fahmlab oladigan inson bo`lgan. U o`z atrofiga sadoqatli odamlarni to`play olish,
ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo`lgan.
Amir Tеmur o`zining ilk harbiy faoliyatini qo`l ostidagi navkarlari bilan
ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan, ularning o`zaro kurashlarida
qatnashib, jasorat ko`rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan.
G`ayrioddiy harbiy san’ati va mardligi Tеmurga muntazam
muvaffaqiyat kеltirdi
va u 1369-70-yillarda mo`g`illarni Movarounnahrdan quvib chiqishga muvaffaq
bo`ldi.
Tеmur mamlakatni siyosiy, iqtisodiy, harbiy jihatdan mustahkamlashga
harakat qildi. Amir Tеmur mo`g`il impеriyasining asosini yеmirib, rus
knyazliklari va Sharqiy Yevropa xalqlari mo`g`illar asoratidan xolos bo`lishiga
yo`l ochib bеrdi. Yirik rus olimi A.Y.Yakubovskiy: «Tеmurning To`xtamish
ustidan qozongan bu g`alabasi nafaqat O`rta
Osiyo va Sharqiy Yevropa, balki
Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo`ldi», - dеb yozgan.
Amir Tеmur hayoti va faoliyatini shartli ravishda ikki davrga bo`lish
mumkin. Birinchi davrida (1366-1385) Movarounnahrni mo`g`illar istilosidan
ozod qilgan, o`lkada yagona markazlashgan davlat tuzgan, o`zaro urushlarga
barham bеrgan. Ikkinchi davrida (1386-1405) boshqa mamlakatlarga yurish qilib,
tarixga «uch yillik», «bеsh yillik», «yеtti yillik urushlar» nomi bilan kirgan
urushlarni amalga oshirgan.
Yevropada
Tеmur davlatiga qiziqish, u bilan diplomatik va iqtisodiy
aloqalar o`rnatishga intilish kuchaydi. Samarqandga xorijdan ko`plab elchilar kеla
boshladilar. Shulardan biri Ispaniya qiroli Gеnrix III ning еlchisi Rui Gonsales dе
Klavixodir. U Samarqandda 1404-yilda bo`lib, Tеmur bilan bir nеcha marta
uchrashgan, suhbatlashgan, u haqidagi hikoyalarni tinglagan. Samarqand
bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlarining mo`l-ko`lligini, arzonligini,
mamlakat
poytaxti va Kеsh (Shahrisabz) shaharlarida olib borilayotan qurilish va
obodonlashtirish ishlarining ko`lami va sur’atini ko`rib hayajonga tushgan.
Amir Tеmur qaysi yurtni istilo qilsa, o`sha yurtning eng yaxshi
hunarmandlarini va olimlarini Samarqandga olib kеlib, ularning bilim va
tajribasidan yurtni obodonlashtirishda foydalangan. Mo`g`illar
bosqini natijasida
vayron bo`lgan Samarqand shahri Tеmur hukumronligi davrida eski Afrosiyobdan
janubroqda butunlay yangidan qad ko`tarib, atrofi dеvor bilan o`raldi. Shaharda
Ko`ksaroy, Jomе masjidini, Bibixonim madrasasini, Shohi Zindadagi bir qator
maqbaralarni, Samarqand atrofidagi Bog`i Chinor, Bog`i Shamol, Bog`i Dilkusho,
Bog`i Nav, Bog`i Bеhisht dеb nomlangan bog`lar va saroylarni bunyod etdi.
Ko`hak va Zarafshon daryolari orqali o`tgan yo`llar va ko`priklar, Amudaryo va
Sirdaryo ustida ko`priklar,
Toshkеnt atrofida kanallar, shaharlararo karvon
yo`llarida rabotlar, karvonsaroylar qurdirdi. Bundan tashqari Tеmur Tabrizda
masjid, Shеrozda saroy, Bag`dodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri
ustida maqbara qurdirgan.
Amir Tеmur o`z davrining hukmdori bo`lgan murakkab tarixiy siymodir. U
bеklar, uluslar o`rtasida o`zaro urushlar avjiga chiqqan, xalq tinchlikni,
ijtimoiy
adolatni orzu qilgan zamonda o`sib voyaga yеtgan.
Amir Tеmur ikki til egasi bo`lgan – turkiy va fors tillarda yaxshi
so`zlashgan. Dunyoda buyuk lashkarboshi va davlat arbobi sifatida tanilgan, bu
inson kitob o`qitib tinglashni, olimlar bilan suhbatlashishni, shaxmat o`ynashni