110
tavsiya etilishi mumkin. Istisno tariqasida, attestatsiyada egallab turgan
lavozimiga noloyiq deb topilgan rahbarni attestatsiya sanasidan 1 yil o‘tgandan
so‘ng quyidagi qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilgan takdirda rahbarlik
lavozimlariga qayta tavsiya etilishiga ruxsat beriladi:
a) bank Boshqaruvi raisining tavsiyanomasi;
b) bank Kengashi yoki Boshqaruvining kamida ikkita a’zosining fikrnomasi;
v) xodimning o‘tgan vaqt mobaynida ish faoliyati natijalari, malakasi,
nazariy va amaliy bilimlarini oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar
shunday tavsiyalar berilgan bo‘lsa).
Nazariy jihatdan bank xodimlarini boshqarishning quyidagi usullari mavjud:
1.
Iqtisodiy usul;
2.
Ijtimoiy psixologik usul;
3.
Tashkiliy usul;
4.
Huquqiy usul.
Iqtisodiy usul – bu bank xodimlarini ish haqi, ijtimoiy to‘lovlar va yaratilgan
imtiyozlar asosida boshqarilishi tushuniladi. Bunda bank xodimlarining
manfaatlari himoya qilinib, ularning ishga bo‘lgan munosabati o‘zgartiriladi.
Banklarda xodimlarni mukofotlash, shuningdek, ularning lavozimlarini oshirish va
bank xodimlariga kreditlar berish, uy-joyga mashina olishga yoki boshqa iste’mol
kreditlarini berish orqali rag‘batlantirish lozim. Yosh bolali ayollarga oylik
maoshining ma’lum bir qismini berib borish, nogiron bolali xodimlarga alohida
etibor qaratish ham ularni boshqarish jarayoniga ta’sir qildai. Bundan tashqari,
xodimlar uylanishi, turmushga chiqishida ularga mukofotlar berish ham boshqaruv
jarayoniga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan 30 yoshga to‘lmagan yosh oila bank
xodimlariga imtiyozli kreditlar berish orqali uning moddiy hayotini tiklashga
yordam berish mumkin.
Ijtimoiy psixologik usul – bank xodimlari v jamoaning ijtimoiy va psxologik
manafaatlarini boshqarish jarayonida foydalanish tushuniladi. Bunda asosiy
mas’uliyat bank boshqaruvi zimmasida bo‘lib, ular bank jamoasining bir tan bir
jon bo‘lib ishlashiga sharoit yaratishi, mavjud holatni baholashi va tegishli
tadbirlarni amalga oshirib borishi zarur.
Tashkiliy usul – yuqoridagi keltirilgan ikkila usulning davomi bo‘lib, ularni
to‘ldirib boradi. Xodimlarning ishga kelishi, ish jarayonidagi munosabatlari, uning
xuquq va majburiyatlari belgilanishi va boshqalar kiradi.
Huquqiy usul – amaldagi qonunchilik va tartiblar asosida bank xodimlarini
mehnat shartnomalarini tuzish, bank sirini ta’minlash, bank faoliyati va uning
Markaziy bank bilan munosabatlarini tanishishi va boshqalarni o‘z ichga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: