Ularning otlari – Salim va Halim. Bundagi nutqiy birliklar turli
munosabat bilan bog‘langan. Ular so‘zi otlari so‘zi bilan, u
olmoshi -lar qo‘shimchasi bilan ketma-ket, zanjirsimon aloqada.
Yoki otlari so‘zi 6 ta tovushning ketma-ketligidan iborat.
Gap ham, so‘z ham tarkibiy qismlarga bo‘linar ekan, butunlik,
sistema sanaladi.
Munosabat falsafada va xususiy fanlarda o‘ziga xos
tushuniladi. Barcha fanlarda munosabat tushunchasi falsafiy
munosabatning tor doiradagi ko‘rinishlari hisoblanadi.
Tilshunoslikda
munosabatning
bir
necha
ko‘rinishlari
farqlanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |