131
bo‘yicha filiallarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi to‘g‘risida Bank kengashiga
takliflar kiritib borishi lozim.
8.6.Tijorat bankida ichki nazorat xizmati
Ichki nazorat tizimining o‘z vakolatlari doirasida muvaffaqiyatli faoliyat
yuritishini ichki nazorat xizmati xodimlarining oliy ma’lumotga,
professional
malaka va ko‘nikmaga ega ekanligi, ichki nazorat oldiga qo‘yilgan vazifalarning
samarali bajarilishi uchun yetarlicha shtat birligi bilan ta’minlangani, uning
faoliyati ichki nazorat xizmati to‘g‘risidagi nizomga asoslangani va bevosita bank
kengashiga
bo‘ysundirilgani, banklarda nazorat madaniyati va muhiti
shakllantirilgani, ya’ni oddiy xodimlardan tortib to rahbarlargacha
ichki nazorat
tizimining maqsadini tushunishi bilan izohlash mumkin.
Ichki nazorat tizimi xodimlari:
- tekshirilayotgan filial yoki boshqarma rahbarlari va vakolatli xodimlardan
tekshirishlarni o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni talab qilib olish, jumladan, filial
yoki boshqarma boshlig‘ining buyruq va farmoyishlari,
buxgalteriya, hisob va
hisobot, pul-to‘lov hamda kompyuter ta’minotiga daxldor hujjatlarni so‘rab olish
va ular bilan bevosita tanishish;
- bank xodimlari amalga oshiradigan xatti-harakatlar va operatsiyalar
qonunchilikka, Markaziy bank talablari va bank ichki hujjatlariga mos kelishini
aniqlash, qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosini, oldi-sotdi bitimlari va boshqa
protseduralar (ya’ni, operatsiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan xato va chalkashliklarni aniqlash va tuzatishga yo‘naltirilgan usullar)ning
bank siyosatiga mos ravishda o‘tkazilayotgani, bank
faoliyatining risklari va
moliyaviy ahvoli tahlili natijalarini aniqlash;
- ichki nazoratga yuklangan vazifalarni bajarish uchun o‘rni kelganda boshqa
bo‘linmalar xodimlarini jalb etish;
- tekshirilayotgan filial yoki boshqarma boshlig‘i yoki vakili bilan birgalikda
hujjatlar, naqd pul va boshqa qimmatliklar, ma’lumotlarni kompyuterda qayta
ishlash va saqlash xonalariga kirish;
- bank ijrochi rahbarlari ruxsati bilan o‘zlari mustaqil yoki tekshirilayotgan
filial yoki boshqarma xodimi yordamida hujjatlardan, fayllardan nusxa ko‘chirib
olish kabi huquqlarga egadirlar.
Ayni paytda ularning zimmasiga nihoyatda mas’uliyatli
vazifalar ham
yuklatilgan. Bular:
- bank faoliyatidagi risklar va operasion risklarni, bankning joriy moliyaviy
ahvolini doimiy monitoring qilib boradilar;
- bank filiallari va boshqarmalari faoliyati qonunchilik, me’yoriy yo‘l-
yo‘riqlar va ichki hujjatlarga mos kelishini muntazam ravishda tekshiruvdan
o‘tkazib boradilar;
- bank xodimlarining qarorlar qabul qilishda o‘rnatilgan protseduralar,
vazifalari va vakolatlari doirasida harakat qilishini doimiy nazorat qilib boradilar;
- mustaqil yoki boshqa idoralar va bank rahbarlari
bilan birgalikda bank
132
xodimlarining qonunchilik, me’yoriy va ichki hujjatlarga rioya qilinmagani fakti
bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazadilar;
- aniqlangan kamchiliklarni tuzatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar
beradilar hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatadilar;
- o‘tkazilgan har bir tekshirishni to‘liq hujjatlashtiradilar va tekshirish
natijalari bo‘yicha o‘rganilgan barcha masalalar - aniqlangan kamchiliklar va
chalkashliklar, ularni tuzatish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, kamchiliklarga yo‘l
qo‘ygan xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralarni qo‘llash
masalalari aks
etgan xulosalarni rasmiylashtiradilar;
- bank rahbarlari va tegishli filial yoki boshqarma boshliqlariga aniqlangan
kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘rish uchun, shuningdek, bank ayrim
xodimlarining faoliyatini tahlil qilib borish maqsadida tekshirish natijalari bo‘yicha
xulosa taqdim etadilar;
- paydo bo‘lgan barcha risklar haqida, bank xodimlarining qonunchilik,
me’yoriy hujjatlar va ichki farmoyishlarga zid xatti-harakati xususida, shuningdek,
tekshirilayotgan bank filiali yoki boshqarmasi rahbarlarining yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni tuzatish maqsadida belgilagan tadbirlari va ularning natijalari bilan
bank rahbariyatini zudlik bilan xabardor etib boradilar.
Mamlakatimiz yetakchi tijorat banklarining ichki
nazorat xizmati faoliyati
tahlili ko‘rsatishicha, ichki nazorat xizmati shunchaki tuzilganini emas, balki bank
faoliyatidagi risklarga muqobil bo‘lgan samarali ichki nazorat tizimi
shakllantirilishiga e’tibor berilayotganidan guvohlik beradi. Natijada ichki nazorat
tizimi bankning kundalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha
boshqaruv mexanizmiga aylangan. Eng muhimi, banklarda rahbarlarning e’tibori
barcha bo‘g‘indagi xodimlar professional axloqiy-huquqiy me’yorlarga rioya
etishi lozim bo‘lgan nazorat muhiti yaratilishiga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: