Bort ziylariga ishlov berish usullari.
Bortga bezak baxyaqatorli ishlov berilsa, bort va adip qaytarma uchlari
o’ngiga ag’dariladi va bort bilan etak ziylariga pirovard shakl berish uchun,
shuningdek, bu shaklni vaqtincha saqkab turish uchun, bort bilan adip
qaytarmasi ziylarini ko’klanadi, kiyim etagi esa bukib ko’klanadi. Ziylar
maxsus mashinada ko’klanadi. Adip qaytarma ziylari old bo’lak tomondan
ko’klanadi. Etak, bukish haqi tomondan belgi chiziq bo’ylab bukib ko’klanadi.
Ort bo’lak kesimli bo’lsa, kesim burchaklarini ham ziyi ko’klanadi. Ziy
106
ko’klanayotganda adip qaytarmasida 0,1-0,15 sm kenglikda adipdan, bortlarda
0,1-0,2 sm kenglikda old bo’lakdan kant hosil qilinadi. Taqilmasi yuqorigacha
yetadigan kiyimlarda old bo’laklardan 0,1-0,2 sm kenglikda kant hosil qilib,
adip tomondan bort ziylari ko’klanadi. Adipning ichki cheti maxsus
mashinada, qirqimidan 2-3 sm masofada baxyaqator yuritib old bo’lakka
ilintirib ko’klanadi.
Bort ziyiga yolg’on qaviq bilan ishlov berishda, ziy yashirin baxyali
maxsus mashinada, qo’lda yashirin qaviq bilan yoki yelim plyonka bilan
mahkamlanadi. Bu operatsiya bort ziyi ko’klanganda, hamda kiyim etagi bukib
ko’klangandan keyin bajariladi.
Ziy yelim plyonka bilan ishlanganda ,old bo’lak teskarisiga uning
ag’darma chokidan 0,1 sm masofada yelim plyonka qo’yiladi. Buning uchun
,bort ag’darma chok bilan tikilayotganda, kengligi 0,3-0,4 sm chok haqi
qoldiriladi. Kiyim etagining teskarisiga uning bukish haqi chizig’idan bukish
haqi tomondan 0,1 sm qoldiriladi. Kiyim etagining teskarisiga, uning bukish
haqi chizig’idan bukib ko’klangandan keyin maxsus mashinada yoki qo’lda
yolg’on qaviq solinadi.
Bort ziyiga o’rgimchak uya yelimli material qo’yib ishlanganda, bort
bilan adip uchlari o’ngiga ag’darib to’g’rilanadi. Bort bilan adip qaytarmasi
ziylarini ko’klayotganda, kengligi 1-1,5 sm bo’lgan o’rgimchak uya yelimli
materialni chok haqi tagiga qo’yib ketiladi.
Bort chetlari dazmollangan paytida, bu yelimli material asosiy
materialga yopishtirib bort ziylarini va etak bukish haqini mahkamlaydi.
Bortning chetlariga uzil-kesil shakl berish uchun namlab-isitib ishlov
beriladi. Kiyim chetlari bo’lib-bo’lib presslanadi. Adip qaytarmasi old bo’lak
tomondan, bort esa adip tomondan taqilma yuqori izmasidan boshlab, kiyim
etagigacha presslanadi. Bortning bezak baxyaqatorini yoqasi avrali gazlamadan
bo’lgan kiyimlarda kiyimga yoqa o’tkazikgandan keyin ,ayni vaqtda bortni,
adip qaytarmasini yoqaning cheti bo’ylab yuritish, mo’yna yoqali kiyimlarda
esa yoqaning kiyimga o’tkazishdan oldin yuritish tavsiya etiladi.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |