Baxtiyor mengliyev



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/227
Sana31.10.2020
Hajmi1,62 Mb.
#50920
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   227
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1.Borliqdagi bir holat (harorat) tilda nega ikki (issiq va sovuq) 
ga bo‘linadi?  
2.Issiq  va  sovuq  so‘zlarining  ziddiyati  obyektivmi  yoki 
subyektiv? 
3.Qorong‘ulik  va  yorug‘liq  so‘zlarining  izohini  lug‘atdan 
kuzatib, qiyoslang va talaba Eynshteyn fikriga munosabat bildiring. 
 
Semema  va  tushuncha  munosabati.  Lisoniy  mohiyat  sifatida 
sememaning mantiqiy kategoriya bo‘lgan tushunchaga munosabati 
masalasi murakkab. Bunda, birinchidan, semema birlamchimi yoki 
tushuncha, ikkinchidan,  semema tushunchada  qay  tarzda  aks  etadi 
degan  munozarada  ko‘zga  tashlanadi.  Tilshunoslikda  sememaga 
munosabatda ikki yo‘nalishni farqlash lozim bo‘ladi: 
a) ichdan yondashuv (ya’ni sememadan leksemaga); 
b) sirtdan yondashuv (ya’ni leksemadan sememaga). 
O‘zbek  tilshunosligida  semema  va  tushuncha  munosabati 
turlicha  talqin  qilinadi.  Masalan,  ayrim  mutaxassislar  semema, 
ko‘pincha,  ongimizdagi  ma’lum  bir  tushuncha  bilan  bog‘liq 
bo‘ladi,  deb  hisoblaydi.  Tushuncha  ong,  mantiq  birligi,  semema 
esa,  tilga,  leksemaga  xos  birlik.  Кo‘p  hollarda  bir  semema  bir 
necha tushunchani o‘z ichiga oladi. Jumladan, o‘rik leksemasining 
sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo‘ladi: 
                                                           
11
 Б.Г.Кузнецов. Эйнштейн: Жизнь. Смерть и бессмертие. – М.: Наука, 1980. 
138


a) ho‘l mevaning bir turi; 
b) shu mevaning quritilgani
d) shu mevani beradigan daraxt.  
Shunga  ko‘ra,  tushuncha  va  semema  o‘zaro  hamma  vaqt  ham 
mos  kelavermaydi.  Bu  hodisa,  ayniqsa,  ma’nodosh  leksemalarda 
yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Кo‘rinadiki,  lingvistik  belgilardagi 
asimmetriya  (nomutanosiblik)  hodisasi  semema  va  tushuncha 
munosabatida  ham  ko‘rinadi.  Buni  chizmada  quyidagicha  berish 
mumkin (18-jadval): 
18-jadval 
 
SEMEMA 
Tushuncha 
Tushuncha 
Tushuncha 
 
TUSHUNCHA 
Semema 
Semema 
Semema 
Bunda ayrim e’tirozli jihatlar mavjud. 
Birinchidan,  semema  ko‘pincha  emas,  balki  har  doim  ham 
ongdagi  tushuncha  bilan  bog‘langan.  Semema  tushunchaning 
ifodasidir. 
Olimlar 
tavsifda 
ko‘pincha 
so‘zini 
qo‘llashda 
sememaning  har  doim  ham  ma’lum  bir  tushuncha  bilan 
bog‘lanavermasligini nazarda tutadi. Ularning bu fikri quyidagicha 
ifodalanadi:  “Shuni  ham  aytish  kerakki,  yordamchi  leksema 
sememalarida tushuncha bilan bog‘lanish yo‘q. Chunki yordamchi 
leksema,  aytilganidek,  qo‘shimcha  va  leksema  ziddiyatida  oraliq 
uchinchi  vazifasini  o‘taydi.  Ular  shaklan  leksema,  mazmuni 
(vazifasi),  sememasiga  ko‘ra  esa  qo‘shimcha”  (H.Ne’matov, 
R.Rasulov. O‘zbek tilining sistem leksikologiyasi asoslari. 57-bet). 
Biroq  yordamchi  leksemalar  morfema  va  mustaqil  leksemalar 
ziddiyatida  oraliq  uchinchi  vazifasini  o‘tar  ekan,  ular  nomustaqil 
leksemalar  sifatida  shaklan  mustaqil  leksemaga  uyg‘un.  Mazmun 
mundarijasi  asosida  grammatik  morfema  bilan  bir  qatorda  turadi. 
Shu boisdan yordamchi leksemalar mazmun mundarijasini semema 
emas, balki grammatik ma’no deyish maqsadga muvofiq.  
Yordamchi  leksema  ma’nosi  bilan  qo‘shimchaga  yaqinlashsa, 
nomemaga  egaligi  asosida  leksema  bilan  uyg‘unlashadi.  Bundan 
139


kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ma’lum bir hodisa, masalan, 
leksema  ta’riflanar  ekan,  ta’rif  ta’riflanayotgan  hodisalarni  to‘liq 
qamrab olmasligini e’tiborga olish lozim. 
Dialektikada ham hodisalarga berilgan har qanday ta’rif mutlaq 
bo‘lmasligi,  unda,  baribir,  ayrim  hodisalar  “ta’rifga  sig‘may 
qolishi” ta’kidlanadi.  
Bir  necha  tushunchani  o‘zida  mujassamlashtirgan  leksemaning 
mazmun mundarijasi murakkab tabiatliligi bilan xarakterlanadi. 
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish