Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Abrikosov usuli.
Bunda ichki organlar ajratilgach 5 kompleks shaklida 
tekshiriladi:
1) bo’yin va ko’krak qafasi organlari;
2) ichaklari;
3) talog’i;
4) jigari, oshqozoni, 12 barmoqli ichagi va oshqozon osti bezi;
5) buyragi buyrak usti bezi bilan, siydik yo’li va kichik chanoq organlari.
Shor usulida
bo’yin, ko’krak qafasi, qorin bo’shlig’i organlari bir butun 
kompleks holda ajratilib bir biridan ajratilmasdan tekshiriladi. Biroq ularni 
ayrimlarini tortib ko’rish maqsadida kompleksdan ajratiladi.
Amaliyotda Abrikosov va Shor usullari keng qo’llaniladi. Shor usulida 
butun organlar kompleksini bir butunligicha ajratilganda tekshirishni oxirigacha 
organlarni anatomo-topografik bog’liqligi saqlanadi. Shor usulida kesib ko’rishda 
murdadan ajratilgan organlar kompleksi sektsion stoliga tashqi tomonidan 
yuqoriga qarab joylashtiriladi va bu tomondagi organlar tekshirilgach, keyin 
ikkinchi tomonidagi organlar o’rganiladi.
Har bir organ tashqaridan ko’zdan kechirilgach, qo’li bilan paypaslab 
ko’riladi, o’lchanadi va kerakli paytda tortiladi. Organ yuzasining holati, 
pardasining tagida qon quyilish borligi, qoplamalariga, atrofdagi organ va 
to’qimalarning qo’shilgan joyi borligiga ahamiyat beriladi. Paypaslab ko’rilganda 
zichlashganligi aniqlaniladi. Kesib ko’rilganda to’qimaning rangi, qavatlarining 
qalinligi, chegaralarining aniqligi, tuzilish shaklining ko’zga tashlanishi, 
to’laqonliligi, o’zgarishlar va jarohatlanishlar borligi o’rganiladi. Har bir organda 
hech bir patologik o’zgarish topilmasa ham bari bir to’lig’icha yoziladi. Bu o’z 
navbatida ayniqsa qaytalama ekspertiza paytida xulosani to’g’riligini nazorat 
461


qilishda muhimdir. Bunda o’ziga xos bo’lmagan hidni (etil spirti, sirka kislotasi, 
achchiq bodom hidi va boshqalar) ko’rsatilishi zarur. Bu hidlar ko’pincha organlar 
va bo’shliqlarni kesib ko’rishda yaqqol namoyon bo’ladi.
Ichki organlarni tekshiruv natijalari ekspert xulosasi va aktida ekspertning 
xohishiga ko’ra murdani kesib ko’rish davomida hamda organlar sistemasini 
tekshiruv jarayonida ko’rsatilishi mumkin.
Murdani kesib ko’rishning oddiy tartibidan biroz chetga chiqilishi ham 
mumkin. Pnevmotoraksga shubha tug’ilganda ko’kragini terisi o’rtasidan 
kesilgach, teri-mushak parchalari ajratiladi va bular orasiga suv quyiladi hamda 
qobirg’alar orasidagi mushaklar pichoqni uchi bilan sanchiladi. Agar 
pnevmotoraks bo’lsa plevra bo’shlig’idagi suvda havo pufakchasi paydo bo’ladi.
Agar havo emboliyasidan o’lim sodir bo’lganligiga shubha tug’ilganda tush 
suyagi tutqichidan pastga qarab terisi kesiladi, ammo tushi faqat qisman II-
qobirg’aning pastki to’g’riligidan arralanadi va ajratiladi, chunki bu umrov osti 
qon tomiri hamda bo’yinturuq venalarini jarohatlanishini oldini oladi. Keyin 
perikard bo’shlig’i ochiladi va unga suv quyilgach, yurak bo’lmachalari hamda 
yurak qorinchalari suv tagida sanchiladi. Bunda havo emboliyasi bo’lsa sanchilgan 
joydan havo pufakchasi chiqadi. Agar o’likxonada rentgen apparati bo’lsa, 
yuqoridagi sinamadan oldin yurak bo’shligi va katta qon tomirlarida gazni aniqlash 
uchun rentgenografik tekshiruvdan o’tkaziladi. Buning uchun yuragini tagiga 
yorug’liqni o’tkazmaydigan qora qog’ozga o’ralgan rentgen plyonkasini qo’yilib 
tekshirish o’tkaziladi (108-rasm). Bunda yuragida havo pufakchasi borligini 
aniqlashda umurtqa pog’onasining soyasi, qobirg’alar va mushaklar halaqit 
bermaydi. Havo emboliyasi va pnevmotoraks sinamalari faqatgina murdada chirish 
belgilari bo’lmaganda isbotlovchi usul deb hisoblanadi.
Umurtka pog’onasi odatdagi usul yordamida yoki A.A.Soloxin (1958) 
usulida qiyshiq arralash orqali amalga oshiriladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish