Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
73
Men haq edim. U keldi.
Lekin menga tegmadi.
U ukamni mahv etdi.
Togʻamning boshiga yetgan saraton turi. Oshqozon osti bezi
saratoni. Kamyob turi. Shunday qilib, jigarrang koʻzli mallasoch
kenjatoyimiz kimyoterapiya va nur bilan
davolash muolajalarini
boshladi. Sochlari toʻkilib, eti ustuxoniga yopishdi. “Bu men boʻlishim
kerak edi-
ku”, – deb oʻylardim. Lekin ukam men ham, togʻam ham
emasdi. U jangchi edi, bolaligidan shunday boʻlgan: yertoʻlada
kurash tushganimizda, men ogʻriqdan baqirib, uni qoʻyib
yubormagunimcha
poyabzalim
ustidan
oyogʻimni
tishlab
oʻtiraverardi.
Shunday qilib, ukam jangga kirishdi. Bu paytda u Ispaniyada
yashardi; oʻsha vaqtlarda, hatto hozir ham AQSHda mavjud
boʻlmagan, endi sinab koʻrilayotgan dorilar
yordamida dard bilan
kurashdi. Muolajalarni olish maqsadida butun Yevropani kezib
ch
iqdi. Besh yillik muolajalardan keyin dorilar taʼsirida kasallik
chekindi.
Bu xushxabar edi. Koʻngilsiz xabar esa ukam uning yonida
boʻlishimni xohlamasligi edi; nafaqat men, balki oilamizdan hech
kimni koʻrishni istamasdi. Qanchalik koʻp qoʻngʻiroq qilib, koʻrgani
borishga urinmaylik, u xastalikni yolgʻiz yengishi kerakligi aytib, oyoq
tirab oldi va hech birimizni oʻziga yaqinlashtirmadi. Oylar davomida
undan birorta ham xabar eshitmasdik. Telefoniga
qoldirilgan ovozli
xabarlarimiz
javobsiz
qolardi.
Akalik
burchimni
bajara
olmayotganimdan aybdorlik hissi yuragimni tilka-pora qilar, bizni
unga gʻamxoʻrlik qilish huquqidan mahrum etayotganidan esa
gʻazabim qaynardi.
Natijada yana ishga shoʻngʻidim. Ishimni nazorat qila olganim uchun
ham ishga berilardim. Ish
samara keltirgani va maʼno kasb etgani
uchun ham ishlardim. Har safar ukamning Ispaniyadagi uyiga
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
74
qoʻngʻiroq qilib, telefon avtojavobbergichida uning ispancha
gapirishini
eshitganimda, qanchalik bir-birimizdan uzoqlashib
ketganimizni anglar, goʻshakni qoʻyib, yana ishga shoʻngʻirdim.
Balki Morriga bogʻlanib qolishimning sabablaridan biri ham shudir.
Morri menga ukam rad etgan gʻamxoʻrlikni unga koʻrsatishimga
imkon berardi.
Oʻtmishga nazar tashlar ekanman, balki Morri bu haqida boshidanoq
bilgandir, deb oʻylayman.
Bolaligimizdagi
qish
kunlaridan
biri,
shahardan
tashqarida
joylashgan mahallamizning tepaliklarini qalin qor qoplagan. Ukam
bilan chanaga minib olganmiz: men oldinda, u orqada. Iyagini
yelkamga tirab olgan, oyoqlari tizzalarimning orqa qismiga tegib
turibdi.
Chana, yoʻlakning muzli boʻlaklaridan oʻtayotganimizda, taraqlab
ovoz chiqaradi. Qirdan pastga sirpanganimiz sari tezlik oshib boradi.
– MASHINA!!! – baqiradi kimdir.
Koʻcha boʻylab chap tomonimizdan kelayotgan mashinaga koʻzimiz
tushadi. Biz qichqirgancha, chanani yonga burishga harakat qilamiz,
biroq chana oyoqlari qimirlay demaydi. Haydovchi jon-jahdi bilan
signal chalib, tormozni bosadi, biz esa bunday vaziyatlarda odatda
bolalar qiladigan ishni qilamiz: chanadan pastga sakraymiz.
Kapyushonli
kurtkamizga oʻralib, sovuq, nam qorda gʻoʻladek pastga
dumalaymiz; xayolimizda esa mana-
mana mashina gʻildiraklari
ostida qoladigandek his qilamiz oʻzimizni. “AAAAAA” deb baqirib,
qoʻrquvdan titragancha pastga dumalashda davom etamiz: dunyo
chirpirak boʻlib aylanadi – tepaga, pastga, tepaga, pastga.
Keyin esa...birdan hammasi tugaydi. Biz dumalashdan toʻxtaymiz va
nafas rostlab, yuzimizdan erib tushayotgan qorni artamiz.
Haydovchi koʻcha oxirida burilib, tanbeh bergandek biz tomonga
koʻrsatkich barmogʻini oʻqtab, qoʻlini silkiydi. Hech qanday shikast
yemadik. Chanamiz qor uyumiga urilib, ohista gʻirchillaydi;