16
- ish haqi;
- soliqlar kiradi.
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashtiriladi. Zero, ishlab
chiqarish (xizmat) uchun resurslar to‘g‘ri tanlangandagina va ulardan samarali
foydalangandagina xarajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin.
Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste’molchilarga qanchalik ijobiy natija
keltirishidir. Xaridor xarid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi.
Shundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo‘lsa, uning
narxi ham shuncha baland bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida
xaridorning sotib olish
qobiliyatini pasaytiradi.
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita
asosiy vazifani bajaradi:
- resurslar iste’molini cheklash imkonini beradi;
- ishlab chiqarish uchun turtki bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo‘lsa, uning
narxi shuncha baland va binobarin, uni sotib olmoqchi bo‘lganlar shuncha kam
bo‘ladi. Iqtisodchilar buni narxning cheklovchilik samarasi deb ataydilar.
Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safining kengayishiga,
narxning
tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan
bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar bunday ta’sirni narxning ishlab chiqarishga
turtki vazifasi deb ataydilar.
Foydaga ta’sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan
boshqaruvchigina tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishi va oqil qarorni qabul qila olishi
mumkin.
Boshqarish san’ati va mahorati, ya’ni
menejment, shundagina namoyon
bo‘lishi, pirovardda esa yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib,
sodda qilib aytganda:
Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat
qilish jarayonidir.
Menejment fani bu - boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri
amalga oshirishni va
oqil qaror qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor
munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda samarali ishlay oladigan yuqori
malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti orasidagi
o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarga boshqaruvning
zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga boshqarish
muammolariga nisbatan
qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg‘otishdan iborat. Chunki
hozir boshqarish asoslarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish
tizimining xodimlari, kichik, o‘rta va katta jamoalarning rahbarlari,
korxona va
firmalar iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tomonlarini
boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat
etilgan
mutaxassislar bo‘lib yetishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan
tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasida bo‘ladi.
17
Barchaga shu narsa ayon bo‘lmoqdaki, har bir faoliyat sohasida, davlat
boshqaruvidan tortib, jamoani boshqarishgacha professional bilim talab qilinadi.
Boshqaruv murakkab fan bo‘lib, o‘zining fundamental tomonlari,
uslublari,
telefondan tortib, kompyutergacha texnik vositalari bor. Boshqaruv sohasida
ishlayotgan har bir mutaxassis ushbu uslub va vositalardan foydalanishni bilishi
lozim. Boshqaruv yuqori madaniyat, keng bilim va ish tajribasini talab qiladi.
Shunday qilib, boshqaruv keng ma’noda samarali natijalarga erishish uchun
kam vaqt va kuch sarflab boshqaruv obyektiga (shaxs, jamoa, texnologik jarayon,
korxona, davlat) uzluksiz ta’sir etish jarayonidir.
Tijorat banklari ko‘zlangan strategik va joriy maqsadlarga erishish uchun
samarali boshqaruv tizimiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Tijorat banklarining iqtisodiyotdagi rolining nechog‘lik yuqori ekanligi
bevosita banklarning bajaradigan funksiyalari bilan bog‘liq.
Quyidagi rasmda
zamonaviy banklarning funksiyalari keltirib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: