Amaliy uslublar
o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va
yo‘naltiriladigan, o‘quvchilar fikrini rivojlantirishga moijallangan
so‘z, ko‘rgazmalilik va amaliy ishning o‘zaro murakkab bog‘lanishida
ko‘rsatadi.
Amaliy uslublar qo‘llanilishi o‘quvchilar retseptorlari va effektorla-
rining faol faoliyati bilan bog‘liq. Amaliy uslublar o ‘rganilgan mate
rialni tushuntirishga, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat
yaratadi. Amaliy uslublami qo‘llashga o‘quvchilar faoliyatining o‘zi
bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga og‘zaki, yozma
mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat bur
chagida sinfdan tashqari bajariladigan mashg‘ulotlar kiradi. Amaliy
uslublaming turlariga:
•
o‘quvchilaming tarqatma didaktik material bilan turli narsalar
yasash;
•
rasm chizish;
•
tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo‘yicha ishlar;
•
hodisalami kuzatish va qayd qilish ishlari;
•
tajriba o ‘tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish)
kiradi.
Amaliy ish boshlanishi oldidan qo‘yiladigan savol, muammo, ma-
salaga o‘quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak. Tabi-
350
atshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir
turi bo‘lib, tarqalgan o ‘simliklami yoki ulaming qismlarini farqiga
borib, tanib olish xususiyatlarini o ‘rgatadi.
Taqqoslashdagi farqqa borish o‘quvchining aniqlash qobiliyatini
rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash bo‘yicha ishlar darslardagina
olib borilmaydi, o‘qituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda
ham o ‘simliklami topish va to‘plashni, namunalar yig‘ishni, ular-
ning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini,
o‘zgamvchanlikni о‘quvchilaming o‘zlashtira olish qobiliyatlariga
qarab tanlab berishi kerak. 0 ‘simliklar, ular qismlarining shaklini bilib
olish bo‘yicha ishlami o‘quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar.
Sinfda amaliy mashg‘ulotlar tarqatma material bilan olib boriladi,
bu o‘quvchilarga o‘rganilayotgan narsani bir necha sezgi organlari bi
lan qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya’ni ular narsani ko‘ribgina
qolmasdan, ular ustida har xil tajribalar o ‘tkazadilar, uning xususiya-
tini (masalan, timab ko‘rish, bolg‘acha bilan urib ko‘rish vositasida
narsaning mo‘rtligini, egish bilan qayishqoqligi va egiluvchanligini
va h.) sinaydilar. Tarqatma material sifatida tabiatshunoslik darslarida
jonsiz va jonli tabiat jismlari (toshlar, foydali hasharotlar, o ‘simliklar
va ulaming qismlari, may da hayvon va b.) dan foydalaniladi.
Amaliy ishlar quyidagi tartibda olib boriladi:
-
ish maqsadini e ’lon qilish;
-
o‘qituvchining yo‘l-yo‘riqlar berishi;
-
topshiriqni tushuntirish;
-
materiallami tarqatish;
-
kuzatish, o ‘tkazilgan ish natijalarini tushuntirish bilan suhbat;
-
xulosalami daftarga yozish;
-
rasmlar chizish.
Amaliy ish vaqtida o‘qituvchi topshiriq tushunarsiz yoki murak-
kab bo‘lganda ayrim o ‘quvchilarga yordamlashadi. Agar qiyinchilik
ko‘pchilik o‘quvchilarda sodir bo‘lsa, bunda ish mazmunini butun sinf-
ga takroran tushuntirish kerak bo‘ladi. Amaliy ishning asosiy qiyin-
chiligi kuzatilayotgan hodisalami anglab olish, eng
muhimlarini ajrata
bilish, xulosalami ifodalay olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |