Nazorat savollari:
1.
Bort tikish bosqichlari.
2.
Bort qotirmasini ko’klab ulash usulini mazmuni.
3.
Bort qotirmasini tayyorlash usullari.
4.
Bort qotirmasini yelimlab ulash usulidan foydalanib tayyorlashning
avzalliklari.
5.
Adip tikish usullari.
6.
Bort ziylariga qanday ishlov beriladi ?
Ustki kiyimlar yoqalarini tikish.
Dars maqsadi:
Ustki kiyimdagi yoqalar turlari, ularni tayyorlash bosqichlari
va tikish texnologiyasini o’rganish.
Tayanch iboralar:
ostki yoqa,ustki yoqa, maxsus taxta qolip,
qo’yma
chok.
Reja:
19.1.Ustki kiyimdagi yoqalar turlari. Yoqa tayyorlash bosqichlari.
19.2.Ustki yoqani ostki yoqaga ulash
19.3.Yoqani yoqa o’miziga qo’yma chok bilan o'tqazish.
Ustki kiyimdagi yoqalar turlari. Yoqa tayyorlash bosqichlari.
Kiyimning nimaga mo'ljallanganiga va fasoniga qarab har xil
konstruktsiyali yoqalar bo'ladi. Ustki kiyim yoqalari qaytarmali, ustki yoqasi
adipning ustki qismi bilan birga yaxlit bichilgan, mo’ynali va tikishbob
konstruksiyali bo’lishi mumkin.
108
Yoqani tayyorlash va ulash 3 bosqichdan iborat:
-ostki yoqani tayyorlash,
-ustki yoqani tayyorlash,
-ostki va ustki yoqani biriktirib o'mizga o'tqazish.
Ostki yoqa ikki yoki to’rt qismdan iborat bo'ladi. Ostki yoqa qismlari bir-
biriga qirqimlarini to’g’rilab ulanadi. Bunda ,choklar kengligi 0,5-0,7 sm, o'rta
chokning kengligi esa 1sm bo'ladi. Ko'tarmasi alohida bichilgan yoqalarda
ostki yoqa qismlari ulab bo'lingandan keyin yoqa ko'tarmasi ulanadi. Choklarni
pressda yorib dazmollash bilan bir vaqtda, umuman ostki yoqa dazmollanadi
yoki choklarni yorib mashinada ikkala tomonida bittadan ikkita to’g’ri
baxyaqator yuritib yorma chok hosil qilinadi.
Ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi yelimlab yopishtirish usulida ulanayotgan
bo'lsa, pressning ostki yostig'i ustiga ostki yoqa, uning o'nggi pastga qaratilib
qo'yiladi. Uning ustiga yoqa qotirmasi yelim kukunli tomoni pastga qaratilib
qo'yiladi. Ostki yoqa, yoqa o'miziga biriktirma chok bilan ulanadigan bo'lgani
uchun, yoqa qotirmasi yoqa ko'tarmasining qirqimiga 1-1,1 sm yetmaydigan
qilib qo'yiladi. Agar yoqa o'mizga bostirma chok bilan ulanadigan bo'lsa, 0,1-
0,15 sm yetkazilmaydi. Shundan keyin, ostki yoqa bilan yoqa qotirmasi
presslab yopishtiriladi.
Ayollarning
jun
gazlamadan
tikiladigan
paltolarida,
jaketlarida
yumshoqroq yoqa mo'ljallangan bo'lsa, ostki yoqa yashirin baxyali maxsus
mashinada qaviladi. Erkaklarning va o'g'il bolalarning qishlik kiyimlarida
mo'yna yoqa mo'ljallangan bo'lsa, ostki yoqa ustiga paxta solinadi. Ko'tarma
qismidagi paxta qatlami qaytarmadagiga nisbatan yupqaroq bo'lishi kerak.
Paxta ustiga qirqimlari to’g’rilanib qotirma qo'yiladi. Maxsus mashinada ostki
yoqaning o'nggidan, uning qirqimidan 0,7 sm masofada gir aylantirib bostirib
ko'klanadi.
Ostki yoqa dazmolda yoki pressda dazmollanib, konstruktsiyaga muvofiq
shakl beriladi. Ustiga andaza qo'yib bo'rlanadi va qirqimlarini aniqlab qirqish
109
bilan bir vaqtda yoqa ko'tarmasida bir necha kertik hosil qilib, yoqa o'miziga
ulash joyi belgilab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |