www.ziyouz.com kutubxonasi
5
uchun uch yuz xurmo daraxtini ko‘chat o‘tkazib berishlari ham shart qilingan edi. Ular
meva qilguncha xabar olib tursinlar. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z
qo‘llari bilan o‘sha xurmo daraxtlari ko‘chatlarini o‘tqazdilar. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning mo‘‘jizalaridan tamomi daraxtlar o‘sha yil meva berdi. Lekin bir daraxt gul
ham ochmadi. Tekshirilgach, ma’lum bo‘ldiki, uni Umar roziyallohu anhu o‘tqizgan
ekanlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u ko‘chatni olib tashlab, o‘zlari boshqa
o‘tqizgan edilar, keyin meva berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
mo‘‘jizalaridan tamomi daraxtlar bemavsum o‘tqizilsa ham hammasi xosilga kirdi.
Salmon Forsiy roziyallohu anhu qadim ulamolardan edilar. Yoshlari ikki yuz ellikka
borgan edi. Bir rivoyatda uch yuz ellik deyiladi. Bu zot qadim kitoblarda Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarlik alomatlarini o‘qigan edilar. O’sha
alomatlardan biri sadaqa qabul qilmasliklari va yana biri muhri-nubuvvatlari edi. Bu ikki
alomatni ko‘rib bilganlaridan keyin iymon keltirdilar. Bu zotning ozodliklari uchun
berilgan naqd mablag‘ qirq uqya (1 uqya - 33.44 gr) tillo edi. O’zlarini Islomga
musharraf bo‘lganliklarining voqeasini o‘zlari mufassal bayon qilganlar. Hadis kitoblarida
zikr etilgan.
20. Abu Nazra dedilar: Men Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning muhri nubuvvatlari haqida savol qildim. Dedilarki, muhri
nubuvvatlari orqalarida bir bo‘lak ko‘tarilgan go‘sht edi.
21. Abdulloh ibn Sarjis roziyallohu anhu dedilar: Men bir kun Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam xizmatlariga keldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan bir
jamoat o‘rtalarida o‘tirgan ekanlar. Men orqalaridan shundoq aylandimki, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam mening nima uchun aylanganligimni bilib, muborak
yopinchiqlarini orqalaridan tushirdilar. Men muhri nubuvvat o‘rnini ikki yelkalarining
o‘rtasida ko‘rdim. U guyo bir mushtdek bo‘lib, atrofida badanga toshadigan no‘xatdek
donalar kabi hollar bor ekan. Keyin men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
to‘g‘rilariga o‘tdim va dedim: Yo Rasulalloh, Alloh Taolo o‘zlarini mag‘firat kilsin.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Senga ham mag‘firat nasib etsin.
O’tirganlar dedilar: Rasululloh sening uchun duoi mag‘firat qildilarmi? Men dedim: Ha,
mening uchun ham va sizlar uchun ham deb bu oyatni o‘qidim (Va mag‘firat talab qiling,
o‘zingiz uchun va mo‘min erlar ham, mo‘mina ayollar uchun ham. – Muhammad
surasi:19-oyat).
Do'stlaringiz bilan baham: |