A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

 
Kadrlar
 
bo‘limi bank xodimlarining optimal 
tarkibini shakllantirish uchun bank ehtiyojlariga muvofiq va samarali faoliyati 
natijalari asosida har yili xodimlar tarkibin baholab borishi lozim. Ushbu tahlilni 
amalga oshirish uchun ishchi o‘rinlari, har ish o‘rnining sifat va miqdori tavsifi, 
bank bo‘limlarida bajaradigan vazifalari va xodimga qo‘yiladigan talablar zarur 
bo‘ladi. Bank boshqaruvchilari Kengash tomonidan tasdiqlangan shtat jadvaliga 
muvofiq, xodimlarga qo‘yiladigan klassifikasion talablar va lavozim bo‘yicha 
tartiblarni ishlab chiqadi. Xodimlarga qo‘yiladigan talablar quyidagi elementlardan 
iborat bo‘ladi:
 
* xodimning kvalifikatsiya darajasi (ma’lumoti, mutaxassisligi, malakasini 
oshirganligi); 
* bilim darajasi (bank ishi, kompyuter, menejment, xorijiy tillar va 
boshqalar); 
* shaxsiy sifatlari (muomalasi, mijozlar bilan ishlashi, ilmiy tadqiqot ishlari, 
analitik tahliliy ishlari va boshqalar) 
* ish tajribasi (staji) (bank tizimidagi staji). 
Xodimning ish va shaxsiy sifatlari, uning qanday lavozimda ishlashiga va 
kelajakdagi karerasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Xodimlarning kasbiy mahorati va 
shaxsiy sifatlari bilan birgalikda yosh chegaralari, xorijiy tillarni bilishi, kompyuter 
bilimlarini o‘zlashtirganligini ham hisobga olish muhimdir.
Bank xodimi bank kadrlarining bir qismi bo‘lib, bankning normal faoliyat 
yuritishini ta’minlaydi, uning jamoadagi harakatlari o‘zaro hamkasblari bilan 
formal ko‘rinishda yoki norformal ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, 
bankning xodimlarini yollashda ishga jalb qilishda ma’lum kabga egaligi yoki 
kasbiy mahorati yuqoriligini emas, balki, uning ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi, yoshi 
ma’lumoti, uning psixologik shaxsiy xarakteri norma faoliyatni ta’minlashga 
xizmat qilishi lozim.
Banklarda xodimlarni rejalashtirishni tashkil qilish. Bankning tarkibiy 
bo‘limlari yoki rahbarlar tomonidan xodimni ishga olish arizasiga muvofiq,
xodimlar rejalashtiriladi. Bunda bank xodimlari qisqarishi yoki qo‘shimcha jalb 
qilinishi asosida rejalashtirish amalga oshiriladi. Buning asosi bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
- alohida olingan xodimning mehnat shartnomasini muddatini uzaytirish yoki 
uni to‘xtatish; 


107 
- amaldagi qonunchilikka muvofiq lavozim o‘zgarishlariga cheklovlar 
belgilanishi; 
- bankni rivojlanishi rejalari (filiallar ochish, yangi xizmatlarni joriy qilish, 
yangi operatsiyalarni kirishi va boshqalari) 
- bankning bir bo‘limidan boshqa bo‘limiga xodimlarni tavsiya qilish. 
Olingan arizalar xodimlar bo‘limi tomonidan umumlashtirilib, ish o‘rinlarini 
tugatish yoki yaratish bo‘yicha grafik tuziladi. 
O‘zbekiston bank amaliyotida xodimlarni rejalashtirish markazlashgan 
tartibda amalga oshiriladi. Buning mohiyati shundaki, kadrlar masalasi bo‘yicha 
boshqaruv bankning kadrlar bo‘limi va bank boshqaruv organi tomonidan hal 
qilinadi. Bankning bo‘linmalari, departamentlari xodimlar bo‘limiga murojaat qilib 
o‘zining takliflarini, ya’ni zarur bo‘lgan xodimlarni berishadi. Xodimlar bo‘limi 
o‘rganib zarur mutaxassislarni jalb qilishadi. Banklar faoliyatida xodimlarni 
rejalashtirishning divizion tamoyiliga muvofiq, xodimlar bo‘limi strategik 
rejalashtirishni va uslubiy ta’minotni amalga oshiradi, xodimlarni jalb qilish bank 
bo‘limlarini zimmasida qoldiriladi. 
Xodimlarni ishdan bo‘shatish bank rahbariyati tomonidan hal qilinib, uning 
sabablari o‘rganiladi. (o‘z hoxishi bilan ketishi, majburiy tarzda, kasbiy mahorati 
talablarga javob bermasa) Ishdan ketgan va yangi ishga qabul qilingan xodimlarni 
tahlil qilish orqali kadrlar qo‘nimsizligi tahlil qilinadi. Bu ham bank faoliyati 
haqida kadrlarga bo‘lgan munosabatni va boshqa xulosalarni shakllantirishda asos 
bo‘ladi. 
Bankning boshqaruv organi va kadrlar bo‘limi tomonidan bankdagi vakant 
lavozimlarga nomzodlar tanlab olinadi. Bank xodimlarini tanlab olishda bank 
xodimlarini turli kategoriyalari va lavozimlariga qo‘yiladigan talablarga javob 
berishi hisobga olinadi. Tashkiliy jihatdan xodimlarni tanlash 2 bosqichda amalga 
oshiriladi.
1. Vakant lavozimlarga mutaxassislar qidiriladi; 
2. Ushbu lavozimga mos va boshqa jihatlari ma’qul bo‘lgan nomzod 
tanlanadi. 
Ishga qabul qilish bo‘yicha qaror bank boshqaruvining birinchi o‘rinbosari, 
kadrlar masalai bo‘yicha mas’ul shaxs tomonidan yoki kadrlar bo‘limining majlisi 
(tarkibida boshqaruvchi, o‘rinbosarlari, kasaba uyushmasi bo‘lishi mumkin.) 
asosda qabul qilinadi. Xodimlar ishga qabul qilingandan so‘ng bank faoliyatining 
xavfsizligini ta’minlash majburiyati yuklatiladi. 
Xodimlarni tanlash va ishga qabul qilishda bank tomonidan qabul qilish 
tartibini (test o‘tkazish, so‘rovlar o‘tkazish yoki boshqa metodikalarni qo‘llash 
orqali) ishlab chiqish yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldini olishga 
xizmat qiladi.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish