Koʻrgazmali qurollar
1995-
yilning martida, ABC TV kanalining “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi
boshlovchisi Ted Koppel oʻtirgan limuzin Massachusets shtatining
Gʻarbiy Nyuton shaharchasida joylashgan uy oldida, qor bosgan
yoʻlakda toʻxtadi.
Bu paytga kelib Morri butunlay nogironlar aravachasiga mixlangan,
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
shaxsiy yordamchilarining uni ogʻir qopdek koʻtarib, yotoqdan
aravachaga
va
aravachadan
yotoqqa
olib
oʻtishlariga
oʻrganayotgandi. Ovqatlanayotganda uni yoʻtal tutar, ogʻzidagi
narsani chaynash h
am ogʻir ishga aylangandi. Oyoqlari tamoman
ishdan chiqqan, endilikda umuman yura olmasdi.
Shunday boʻlsa-da, u tushkunlikka tushishdan bosh tortardi. Morri
fikrlar oʻchogʻiga aylandi. Fikrlar quyulib kelar, Morri ularni toʻgʻri
kelgan joyga yozib ketaverardi: yon daftarchalar, konvertlar,
papkalar, qogʻoz boʻlaklari uning yozuvlariga toʻlib ketgandi. Oʻlim
koʻlankasi ostidagi hayot haqida falsafiy mulohazalarini yozib
borardi: “Baʼzi ishlar imkoniyatingizdan tashqarida ekanini, hamma
narsa ham qoʻlingizdan kelmasligini tan oling”, “Oʻtmishni
oʻtmishligicha qabul qiling: uni rad etishga yoki oʻzgartirishga
urinmang”, “Oʻzingizni ham, boshqalarni ham kechirishga
oʻrganing”, “Hech qachon biror ishni boshlashga kech qoldim deb
hisoblamang”.
Morri faqat doʻstlari bilan boʻlishadigan bunday “hikmatli soʻzlar”ning
soni tez orada ellikdan oshdi. Ulardan juda taʼsirlangan Brandeys
universitetidagi hamkasblaridan biri, Mori Shteyn, “hikmatli soʻzlar”ni
“Boston Gloub” nashri muxbiriga yubordi. Muxbir Morri bilan
uchras
hib, u haqida katta maqola yozdi. Maqola “Professorning
soʻnggi maʼruzalari oʻz oʻlimi haqida boʻladi” sarlavhasi ostida chop
etildi.
Maqola “Tungi xabarlar” koʻrsatuvi prodyuserlaridan birining
eʼtiborini tortdi va u Koppelga koʻrsatish uchun gazetani Vashington
D.C.ga koʻtarib keldi.
– Mana buni bir koʻrgin, - dedi prodyuser.
Hash-
pash deguncha, Morrining xonasi operatorlar bilan toʻlgan,
Koppelning limuzini esa uy tashqarisida turardi.
Morrining oila aʼzolari va doʻstlaridan bir nechtasi Koppel bilan
uch
rashish uchun unikida toʻplanishdi. Ushbu mashhur inson uyga
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
18
kirib kelganida, xonada hayajonli gʻala-gʻovur koʻtarildi, faqat
Morrigina xotirjamlikni yoʻqotmay, aravachasida Koppelning oldiga
chiqib, chimirilgan qoshlari ostidan unga qaradi. Uning baland va
jarangdor ovozi shovqin-
suronni boʻldi:
– Ted, bu suhbatga rozilik berishdan avval seni bir sinab koʻrishim
kerak.
Bir muddat xonaga oʻngʻaysiz jimlik choʻkdi. Keyin esa ikkalasi
kabinet tomon yoʻl oldi. Eshik mahkam yopildi.
– Urdi Xudo, – shivirladi eshik tashqarisida qolgan doʻstlardan biri
boshqasiga.
– Ishqilib, Ted Morriga yumshoqroq munosabatda
boʻlsin-da.
– Aksincha, Morri Tedga shafqat qilsin, ishqilib, – dedi ikkinchisi.
Kabinetga kirgach, Morri Tedga kursiga oʻtirishni ishora qildi.
Qovushtiri
lgan qoʻllarini tizzasiga qoʻyib, tabassum qildi.
– Siz qalbingiz tubida asraydigan narsalar haqida gapirib bering.
– Qalbim tubida?
Koppel qariyaga sinovchan nigoh tashladi.
– Mayli, – dedi u ehtiyotkorona va farzandlari haqida soʻzlay
boshladi.
Axir farzandlari doim qalbida-ku, shunday emasmi?
– Yaxshi, -– dedi Morri. – Endi menga eʼtiqodingiz toʻgʻrisida gapirib
bering.
Koppel bir oz oʻngʻaysizlandi.
– Odatda men bunday mavzularni endigina tanishgan odamlarim
bilan muhokama qilmayman.
– Ted, men oʻlyapman, – dedi Morri, koʻzoynak ustidan unga tikilib.
– Juda kam vaqtim qolgan.
Koppel kulib yubordi. Mayli. Demak, eʼtiqod. U Avreliy Markdan
oʻzining qarashlarini aks ettiradigan parcha oʻqib berdi. Morri jimgina
bosh irgʻatdi.
– Endi men savol bersam, – dedi Koppel. – Hech men olib
Do'stlaringiz bilan baham: |