Madaniy-tarixiy tiplar g‘oyasi.
XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgan
bo‘lsa-da, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar
jamiyatini ikki madaniy-tarixiy tiplarga ajratadi. Birinchisi to‘liq jamiyat bo‘lib, u o‘zida a) Yer
yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Yerning muayyan qismida yashovchi bir
millat yoki bir dinga mansub kishilarning o‘rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub bir
shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo‘lgan
to‘liqsiz jamiyat
25
. Forobiy fikricha, «Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi
shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz jamiyatlar
25
Farobiy. Fozil shahar aholisi. –Т.: «Шарқ», 2016 y. 82–83-b.
2
O’sha asar : 69-б.
7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
105
insonni takomillashtirishga qobil emaslar»
2
. Forobiyning bu fikrlari Platon va Aristotelning
jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan.
Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to‘liq jamiyatning birinchi bosqichidir
deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to‘liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar
insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb
ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori
qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig‘i emas, balki butun madaniy dunyodir
deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya.
Hozirgi zamon jamiyati o‘ta murakkab va faol ijtimoiy
tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan jamiyat sifatida tavsiflash
mumkin:
•
u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang‘ich g‘oyani o‘zida mujassamlashtirmaydi,
jamiyatning barcha a’zolari uchun muqarrar bo‘lgan olamshumul maqsadga ega bo‘lmaydi;
•
u o‘z hayotining barcha tomonlarini yagona markazdan nazorat qilmaydi;
•
unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga bo‘ysunish hisobiga
emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi;
•
mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan
chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir;
•
uning individlari erkin va mustaqil bo‘lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot
sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o‘zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda
qabul qilishga haqlidirlar;
•
individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan fikrlash
va so‘z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan boshqa
joyga ko‘chib yurish erkinligi, o‘zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga egadirlar;
•
bu ko‘ppartiyaviy jamiyat bo‘lib, unda siyosiy partiyalar hech qanday bevosita
ommaviyhokimiyat vakolatlariga ega emaslar;
•
davlat hokimiyati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan
saylanadi;
•
hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan. Zamonaviy jamiyatning
umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o‘rinni egallaydi: fuqarolik jamiyati, huquqiy
davlat, ko‘ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo‘linishi, xususiy mulk, bozor, shaxs
erkinligi va suvereniteti.
Fuqarolik jamiyati – davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar
bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui
.
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura
va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi.Kishilarning rang-barang
manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun
ular davlat oldida hisobdor bo‘lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar.
Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini
tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish.
Chunonchi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25
mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi
hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‘g‘ri keladi. XIX asr fransuz
sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‘llab- quvvatlovchi ijtimoiy sharoitlar
to‘g‘risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar tuzishga
bo‘lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega bo‘lgan
amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar.
Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok
etadigan birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma’naviy
Do'stlaringiz bilan baham: |