A. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va menejmenti


-жадвал  Zamonaviy marketing konsepsiyasi



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/130
Sana25.03.2022
Hajmi2,79 Mb.
#509364
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130
Bog'liq
3675-Текст статьи-9373-1-10-20201126

11-жадвал 
Zamonaviy marketing konsepsiyasi. 
 
Boshlang‘ich 
nuqtasi 
Vositalar 
Bozordagi faoliyatning 
maqsadlari 
Xaridorlarning, 
maqsadli 
guruhlarning 
ehtiyojlari, afzal 
ko‘rgan narsalari 
Marketing 
sohasidagi 
tadqiqotlar 
(marketing-miks) 
Xaridorlar ehtiyojlarini bar-
qaror 
qondirish 
evaziga 
foyda olish 
Qo‘yilgan maqsadlarga erishishda firma dastlab o‘zining resurs 
potensialining bozor imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish, 
texnologiyalar darajasi, moliya, sotish kabi hal qiluvchi sohalarda o‘zining kuchli 
va kuchsiz tomonlarini hisobga olishi lozim. 
Oxirgi 
paytlarda 
marketing 
yordamida 
yechiladigan 
masalalarning 
murakkablashuvi sharoitida uning baynalminallashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan global 
marketing haqida tobora ko‘proq gapira boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, 
transmilliy kompaniyalar uchun xosdir. Ular tomondan bozor alohida segmentlar 


121 
kabi 
emas, 
ko‘proq 
ehtiyojlarning 
gomogenizatsiyasi 
jarayoni 
va 
iste’molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda 
ishtiyoqmandligiga ko‘ra yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlash joizki, 
global marketing asosida innovatsion tovarni ehtiyojlarni qondirishning 
standartlashgan va iste’molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon 
bo‘lgan usuliga aylantirish g‘oyasi yotadi. 
Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o‘z 
chegaralaridan tashqarida faoliyat ko‘rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda 
savdoning liberallashuvi, investitsion to‘siqlarning olib tashlanishi, erkin 
tadbirkorlikning paydo bo‘lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar 
doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini 
o‘zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning 
hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo‘nalishlari va 
tendentsiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish 
konsepsiyasi sifatida qabul qilish, funksiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va 
qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo‘yicha 
funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab etadi. 
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu konsepsiya bilan 
bog‘liq. Ba’zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, 
o‘yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni 
ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin. 
Bundan buyon iste’molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon 
bo‘ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga 
olib keladi. Konsyumerizm, qisqacha qilib aytganda, iste’molchilarning o‘z 
huquqlarini himoya qilishi yo‘lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda 
iste’molchilarning harakati iqtisodiy evolyutsiyaning mahsuli sifatida, ishlab 
chiqaruvchilar iqtisodiyotidan iste’molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan 
xaridorlar 
bozoriga 
o‘tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm marketing 
konsepsiyasiga ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tatbiq 
etilishini talab qiladi. 
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste’mol va 
marketingning 
atrof-muhitga 
ta’siridan 
tashvishlanishni 
ifodalovchi 
environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ekologik 
muammolarga e’tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining omili 
sifatida qaralmoqda. "Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik 
jihatdan toza bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashadi. 
Bank faoliyatidagi asosiy marketing konsepsiyalari quyidagi yo‘nalishlardan 
iborat:
1.
Ishlab chiqarish yoki bank texnologiyasini takomillashtirish konsepsiyasi. 
Unga asosan mijozlar narxi yuqori bo‘lmagan, mavjud xizmat turlariga qarab 
banklarga mijoz bo‘ladilar. 
2.
Mahsulot 
yoki 
bank 
xizmatlarini 
takomillashtirish 
konsepsiyasi. 
qonsepsiyaning asosiy tamoyili, shundan iboratki, unda bank xizmatlarini mijozlar 
tomonidan sotib olishga jalb etadi, chunki bu xizmatlar o‘z xarakteriga va sifatiga 


122 
ko‘ra raqobatchilar taklif etayotgan xizmatlardan yuqoriligi bilan farq qilishi 
hisobiga, iste’molchilarga katta foyda keltiradi. 
3.
Savdo yoki tijorat harakatlarini kuchaytirish konsepsiyasi. U mijozlarni jalb 
etish va xizmatlarni sotish hajmining o‘sishini ta’minlash uchun marketing 
tekshirishlarga asosan bank xizmatlari reklamasiga va ilg‘or axborotlarga 
asoslanadi,
4.
An’anaviy konsepsiyaga asosan bank xizmatlaridan foydalanish hajmining 
o‘sishini ta’minlash uchun, alohida ijtimoiy guruhlar va aholining aniq talabini va 
ehtiyojini tahlil qilib amalga oshirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda 
marketing, u yoki bu bank xizmatlariga bo‘lgan talab va takliflarni tahlil qilishdan 
boshlanishi kerak va shundan so‘nggina uni o‘tkazish uchun takliflar va dasturlar 
ishlab chiqiladi. 
5.
Ijtimoiy konsepsiyada maqsadli falsafa, mafkura, bank strategiyasi va 
siyosati umuminsoniy fazilatlarga qaratiladi. Ayrim hollarda bu konsepsiyani 
“insonga qaratilgan” yoki “aql-idrokni iste’mol konsepsiyasi” deb ham atashadi. 
Bu konsepsiya asosan banklar uchun kelajakda umumjamiyat manfaatlariga xizmat 
qilishga yordam beradi. 
Keyingi 
bosqich bu belgilangan 
xizmatlarning 
marketing rejasini 
tayyorlashdan iborat. Rejaga barcha kerak bo‘lgan ma’lumotlar kiritiladi, ya’ni 
xizmatning tarixi va o‘ziga xos xususiyatlari, bozorning ahvoli, raqobatchilari, 
marketing sohasida bankning maqsadlari va xizmatlarning sotilishi hamda 
vositalari yordamida ushbu strategik vazifalar bajariladi. 

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish