4. Un va yorma ishlab chiqarishda standartlashning roli
Hozirgi kunda tegirmon va yorma zavodlarida standartlashtirilgan jihoz
va uskunalar o`rnatiladi. Tegirmon va yorma zavodlariga qayta ishlash uchun
keladigan donlar davlat standartlari talablariga javob berishi shart. Donni
qabul qilish, saqlash va shu jarayonlarda ularning sifat ko`rsatkichlarini
nazorat qilish usullari, dondan olinadigan mahsulotlarni qoplash, qadoqlash,
saqlash va tashish jarayonlari ham standartlashtirilgan.
O`zbekiston Respublikasida har bir tegirmon va yorma zavodidan
chiqadigan mahsulotlar standartlar asosida sertifikatlangan bo`lib, o`z
sertifikatiga ega bo`lishi shart.
Korxonalarni sertifikatlashda ularga o`rnatilgan jihozlarning turlari,
sifati,
ishlab
chiqarish
samaradorligi,
jarayonlarni
boshqaradigan
texnologlarning bilim saviyasi va mutaxassisligi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |