www.ziyouz.com kutubxonasi
45
I z o h. Jumhur ulamolar islom va to‘rt mazxab imomlarining nazdida o‘tirib namoz
o‘qiguvchiga ruku’ga yaqin yetganda turib ruku’ va sujud qilmoq joizdir va turib namoz
o‘qiguvchiga charchab qolsa, o‘tirib namoz o‘qimoq ham nafl namozida joiz.
213. Abdulloh ibn Shaqiq roziyallohu anhu dedilar: Men Oisha roziyallohu anhodan
Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning nafl namozlarining kayfiyatlaridan savol
qildim. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechaning
uzun hissasida nafl namozlarini turib o‘qir edilar va ba’zi kechaning uzun xissasida o‘tirib
o‘qir edilar. Lekin odati sharifalari shu ediki, qachon turib Qur’on o‘qisalar, ruku’ va
sajdalarini ham turib qilar edilar, va qachon o‘tirib Qur’on o‘qisalar, ruku’ va sajdalarini
o‘tirib qilar edilar.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tirib namoz o‘kisalar ham, turib o‘qilgan
namoz savobini mukammal olgaylar. Chunki Janobning asl maqsadlari ummatga shu
tariqa o‘qimoqning joizligini ta’lim berishdir.
214. Xafsa roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nafl
namozlarini o‘tirib ham o‘qir edilar, va unda bir surani o‘qisalar, shunday tartil bilan o‘qir
edilarki, u sura o‘zidan uzun suradan ham uzun bo‘lib ketardi.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namozlari ham, qiroatlari ham boshqa
bir olam bo‘lar edi. Ohista-ohista va tajvid va tartil bilan, ma’nolarida tadabbur va
takammullar qilib o‘qir edi. Shunday o‘qilgan suratdagina Kur’oni karim haqqi ado
etilgan bo‘ladi va uni o‘quvchi foyda va bahra oladi.
215. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan
muqaddam aksar nafl namozlarini o‘tirib o‘qiydigan bo‘ldilar.
216. Ibn Umar roziyallohu anhumo dedilar: Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bilan peshindan avval ikki raka’at va peshindan keyin ikki raka’at masjidda va
mag‘ribdan keyin ikki raka’at va xuftondan keyin kkki raka’at uylarida o‘qidim.
I z o h. Bu hadisda namozning sunnatlari bayon qilingan. Sunnati muakkada hanafiylar
qoshida ham shunday, lekin peshinning sunnati ularda to‘rt raka’atdir. Nabiyi karim
sollallohu alayhi vasallamdan ko‘p hadislar vorid bo‘lganki, ularda har kim bir kechada
va kunduzda o‘n ikki raka’at namozga mudovamat qilsa, Alloh taolo uning uchun
jannatda bir uy bino qilur, deyilgan. Bu o‘n ikki raka’atning tafsili Oisha va Ummu Xabiba
roziyallohu anhumo rivoyatlarida yuqoridagi Ibn Umar rivoyatlaridagidek kelgan. Magar,
ular rivoyatlarida peshin namozining avvalgi sunnati to‘rt raka’at deb ko‘rsatilgan. Yana
bir xadisda kelganki, peshindan avval to‘rt raka’atni bir salom bilan o‘qilsa, uning uchun
osmonning darvozalari ochilur. (Ya’ni tez qabul qilinur). Imom Buxoriy va imom Muslim
raximaxumallohning bir rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam peshindan
avvalgi to‘rt raka’atni hargiz tark qilmas edilar, deyilgan. Imom Axmad, Abu Davud va
boshqalar Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam peshin namozi uchun masjidga chiqar vaqtlarida uyda to‘rt raka’atni o‘kib,
keyin chiqar edilar. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Janob sollallohu alayhi vasallam ko‘pincha
sunnatlarni uyda o‘qib, keyin masjidga chiqar edilar, va g‘oliban masjidda ikki raka’at
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Do'stlaringiz bilan baham: |