o'qituvchilar
bilan muloqot qilish imkoniyatlari amalga oshirildi.
Shu kabi «OTM – Ish beruvchi» platformasini yaratish
davrning dolzarb masalasiga aylandi.
Mamlakat iqtisodiyotini raqamli mehnat bozori
talablariga muvofiq dolzarb kompetentsiyalarga ega
malakali kadrlar bilan ta'minlash maqsadida ta'lim
tizimining barcha darajalarini, shu jumladan oliy
ta'limni modernizatsiya qilish. Shuningdek,
davlat
boshqaruvi organlari uchun raqamli iqtisodiyot
bo'yicha ekspert mutaxassislarni tayyorlash zarurdir.
Oliy ta'lim muassasalari ish beruvchilar bilan
birgalikda ta'lim dasturlarini yangilash yo'li bilan
bitiruvchilarini tayyorlashda kompetentlik yondashuvni
amalga oshirish vazifasi birinchi o'ringa qo'yiladi,
zamonaviy iqtisodiyotda dolzarb bo'lgan raqamli
ko'nikmalarga ega bo'lish uchun mavjud kadrlarning
malakasini oshirish, bularning barchasi yuqorida qayd
etilgan Kontseptsiyada aks ettirilgan. Faqat ta'lim,
biznes, ilm-fan va davlatning simbiozi oliy ta'lim
tizimini o'zgartirishga, hayot davomida moslashuvchan
ta'lim olish haqiqatlariga mos kelishiga imkon beradi.
Iqtisodiy faollik yirik shaharlarda aniq ko’zga
tashlanadi. Hozirgi olib borilayotgan iqtisodiy
siyosat mamlakatning barcha hududlarini iqtisodiy
faollashtirishga yo’naltirilgan. Qishloq va kichik
shaharlar aholisining iqtisodiy faolligini uyg'otish
masalasida iqtisodiyotni raqamlashtirish bunga
yordam
beradi. Oliy ta'lim muassasalari va potentsial ish
beruvchilar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik platformalarini
9
№ 2 (13)
Апрель-июнь, 2021 йил
tashkil etish va takomillashtirish, texnologik
kompaniyalar va "start-up" larni rivojlantirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish orqali yuqori malakali
o'zbek mutaxassislarini o'z vatanida o'z-o'zini anglash,
umuman mamlakatda hayot sifatini oshirish bo'yicha
chora-tadbirlar ko'rish imkoniyati yaratiladi.
Oliy ta'lim muassasalarini, ularning bitiruvchilarini
va potentsial ish beruvchilarni bog'laydigan platformada
mehnat bozorida dolzarb kompetentsiyalarni aniqlash
maqsadida ish beruvchilar o'rtasida so'rovnomalar
o'tkazilishi mumkin. Birinchi bosqichida olingan
so'rovga nisbatan olib borilgan Forsayt tadqiqotlari –
so'rov natijalarini tahlil qilish imkonini beradi. Keyingi
bosqichda, geoaxborot texnologiyalarini qo'llash
orqali biz yuqori malakali kadrlarga ega bo'lmagan
korxonalar va tashkilotlarning mintaqaviy yoki
respublika xaritasida geografik joylashuvni namoyish
eta olamiz va shu bilan tegishli kompetensiyalarga ega
bo'lgan bitiruvchining ish bilan ta'minlanish kelajagini
bashorat qilamiz.
Ayni paytda malakali kadrlar yetishmovchiligini
tezda bartaraf etish uchun
xorijlik mutaxassislar jalb
etilmoqda. Xuddi shu narsa oliy ma'lumotga bo'lgan
talabni qondirish bilan ham sodir bo'ladi – respublika
hududida oliy ta'lim bozorida talablar yetishmasligini
bartaraf etish maqsadida dunyoning yetakchi
universitetlarining filiallari ochilmoqda. Misol
uchun, Vestminster, Singapur universitetlari, Sharda
universiteti, Moskva davlat universitetining filiallari
va boshqa ko'plab ta'lim muassasalari O'zbekiston ish
beruvchilar bozorida yuqori malakali mutaxassislarga
talablarni inobatga olgan holda kompetentlik
yondashuviga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: