Neft mahsulotlarni tarkibidagi parafinlar kristallga tusha boshlaganida,
mahsulot xiralana boshlaydi. Bu haroratni xiralanish harorati deymiz. Buning
uchun sovutilayotgan mahsulotni tiniq rangli mahsulot bilan taqqoslab oddiy ko’z
bilan aniqlanadi.
Probirkaga solib sovutilayotgan neft mahsulotini probirkani 45° ga
qiyshaytirilganda uning sathi o’zgarmasa, bu haroratni qotish harorati deymiz.
O’T OLISH, ALANGALANISH VA O’Z - O’ZIDAN
ALANGALANISH HARORATI
Neft mahsulotini bug’lariga chetdan alanga olib kelinganda havodagi
kislorod bilan yonuvchi aralashma hosil qiladigan haroratni o’t
olish harorati
deymiz. Bu alanga qisqa muddatda yonib, keyin o’chadi.
Modda bug’larining ma’lum miqdordagi konsentratsiyasigina havodagi
kislorod bilan birga o’t oluvchi aralashma hosil qiladi. Shu sababli moddaning
konsentratsiyasini yuqori va pastki chegaralari birligi qabul qilingan.
Aralashmada modda bug’larini konsentratsiyasi meyoridan ko’p bo’lsa,
kislorod yetishmasligi sababli, aralashma o’t olmaydi. Buni modda bug’larini
yuqori konsentratsiyasi deb ataymiz.
Agarda modda bug’larining miqdori meyoridan kam bo’lsa,
undan hosil
bo’lgan alanga kuchsiz bo’lib, atrofga tarqalmaydi. Buni aralashmaning pastki
kontsentratsiyasi deymiz.
Bu birlik katta ahamiyatga ega bo’lib, neft mahsulotlarining bug’lari
havodagi kislorod bilan portlovchi aralashma hosil etish xavfini oldini olish uchun
qo’llanma hisoblanadi.
O’t olish haroratini aniqlayotganimizda aralashma yonib, shu zahotiyoq
alanga o’chadi. Agarda neft mahsulotini
qizdirishni davom ettirib, harorat
ko’tarilib borishi bilan chetdan alanga olib kelinganda modda bug’lari havo
aralashmasi bilan alanga berib, biroz vaqt bemalol yonib tursa, shu harorat
moddani alangalanish harorati deyiladi.
Agarda neft mahsulotini
qizdirishni davom ettirilsa, ma’lum haroratda havo
bilan qo’shilib, chetdan alanga olib kelmasa ham, alanga olib ketadi. Bu nuqtani
o’z —o’zidan alangalanish harorati deymiz.
Alangalanish harorati o’t olish haroratiga nisbatan bir necha o’n gradus
yuqoridir.
Kerosin, dizel yoqilg’isi, surkov moylari, mazut va boshqa og’ir neft
mahsulotlarining o’t olish
haroratlarini aniqlayotganda, ularning pastki chegarasini
asos deb olinadi. Benzinlarni bug’larini bosimi oddiy haroratda yuqori bo’lganligi
sababli, ularni analiz qilinayotganda o’t olishning yuqori chegarasi asos qilib
olinadi. Shu sababli birinchi holda o’t olish haroratlarini aniqlash uchun neft
mahsulotlari isitiladi, ikkinchisida esa benzin sovutiladi.
Odatdagidek moddani o’t
olish harorati, uni aniqlayotgan priborning
tuzilishiga va aniqlashni qanday sharoitda olib borilishiga bog’liqdir. Bundan
tashqari mazkur ko’rsatgichga atmosfera bosimi va havoning namligi sezilarli
darajada ta’sir ko’rsatadilar.
Moddaning o’t olish harorati uning harorati bilan bog’liqdir. Oddiy
moddalar uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: