Savol va topshiriqlar
1. 0 ‘rta Osiyo hududida ilkfeodal davlatlaming tashkil topishi
va ularning tarixiy-siyosiy geografiyasiga tavsif bering.
2. О ‘rta Osiyoda arablar bosqiniga qarshi qanday harakatlar
bo ‘lib о ‘tgan ?
3. Tohiriylar, safforiylar, somoniylar davlatlarining tarixiy
geografiyasi (chegaralari, iqtisodiy aloqalari, shaharlari)ga oid
та ’lumot to ‘plang.
4. 0 ‘rta Osiyoning qoraxoniylar, g ‘aznaviylar, saljuqiylar va
xorazmshohlar davlatlari davri tarixiy geografiyasiga doir tarixiy
karta yarating.
132
5. Mo ‘g ‘ullar bosqini va unga qarshi 0 ‘rta Osiyo xalqlarining
ozodlik harakatlari haqida nimalarni bilasiz?
6. Internet veb-sahifalaridan Amir Temur va temuriylar dav-
latining та ’muny-siyosiy chegaralari, iqtisodi haqida та ’lumot
to ‘plang.
7.
Shayboniylar, ashtarxoniylar va Xorazm davlati davrida
0 ‘rta Osiyo tarixiygeografiyasiningxususiyatlijihatlari nimalardan
iborat?
Mavzuga doir manba
«Книга Большому Чертежу» (XVII asr birinchi choragi) da
qayd etilgan Qirg‘iz (qozoq) dashtiari va Turkiston o‘lkasi
geografik nomlarining alifbo ko‘rsatkichi
Oqboshli, Akbashl, Akbalish — ko‘l. Oqsoqol-barbi yoki
Oqsoqoltov ko‘li, Irgiz daryosiga quyiladi.
' Akkal — Oqko‘1 ko‘li, Jilanchik daryosiga quyiladi.
Aknurg‘on — Oqqo‘rg‘on shahri, Turkiston va Toshkent
o‘rtasida. Hozirda mavjud bo‘lmagan va o‘rni noma’lum.
Aniudaryo, Amedariya — Amudaryoning o ‘ng tarmog‘i
(shohobchasi).
Ara-kum — Qumliklar, Oral dengizi, ehtimol, kicliik Barsuklar
hududlariga qadar tutushgan.
Araltov tog‘i - Orol-tov, ehtimol, Ural tizmasining janubiy
qismi bo‘lib, Ural bo‘ylab Orskka tomon yo‘nalgan.
Arzas, Argas, Azar, Arzan, Arzan, Arza — Orol va Kaspiy
dengizlari oralig‘idagi mavjud bo‘lmagan irmoq.
Arkan, Yarkan — Turkiston ortidagi shahar, ehtimol, 0 ‘tror.
Aspaga, Asputa — Ural daryosiga yetib bormagan daryolardan
biri, ehtimol, Buldurti.
Barsuk-qum — katta Barsuq qumliklari, Orol dengiziga qadar
tutashgan.
133
Katta N o‘g‘aylar — xalq. Qirg'iz (qozoq) dashtlarining g'arbiy
qismida istiqomat qilishgan.
Bo‘zin — Ginchal — Ilgen, Bo‘zin — Ginchan — ilgin, Bo‘zin
— Ginchal — Ilgen — daryo, ehtimol, Ulkayak, To‘rg‘ayning
o‘ng shoxobchasi.
Buxoro shahar.
Buzuvluk — Buzuluk daryosi, Samarga quyilgan.
Vor — Or daryosi, Orsk yaqinida Ural daryosiga quyilgan.
Qizilboshlilar yerlari — Persiya (Eron).
Qo‘sh Yoyiq - Oral, Ilek daryosining Uralga quyiUshi yerida,
Kazak shaharchasi joylashgan yerda.
Kuuyey, Kuyey — Uralga etmaydigan daryo, Qaldig‘ayti
daryosi bo'lsa kerak.
Oil — Uil daryosi, Qorako‘1 ko'liga quyiladi.
Sairyam — Sayram shahri, Chimkentdan 20 verst sharqda.
Sarsa,
Sarsu — Sarisuv daryosi, Sirdaryoga tomon oqib, unga
etmasdan Teleko‘1 ko‘liga quyiladi.
Sauk — To‘rg‘ay daryosining ehtimol quyi qismi, Sariko‘l
ko‘lidan to uning Irgiz daryosi bilan qo‘shilishigacha bo‘lgan
qismi.
Sinee dengizi — Orol dengizi.
Sorillar - uchta daryo, Ulatovdan boshlanib, ehtimol vuqori
daryo Tersakan Ishim daryosiga quyilgan, o‘rta va quyisi Sari va
Qora To‘rg‘ay.
Sunak — Saganak, Sunak shahri, Julek ortida joylashgan.
Sungurluk - daryo, so‘l tomondan Ilek daryosiga quyilgan,
ehtimol Xobda.
Sir — Sirdaryo daryosi.
Tokshur, Tashkun, Tashkur — Toshkent shahri.
Temirsu, Temir, Temirisu, Termisu, Temir — Temir daryosi,
so‘l tomondan Embaga quyiluvchi daryo.
Tustebe. Turtebe yoki Tuzli tog‘ — Tuzitepa yoki Tuzli tog‘,
Ilesk qo‘rg‘onida.
134
Tyurkistan - Turkiston shahri.
Urus, Ugus, Agus — qadinigi Oksus daryosi, Amudaryo.
Ulutova yoki Ulug‘ tog‘ — Ulutov tog‘lari, To‘rg‘ay va Oqmola
viloyatlari chegaralarida.
Xvalim dengizi — Kaspiy dengizi.
Gem — Emba daryosi, Kaspiy dengiziga quyilgan. Zelenchik,
Zelanchik — Jilanchik daryosi, Oqko‘l ko'liga quylgan.
Ilez, Izle - Ilek daryosi, Ilesk shaharchasi yaqinida Ural
daryosiga quyilgan.
Inder, Ayder — tog‘, Ural daryosi yaqinidagi sho‘r suvli Inder
ko‘li.
Irgiz — daryo, To‘rg‘ay daryosi bilan qo'shilib, Oqsoqol-barbi
ko'liga quyilgan.
Kogon - shahar, Xiva xonligidagi Kat shahri bo'lishi
munikin.
Qaynar-Saksiz — Sagiz daryosi, Kaspiyga quyilmagan,
Embadan shimolroqda.
Kazak shaharchasi — Orolchada, Ilek daryosining Uralga
quyilishi yerida, bu haqda ko‘p chalkash tasavvurlar mavjud.
Kazak o‘rdasi — xalq, o'zlarini kazaklar (qozoqlar) deb
atashadi, bu yerda (kitobda) qirg‘iz deb atalgan.
Qalmiqlar — xalq, XVI asrda Jung‘oriya va Qirg‘iz (qozoq)
dashtlarining sharqiy qismida istiqomat qilishgan.
Qorabas tog'i, tog‘da esa shahar — Tyanshan tog‘lari, shahar
esa ehtimol, Samarqand bo'lishi mumkin.
Qoraqum; Parqum, Araqum, Arashka - qumliklar. Orol
dengizi va Sir daryosigacha qadar yoyilgan.
Qoragol, Qoragul yoki Qora ko‘l — Qorako‘l ko‘li, Uil daryosi
quyilgan.
Qorachatov tog‘i — Qoratov tog‘lari, Tyanshan tog‘larining
tarmog‘i, parallel yo‘nalishda Sir daryosining o‘rta oqimiga qadar
cho‘zilgan va Julak yaqinida tugagan.
Kenderlik, Kanderlik — daryolar, Ulatov tog‘idan boshlanib,
biri Sir daryosiga, ikkinchisi esa Sarisuv daryosiga quyilgan.
135
Birinchisi hozirda mavjud emas, ikkinchisi Kingir nomi bilan
ataladi.
Yurgench, Yurgen — Xiva xonligidagi Urganch shahri.
Yurgen, Yunger, Yungern, Yurgechen, Yurgevsk yerlari —
Xiva hududlari.
Yuryuk, Yurok, Uryuk, Uruk, Urak - Ayyurk tog‘i va
umuman Mug‘ojar tog‘lari.
Yuryuk-Irgiz — Chit-Irgiz daryosining Ulu Irgizning quyi
qismi bilan birgalikdagi nomi.
Yoyiq — Ural daryosi.
Yasirvon — Sauran shahri, Turkistonga etmasdan.
Yungurgan — Yangiqo‘rg‘on shahri, Turkiston va Toshkent
o‘rtasida, hozirda mavjud bo‘lmagan va o‘rni aniqlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |