Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

apopleksiyalar
yoki gemorragik 
insultlar
deb aytiladi.
Qon quyilgan joyda miya to’qimasi emirilib, qon laxtalari va yumshagan 
540


miya to’qimasi bilan to’lgan bo’shliq hosil bo’ladi. Bunga miya kistasi va 
miyaning qizil yumshashi
deyiladi. Qon quyilishi har xil kattalikda bo’lib, ba’zan 
markaziy kul rang tugunlar zonasini boshdan oyoq qoplab oladi, miyaning yon 
qorinchalariga, III va IV qorinchalariga qon quyiladi va miya asosi sohasiga qon 
o’tadi. Miya qorinchalariga qon quyilishi tufayli sodir bo’lgan insultlar ko’pincha 
bemorlar to’satdan o’limining sababchisi hisoblanadi. Qon quyilgan joy atrofida 
miya to’qimasi shishgan, nuqta-nuqta quyilgan qon shimilgan bo’ladi.
Gipertoniya kasalligi tufayli sodir bo’lgan gemorragik insultdan o’lgan 
bemor bosh miyasining mayda arteriyalari bilan arteriolalarini sinchiklab 
tekshiriladigan bo’lsa, har xil vaqtdan qolgan o’zgarishlarni – sklerotik, 
gialinlashgan eski o’zgarishlarni, plazmatik shimilish hamda fibrinoid nekroz 
ko’rinishidagi yangi o’zgarishlarni topsa bo’ladi. Gipertoniya kasalligida 
birmuncha yirikroq kalibrli miya arteriyalari va ularning tarmoqlarida hamisha 
aterosklerotik o’zgarishlar ko’riladi va buning oqibatida tromboz rivojlanishi 
mumkin.
Tomirlar shikastlanishining organlarga aloqador yuqorida keltirilgan 
xususiyatlari munosabati bilan gipertoniya kasalligining 4 ta kliniko-anatomik 
shakli farqlanadi: yurak, buyrak, miya va aralash shakllari.
Gipertoniya kasalligi deyarli hamisha ateroskleroz bilan birga o’tadi. 
Ba’zan, xususan yoshi qaytgan odamlarda ateroskleroz shu qadar kuchli 
rivojlangan bo’ladiki, ana shu ikkita kasallikni klinikada bo’lsin, sektsion stolida 
bo’lsin differentsial diagnostika qilishda katta qiyinchiliklar tug’diradi.
Gipertoniya kasalligi bilan ateroskleroz munosabati juda murakkab bo’lib, 
bu masalaning hamma tomonlari ham aniqlangan emas. Gipertoniyaning 
ateroskleroz avj olishiga shart-sharoit yaratib berishini klinikada o’tkazilgan 
kuzatuvlar, shuningdek tajriba ma’lumotlari ishonchli qilib ko’rsatib beradi. 
Chunonchi, arterial qon bosimi normal odamlarda yuqori ichak tutqich 
arteriyasining 12 foiz, arterial qon bosimi yuqori bo’lgan odamlarda esa 30-foiz 
hollarda ateroskleroz bilan shikastlanishi aniqlanilgan. Birinchi toifa odamlarning 
12 foizida, ikkinchi toifalilarning 45 foizida esa buyrak arteriyalari shikastlanishi 
541


topilgan. Shunday qilib, gipertoniya kasalligida gemodinamik va mexanik ta’sirlar 
aterosklerozni kuchaytiradigan faktorlar ekanligini ta’kidlash maqsadga 
muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda juda og’ir darajadagi gipertoniya kasalligini ham 
aytarli aterosklerozsiz o’tgan hollari ham ma’lum. Gipertoniyaga xos belgilarsiz 
o’tadigan keskin ateroskleroz hollari ham uchrab turadi.
A.L.Myasnikov gipertoniya kasalligi bilan aterosklerozni bir-biriga 
yaqinlashtiradigan bir qancha belgilarni keltiradi. Ikkala kasallikning oilaviy-irsiy 
xarakterda bo’lishi, qon biokimyoviy ko’rsatkichlarida bir xil o’zgarishlar topilishi 
(xolesterin, lipoproteinlarning ko’payishi), yurakning gipertrofiyaga uchrashishi 
ana shu umumiy belgilar qatoriga kiradi. Ikkala kasallikning kelib chiqish vaqtida 
ham ularni bir-biridan ajratadigan farqlarni topish qiyin. Klinik kuzatuvlar 
gipertoniya kasalligi odam 30 yoshga kirganidan keyin boshlanishi mumkinligini 
ko’rsatadi. Ma’lumki, simptomsiz o’tayotgan aterosklerozning boshlanishi deb 
hisoblanadigan lipoidoz ham xuddi shu yoshlarda paydo bo’lishi mumkin. Mana 
shu narsalarning hammasi A.L.Myasnikovga tomirlar sistemasining kasalligi bitta 
bo’lib, u idora etuvchi markaziy apparatning izdan chiqishi tufayli vujudga keladi 
va ba’zi hollarda gipertoniya kasalligiga (vazopressor o’zgarishlar ustun 
turganida), boshqa hollarda esa aterosklerozga (lipid almashinuvining buzilganida) 
olib keladi, deb fikr bildirishga asos beradi.
Biroq gipertoniya kasalligi bilan ateroskleroz avj olgan vaktida bir-biriga 
yaqin turadigan, lekin o’zining dastlabki ko’rinishlari mexanizmi jihatidan keskin 
farq qiladigan 2 ta mustaqil kasallikdir, deb hisoblash ancha to’g’riroq bo’ladi. 
Gipertoniya kasalligi, avvalo, o’zining kelib chiqish mohiyati bilan markazga 
aloqador bo’lgan angionevrozdir. Angionevroz bo’lganida ham muayyan 
arteriyalar sistemasi, chunonchi, arteriolalar shikastlanadigan tarqoq 
angionevrozdirki, butun kasallikning rivojlanish dinamikasi shularning 
shikastlanishiga bog’liq bo’lib qoladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish