Sud hokimiyati.
0 ‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati
qonun va ijro hokimiyati, siyosiy partiya, boshqa jam oat
birlashmalaridan qat‘iy nazar faoliyat ko‘rsatadi. 0 ‘zbekiston
Respublikasida sudlaming faoliyati “Sudlar to’g’risida” (2000 yil
14 dekabrdagi yangi tahriri)gi 0 ‘zbekiston Respublikasining
Qonuni bilan tartibga solinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida 0 ‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy sudi, 0 ‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi,
0 ‘zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudi, fuqarolik va
jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy
sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyatlar va Toshkent
shahrining sudlari, fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo,
tuman(shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo’yicha tuman(shahar)
sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudi, viloyatlar
va Toshkent shahrining xo‘jalik sudlari, harbiy sudlar mavjud.
194
0 ‘zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab
sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy yurisdiktsiya sudlariga O’zbekiston Respublikasi Oliy
sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi,
Toshkent shahar sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo,
tuman(shahar) sudi. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman(shahar) sudi,
harbiy sudlar kiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi xo‘jalik sudlovi
doirasining oliy sudlov hokimiyati organidir.
4. Respublikaning aholi geografiyasi
0 ‘zbekiston aholisi 2002 yil boshida 25,2 millionga teng
bo‘lgan. Agar 0 ‘rta Osiyo tarkibiga kirgan to‘rt davlat 0 ‘zbekiston,
Turkmaniston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda Qozog‘istonda
yashovchi jami aholini 100 foiz deb oladigan bo‘lsak, birgina
0 ‘zbekistonda uning qariyb yarmi istiqomat qiladi. MDH davlatlari
ichida 0 ‘zbekiston aholisi soni jihatidan faqat Rossiya va
Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinda turadi.
M amlakatimiz aholisi yiliga qariyb 450 ming kishiga
ko'paymoqda. Oxirgi 100 yilning 60 yili ichida respublika aholisi
2 marta ko‘paygan bo‘lsa, keyingi 2 marta ko‘payish uchun 23
yil kerak bo‘ldi. Bundan keyin tug‘ilish darajasining bir oz pasayib
borayotganligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, aholini 2 marta
ko‘payishi uchun hisob-kitoblarga qaraganda 33 yil kerak bo‘ladi.
Respublika aholisi o‘sish sur’atlarining boshqa mintaqalarga
nisbatan muttasil tarzda ildamroq borishi M D H davlatlari
aholisining umumiy sonida respublikamiz salmog‘i muntazam
ravishda ortib borayotganida yaqqol ko'rinmoqda. Masalan, 1926
yili 0 ‘zbekiston aholisi hozirgi MDH mamlakatlari aholisining 3
foizidan sal ko‘prog‘ini tashkil etgan bo‘lsa, endilikda bu ko'rsatkich
7 foizdan oshib ketdi.
0 ‘zbekistonda, ayniqsa, qishloq ahoUsi tez o‘smoqda. Bu hoi
asosan, qishloqda tug‘ilishning yuqoriligi bilan ifodalanib,
195
respublikamiz uchun xos bo‘lgan xususiyat sanaladi. 1940 yildan
to 2002 yilgacha bo‘lgan davr ichida qishloq aholisining soni uch
martadan ko‘proq oshdi (1940 yildagi 4945 mingdan 2002 yilgi
15854 minggacha).
0 ‘zbekiston hududlari b o ‘ylab aholi notekis joylashgan.
Aholining o'rtacha zichligi jihatidan mamlakatimiz M DH
tarkibidagi qator davlatlar, jumladan 0 ‘rta Osiyo respublikalari
va Qozog‘istondan oldinda turadi. 0 ‘zbekistonda aholi sonining
yil sayin tez ortib borishi tufayli, har bir kvadrat kilometr
maydonga to ‘g‘ri keladigan aholi zichligi ham ortib bormoqda.
1999 yili 0 ‘zbekistonda aholining o ‘rtacha zichligi har bir
kvadrat kilometrga 46, 3 kishini tashkil etgan bo ‘lsa, hozirgi
kunga kelib bu raqam 56 kishidan ortib ketdi. M a’lumki, aholi
zichligining o ‘zgarib borishi asosan aholi sonining o ‘zgarishi
bilan bog‘liq.
Ammo aholi zichligi bo‘yicha respublika hududlari bir-biridan
farq qiladi. Bu, eng awalo, 0 ‘zbekistonning xilma-xil tabiiy-
iqlimiy sharoitlari bilan, ya’ni respublikada suvsiz qum cho‘llari,.
go‘zal vohalar, tog‘li hududlar mavjudligi bilan bog‘liq.
Aholining asosiy qismi yashash uchun qator qulayliklarga
ega bo‘lgan vohalarda ko‘proq joylashgan. Masalan, Farg‘ona
vodiysi viloyatlarida respublika aholisining uchdan biriga yaqini
istiqomat qiladi. Holbuki maydoni jihatidan bu m intaqa
respublikaning bor-yo‘g‘i 4 foizdan ko‘proq qismini egallaydi,
xolos.
Respublikamizning qumliklardan iborat iborat bo ‘lgan
g‘arbiy hududlarida aholi zichligi juda past, ya’ni u yerlarda
aholi kam yashaydi. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respub-
likasida o ‘rtacha aholi zichligi har bir kvadrat kilometr may
donga 9 kishiga, Navoiy viloyatida esa undan ham kam —
7 kishiga to ‘g‘ri keladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida aholi
juda zich joylashgan. Andijon viloyatida har bir kvadrat
kilometr maydonga 536,5, Farg‘ona viloyatida esa 409,2 kishi
to ‘g‘ri keladi.
196
0 ‘zbekiston — ko‘p millatli davlat. Hozirgi kunda respub-
likamizda 100 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Aholining
asosiy qismini mahalliy xalq — o‘zbeklar tashkil etadi. Ularning
umumiy aholi sonidagi salmog‘i yil sayin ortib bormoqda.
0 ‘zbekiston aholisining deyarli yarmini 20 yoshgacha bo'lgan
yoshlar tashkil etadi. 55 va undan yuqori yoshdagi kishilar jami
aholining 8 foiziga teng.
Jinsiy tarkibda ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Hozirgi
kunda umumiy aholi orasida ayollar salmog‘i qariyb 50,1 foizni
tashkil etadi. Keyingi yillarda aholining jinsiy tarkibida ijobiy
o ‘zgarishlar yuz bermoqda, ya’ni erkaklar soni bilan ayollar
soni orasidagi farq asta-sekin kamayib bormoqda. Masalan, 1980
yil ma’lumotlari bo'yicha 0 ‘zbekistonda ayollar erkaklarga
nisbatan 268 ming ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, 2002 yilga kelib, bu
raqam 60,6 mingga tushib qoldi. Mamlakatimizda hozir har
ming erkakka 1006 ayol to‘g‘ri keladi. Ayollar soni bilan erkaklar
sonining asta-sekin bir-biriga yaqinlashib borishi ko‘p tomondan
muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |