7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
104
7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY
QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
REJA:
1.
Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida.
2.
Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
3.
“Madaniyat” tushunchasi, uning mohiyati, strukturasi va funksiyalari Sharq va G‘arb
madaniyatlarining o‘zaro bir-biriga ta’siri.
4.
Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.
Tayanch tushunchalar:
Jamiyat, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy falsafa, madaniy-tarixiy tiplar,
ijtimoiy-madaniy tizimlar, ijtimoiy makon, sivilizatsiya, madaniyat, qadriyat tushunchasi,
madaniy-tarixiy relyativizm, qadriyatlarning sotsiologik konsepsiyasi, qadriyat kategoriyasining
mazmuni, qadriyatning funksional ahamiyati, qadriyatning shaxsga doir mazmuni, baholash,
ehtiyojlar va qadriyatlar, moddiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, ma’naviy qadriyatlar.
Jamiyat tushunchasi
. Jamiyat fanga ma’lum tizimlar orasida eng murakkabi bo‘lib, uni
o‘rganish jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo‘lib, har bir xalq o‘zining
alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada
uzviy bog‘liqki, ba’zan turli vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o‘rin almashadi.
Tarixiy jarayonda tasodiflar va sub’ektiv omil ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. Muayyan fanlardan
farqli o‘laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o‘rganishdan iborat.
Falsafa, muayyan hodisalarning sabablari nimada, degan savolga javob topish vazifasini o‘z oldiga
qo‘ymasa-da, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga
nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o‘z
mo‘ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishda
ishtirok etadi. O‘z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib,
muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan
biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir.
Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadigan omillarini
aniqlashdan iborat. Tarix falsafasida dunyoqarashga doir mo‘ljallarining rang-barangligi bilan
ajralib turadigan ko‘plab oqimlar va yo‘nalishlar mavjud bo‘lgan. Shu sababli har bir faylasuf,
odatda, o‘z mo‘ljallariga amal qiladi, nafaqat dunyoni, balki jamiyatni ham o‘ziga xos tarzda
tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |