224
so‘zlarni
qismlarga, bo‘g‘inlarga ajratish mumkinligini bilib oldingiz
va so‘zda nechta bo‘g‘in borligini aniqlashni o‘rgandingiz“.
2. Uy vazifalarini tekshirish. Bolalarning yozda o‘rmonga qilgan
sayrlari haqida hikoyalari tinglanadi. Ular hikoyada uchragan ikki
bo‘g‘inli so‘zlarni ajratadilar.
Qiynalib qolsalar, o‘qituvchining o‘zi
bo‘g‘inli tahlil qilinadigan so‘zlarni ko‘rsatadi. Keyin uch va bir
bo‘g‘inli so‘zlar ajratiladi. So‘zlarni oldin butunligicha, so‘ngra
bo‘g‘inlab talaffuz qilinadi. Doskaga tegishli sxemalar chiziladi.
3. Mazkur joyda yashaydigan hayvonlar va qushlar haqida
suhbat o‘tkaziladi.
Bolalarning hayvonlar, ularning xatti-harakati,
yashash tarzi to‘g‘risidagi bilimlari aniqlanadi. O‘qituvchi tulki
haqidagi topishmoqni aytadi, bolalar uni topadilar va qanday qilib
topganliklarini tushuntiradilar. Keyin o‘zlarini
mustaqil holda boshqa
hayvonlar (quyon, bo‘ri va hokazolar) haqidagi topishmoqlarni
aytadilar. O‘qituvchi hayvonlar to‘g‘risidagi suhbat davomida
tabiatni kuzatishda hayvonlarga e’tibor berish va ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘lish kerakligini uqtiradi.
4. Òurli narsalarning rasmlari ko‘rib
chiqiladi,
choynak, piyoz
,
burgut,
devor
kabi so‘zlarning bo‘g‘inlari aniqlanadi. So‘zlarni
bir necha marta butunligicha va bo‘g‘inlab, keyin, aksincha,
bo‘g‘inlab va butunligicha talaffuz qilinadi.
5. Urg‘u ustida ishlash boshlanadi. O‘qituvchi bolalarga quyida-
gilarni aytadi: „Sizlar rasmlarning ostidagi so‘zlar sxemalarida
bo‘g‘inlar chegarasini bildiradigan ko‘ndalang chiziqchalardan
tashqari so‘zlar ustida qiya chiziqchalar ham borligiga e’tibor
bergandirsiz. Hozir ana shu chiziqlar nimaligini bilib olasiz.
Chap tomonning yuqorisidagi rasmga yana bir marta qarang.
Unda nima tasvirlangan? (Bulbul.) Shu so‘zni xor bo‘lib ayting.
Endi uni bo‘g‘inlab talaffuz qiling.
Unda nechta bo‘g‘in bor ekan? (Ikkita.) Endi har biringiz so‘zni
qattiq
ayting va uning har bir qismi, har bir bo‘g‘ini bir xil ovozda
talaffuz qilinishi yoki qilinmasligiga e’tibor bering. (Bo‘g‘inlarning
biri kuchliroq ovoz bilan talaffuz qilinadi.) Bu qaysi bo‘g‘in?
(Birinchi — bul.) Ana shu bo‘g‘in so‘zda kuchliroq ovozda aytilishi
bilan ajraladi, u urg‘u bilan talaffuz qilinadi. Mana shu so‘zning
sxemasiga yana bir marta qarang. U nechta qismga bo‘lingan? (Ikki
qismga.) Ulardan qaysi birining tepasiga qiya chiziq qo‘yilgan?
(Birinchisining tepasiga.) Bu so‘zning
qismlaridan qaysinisi
kuchliroq ovoz bilan talaffuz qilinadi? (Birinchisi.) Demak, unga
urg‘u tushadi, tepadagi chiziqcha esa ana shu bo‘g‘in urg‘u ostida
ekanini bildiradi. Boshqa so‘zlar ustida ham shu yo‘sinda ishlanadi.
225
O‘qituvchi quyidagicha xulosa chiqaradi: „Odatda, har bir
so‘zda qancha bo‘g‘in bor bo‘lsa ham, unda faqat bitta urg‘u bo‘ladi.
So‘zlardagi urg‘uni to‘g‘ri va tez aniqlash juda muhimdir. Agar
urg‘u noto‘g‘ri qo‘yilsa, so‘zni bilish va uning nimani anglatishini
tushunish qiyin bo‘ladi“.
6. Dars oxirida o‘yin o‘tkaziladi: „Bilmasvoy
ikkita qanday
sxemani ko‘rsatyapti? Ana shu ikki sxema nimasi bilan farqlanadi?
Kim biladi? 1-sxema qaysi so‘zga mos keladi? Bilmasvoyga so‘zlarga
to‘g‘ri urg‘u berishda ko‘maklashing“.
7. Uyga vazifa. Bilmasvoy ko‘rayotgan har qaysi sxemaga ikki-
uchtadan, masalan,
oyna, parta, sumka
singari so‘zlarni tanlash.
Do'stlaringiz bilan baham: